Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga savollar beriladi.
1.Sun sulolasi davrida Xitoy iqtisodiyotining rivoji quyidagicha edi-…, 2.Panno - …,
3.Xitoyning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari bular-…, 4.Xubilay xonligi davri-…, 5.1279-1368-yillar-…, 6. Min imperyasi-…, 7. Chjan Xe-… .
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Ijtimoiy munosabatlar. 2.Mamlakatning siyosiy tutumi. 3.Yaponiya shaharlari taraqqiyoti.
VII asrdan boshlab Yaponiyada yer-mulk egaligi jamiyati vujudga kela boshladi. 646- yilda barcha yer davlat mulki deb e'lon qilingan. Aholi davlat chek yerlari egasiga aylangan. Ayni paytda yirik aslzodalarga davlat oldidagi xizmatlari uchun yer-mulklar in'om etila boshlangan. Bu yerlar syoen deb atalgan. Syoen otadan bolaga meros qoldiriladigan bo`lgan va soliqdan ozod etilgan.
XII asrda Yaponiyada imperator hokimiyati o`rnatilgan. U barcha yerning oliy mulkdori, deb e'lon qilingan. Shu jumladan, diniy hokimiyat ham uning qo`lida to`plangan edi. Imperatoraing qarindosh-urug`lari davlatda eng yuqori lavozimlarni egallaganlar. Ayni shu davrdan boshlab, Yaponiyada yirik yer egalari va harbiy yetakchilar xonadonlarining mavqei ham tobora kuchayib borgan. Bu xonadonlarning har biri tanho hukmronlikka intilganlar. Oqibatda tez orada ular o`rtasida qonli urushlar boshlangan. Harbiyfeodal xonadonlarning eng qudratlisi Minamoto xonadoni edi. U 1192yilda o`zining barcha asosiy raqiblarini tor-mor etgan. Uning samuraylari poytaxt Kioto shahrini egallagan.
Vaqt o`tishi bilan samuraylarning bir qismi mayda harbiy yer egalariga aylanganlar. Asosiy qismi esa malakali asosda harbiy xizmatni davom ettirgan. Ular urushlarda qo`lga kiritilgan o`lja va syogun to`laydigan maosh hisobiga yashaganlar.
Yaponiya madaniyatiga Xitoy madaniyati katta ta'sir ko`rsatgan. VIII - IX asrlar Yaponiyaning Xitoy va Koreya bilan madaniy aloqalari rivqjida alohida davr hisoblanadi.
VIII asrda Yaponiyada dastlabki yozuv paydo bo`ldi.IX asrdan boshlab yapon iyeroglif alifbosi keng tarqala boshladi. Alifbe va yozuvning paydo bo`lishida monaxlar muhim rol o`ynashgan. Chunonchi, monaxlar Kibi Makibi va Kukaylar yapon alifbesining asoschilari hisoblanishadi. Dastlabki yozma yodgorlik namunasi ,,Qadimgi ishlar yilnomasi" deb ataladi.
Yaponiyada VIII asrdan boshlab boshlang`ich, o`rta va markaziy deb ataluvchi maktablar faoliyat ko`rsata boshlagan.
X asr boshlariga kelib, tabiatshunoslikga oid dastlabki ensiklopediya nashr etilgan. Uning muallifi saroy dorishunosi Fukae Sukexito bo`lgan.Dehqonchilikning rivojlanishi astronomiya va meteorologiyaga oid bilimlarga bo`lgan ehtiyojni oshirgan. Ayni paytda yapon xaritashunosligi ham vujudga kelgan va rivojlangan. Ruhoniy Gyogu Bosasu Yaponiyaning birinchi xaritasini yaratgan. XII - XIII asrlarda kitob nashr etishda katta muvaffaqiyatlarga erishilgan. XIV asrdan Xitoy noshirlari Yaponiyaga kela boshlaganlar. Bu hodisa xususiy nashrlarning paydo bo`lishiga xizmat qilgan.XIV asrda yozilgan ,,Ilohiy monarxlik vorisligining haqqoniy tarixi" asarida xonadonlarning toj-taxt uchun kurashi o`z ifodasini topgan.
|