|
Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish
|
bet | 144/252 | Sana | 11.06.2021 | Hajmi | 9,26 Mb. | | #14923 |
General shtatlar. Bunga javoban, Fransiya qiroli 1302-yili 3 toifa vakillari: ruxoniylar, Dvoryanlar va shaxarliklarni chaqirib, ularga papa bilan mojaroni muxokarna qilishni taklif etadi. General shtatlar papani Fransiyaning ichki ishlariga aralashishini qoralaydi.
Keng jamoatchilik ko’magiga tayangan Filipp IV papaga qarshi xarakatni boshlaydi. Qirolga anafema (la’nat) e’lon qilish tayinlangan kun arafasida Italiyaning shimolidagi Anani shaxrida joylashgan papa saroyiga Filippning 1 gurux askarlari bostirib kiradi. Ular esankirab qolgan papaga qamoqqa olingani va sud oldida javob berishi uchun Fransiyaga jo’natilishini e’lon qilishadi. Rivoyatga qaraganda, fransuzlar yetakchisi ko’z ko’rib quloq eshitmagan narsa papaga tarsaki tushirishga jazm etadi. CHorasiz Bonifatsiy VIII faqat: «mana mening bo’ynim mana mening boshim-deya oladi, xolos. Papani osishmaydi, boshini xam olishmaydi, Fransiyaga olib ketishga xam ulgurishmaydilar. Ananiliklar Bonifatsiy VIII ni qutqaradilar. Lekin papa taxqirni ko’tara olmasdan, ko’p o’tmay aqldan ozib vafot etadi.
|
| |