• III.Yangi mavzu bayoni
  • Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish




    Download 9.26 Mb.
    bet14/252
    Sana11.06.2021
    Hajmi9.26 Mb.
    #14923
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   252
    Belgilangan vaqt.

    1.

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2.

    O`tilgan mavzuni takrorlash

    12 daqiqa

    3.

    Yangi mavzu bayoni

    14 daqiqa

    4.

    Mustahkamlash

    12 daqiqa

    5.

    Baholash

    2 daqiqa

    6.

    Uyga vazifa

    2 daqiqa

    I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

    II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

    1. O‘rta asrlar tarixi haqida nimalarni bilib oldingiz?

    2. Yevropa feodal jamiyati haqida so‘zlab bering.

    3. Osiyo yer egaligi jamiyatining Yevropadagidan farqi nimada edi?

    4. O‘rta asrlar tarixi nechta davrga bo‘linadi?

    5. Tarixiy manbalarning turlarini izohlab bering.

    6. Davr chizig‘ini tushuntirib bering

    III.Yangi mavzu bayoni .

    IV - VI asrlar Yevropa tarixiga xalqlarning buyuk ko`chishi nomi bilan kirgan. Ko`chish natijasida xalqlarning yashash hududlari keskin o`zgarib ketgan. Bunday ko`chishga quyidagi omillar sabab bo`lgan:birinchidan, ko`pgina xalqlarda ishlab chiqaruvchi kuchlar o`sgan. Bu hodisa, ayniqsa, german qabilalarida kuchli bo`lgan. Oqibatda germanlarda yangi-yangi yerlarga talab kuchaygan. Bu talabni o`zgalar yerini egallab olishsiz qondirib bo`lmas edi. o`sha davrlarda g`arbiy Rim imperiyasi holdan toygan edi. Bu hol germanlarga imperiya hududlarini asta-sekin egallab olish, bora-bora butunlay istilo qilish uchun sharoit yaratgan. Ikkinchidan, Sharqda yashovchi qudratli ko`chmanchi xun qabilalarining g`arbga istilochilik yurishi boshlangan. Kuchsiz qabilalar o`zlari yashayotgan joylarni tashlab, boshqa yurtlarga ko`chishga majbur bo`lganlar.Uchinchidan, tabiatdagi iqlim o`zgarishlari ham buyuk ko`chishga sabab bo`lgan. Bu o`zgarishlar ob-havoning keskin sovishi bilan bog`liq edi. Ekin maydonlari tobora ko`proq yaroqsiz holga kela boshlagan. Turli qabilalar yashash uchun iqlimi qulay joylarga ko`chishga majbur bo`lganlar.

    Buyuk ko`chish davrida german qabilalari g`arbiy Rim imperiyasi hududlarini istilo qildilar. Zulmdan aziyat chekkan qullar va boshqa ezilgan tabaqalar ularga yordam berganlar.Oxir-oqibatda g`arbiy Rim imperiyasi halokatga yuz tutgan.

    Bu davrda germanlarda urug`chilik tuzumining so`nggi bosqichi davom etardi. German qabilalari bo`lgan vandallar, gotlar, franklar, angl va sakslarning qudrati tobora ortib borgan. Kuchsizlanib qolgan g`arbiy Rim imperiyasi german qabilalari siquviga bardosh bera olmagan. German qabilalari harbiy kuchlari boshliqlaridan biri Odoakr 476- yilda Rimning so`nggi imperatori go`dak Romul Avgustulni taxtdan tushirdi. Shu tariqa g`arbiy Rim imperiyasi barham topgan.Vandallar sobiq imperiyaga qarashli Shimoliy Afrikani, g`arbiy gotlar (vestgotlar) Ispaniyani, sharqiy gotlar (oslgotlar) Italiyani, franklar Galliyani, angl va sakslar esa Britaniyani egallab oldilar. Shu joylarda o`z davlatlarini barpo etdilar.







    Download 9.26 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   252




    Download 9.26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish

    Download 9.26 Mb.