|
Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish
|
bet | 199/252 | Sana | 11.06.2021 | Hajmi | 9,26 Mb. | | #14923 |
III.Yangi mavzu bayoni:
XI asrda g`arbiy Yevropada katta qurilishlar boshlandi. Cherkov ibodatxonalarni kengaytirdi. Mustahkambo'1magan yog`och imoratlar o`rniga gumbazli g`ishtin binolar qurildi. Bu binolarning poydevorlari gumbazlatfning og`irligiga bardosh berishi uchun juda qalin qilib qurilardi. Binokorlar qurilish ishlarida qadimgi Rim me'morchiligi namunalaridan foydalandilar. Shuning uchun XII - XV asrlardagi inshootlar roman uslubidagi inshootlar deb ataladi. Roman uslubidagi ibodatxonalarning devorlari silliq edi. Ularning baland minoralari va yarim doirasimon arklari bo`lgan. Yarim doiraviy ark shakli ibodatxonaning hamma joyida - gumbazlarda, derazalarda, kirishdagi eshiklarda ham ko`zga tashlangandi. Roman uslubidagi ibodatxonalar katolik cherkovining kuchqudratiga odamlarda ishonch uyg`otish uchun qal'aga o`xshatib, salobatli va haybatli qilib qurilgan edi. Ko`pincha ular atrofdagi aholi uchun boshpana vazifasini ham o`tagan. Shaharliklar savdo rastalari, ratushalar, kasalxona va mehmonxonalar qura boshladilar. XII - XV asrlardagi binolar keyinchalik gotik uslubida qurilgan binolar deb ataldi. Binokorlar mahoratining o`sib borishi yarim doira shaklidagi qo`pol gumbazlarni ancha yengil va o`tkir uchli baland qubbalar bilan almashtirishga imkon berdi. Qalin devorlar keraksiz bo`lib qoldi. Gotik uslubidagi soborlarda juda ko`p katta derazalar bo`lgan. Shu tufayli ular yengil va tiniq ko`rinishi bilan roman uslubidagi yarim qorong`i soborlardan farq qilgan. Gotik uslubda qurilgan eng katta soborlar minorasi Misr ehromlaridan ham baland bo`lib, 150 metrga yetgan. G`arbiy Yevropada Bibi Maryam ,,bekam" ma'nosida ,,madonna" deb atalar edi. O'rta asr san'atkorlari odamlarning fikr boyligini, tuyg`u va kayfiyatlarini ko`rsatib berishga harakat qildilar. Antik davr haykaltaroshlari esa inson gavdasining go`zalligini ulug`lagan edilar.Shoirlar xalq ashulalari va dostonlarini to`plaganlar. Urush qahramonliklari va sargnzashtlari haqida she'riy roman va poemalar yozganlar. Bular aslida jangnomalar edi. Jangnomalar ichida eng mashhur epik poema Fransiyada XII asr boshlarida yaratilgan ,,Roland haqida qo'shiq"dir. Bu poemada Buyuk Karlning Ispaniyadan chekinayotgan vaqtda graf Roland harbiy qismining qahramonona halok bo`lishi hikoya qilinadi. Roland mislsiz qahramonliklar ko`rsatadi va o`z xo`jayiniga sodiqlik haqida ichgan qasamini buzmay halokbo`ladi. Poemada vatanga xiyonat qilgan kishilar qoralanadi.Gumanizm - insonni birinchi o 'ringa qo 'yuvchi, uning qadr-qimmatini hurmat qilishni, inson kamoloti uchun zarur sharoitlar yaratib berishni talab qiluvchi, inson hayotini qadrlovchi g 'oyalar tizimi. Gumanizm g`arbiy Yevropada XIII asrdan boshlab Italiyada sxolastika va cherkov aqidalarining yakka hukmronligiga qarshi g`oya sifatida shakllana boshladi. Sxolastikaning yirik namoyandasi Foma Akvinskiy edi (1225 1274). U mashhur ,,Ilohiyot to`plami" asarining muallifi. Muallif asarida aql xudoning borligini asoslashga qodir, deb yozgan. Ilohiyot (xudo to`g`risidagi ta'limot) - diniy aqidalar va ular haqidagi ilohiy ko`rsatmalarni o`z ichiga oluvchi diniy ta'limot.
|
| |