Fridrix I siyosati
|
Fridrix II siyosati
|
|
|
|
|
III.Yangi mavzu bayoni: Salib yurishlari vaqtida yevropaliklar dunyoning kengligini, undagi rang-baranglikni ko`rdilar. Ularda notanish mamlakatlarga qiziqish paydo bo`ldi. Ba'zi sayyohlar Yevropa mamlakatlaridan ancha uzoq joylarga ham borardilar. Bu yerlardan boshqa xalqlarning hayotiga oid qiziqarli ma'lumotlar olib kelishardi. Shunday sayyohlardan biri venetsiyalik savdogar Marko Polo edi. Marko Polo (1254 - 1324) umrining qariyb yigirma besh yilini o`z vatanidan olisda o`tkazdi. Ko`p yil Xitoyda yashadi. Bu mamlakatning hayotini diqqat bilan kuzatdi. Sayyoh Italiyaga qaytib borgach, Osiyo mamlakatlaridagi xalqlarning hayoti va urf-odatlari haqida kitob yozdi. ,,Marko Polo kitobi" uzoq vaqtgacha geografiya xaritalarini tuzishda qo`llanma bo`lib xizmat qildi. XII asrda Yevropada dastlabki oliy maktablar - universitetlar paydo bo`ldi. Ular mashhur o`qituvchilar bo`lgan shaharlarda vujudga keldi. Ularning birinchisi Parij universiteti edi. Universitetlarda darslar lotin tilida olib borilardi. Shuning uchun universitetlarning har birida turli mamlakatlardan borgan yoshlar o`qiy olardi.
Shaharda yashovchi o`qituvchi va studentlar mahalliy aholi bilan bo`ladigan nizo-janjallarda shahar sudining yordamiga umid qila olmasdilar. Shuning uchun studentlar va o`qituvchilar universitetga birlashganlar. Universitetlar shahar ma'murlariga qarshi uzoq vaqt kurash olib borib, o`zini-o`zi boshqarish huquqini qo`lga kiritganlar. Endi ular universitet rahbarlarini va sudlarini o`zlari saylaydigan bo`lganlar.
Turli fan o`qituvchilari o`zlarining ayrim-ayrim birlashmalari — fakultetlarini tashkjl etdilar. Har qaysi fakultetga dekan boshchilik qilgan. o`qituvchilar bilan studentlar birgalikda universitet boshlig`i (rektor)ni saylardilar. Universitetlarda ilohiyot, qonunlar, tibbiyot o`rgatilardi. Studentlar o`qituvchilarning`ma'ruzalarini tinglar va yozib olardilar. Ma'ruzalar disput (munozara)lar bilan to`ldirilardi. XV asrda Yevropada 65 ta universitet bor edi. Ularning eng mashhurlarini Parij, Bolonya (Italiyada), Oksford (Angliyada), Praga, Krakov (Polshada) universitetlari tashkil etardi.
Xo`jalik taraqqiyoti ilmiy bilimlarning vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Dehqonlar yerga ishlov berish usullarini takomillashtirdilar. Tuproqning xususiyatlarini bilib oldilar. Ob-havoni, chorva mollari va ekinlarning holatini kuzatib bordilar. Hunarmandlar metall va toshlarning xossalarini o`rgandilar. Turli tajribalar o`tkazdilar, bo`yoq va oyna tayyorladilar.
o`rta asrlarda astrologiya va alximiya kabi o`ziga xos fanlar taraqqiy topdi. Astrologlar kelajakda nimalar bo`lishini yulduzlarga qarab bilish mumkin, der edilar. Qirollar, sarkardalar va sayyohlar biror ishga kirishishdan oldin astrologlardan maslahat olardilar. Alximiklar esa har qanday metallni oltinga aylantirishga yordam beradigan ,,sehrli tosh" qidirganlar.
|