III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Xo`jalik taraqqiyoti. 2.Mayyalar davlati. 3.Asteklar davlati. 4.Inklar davlari.
Amerikaning tub aholisi hindular deb ataladi. Bu aholi hozir ham mavjud. Ularning ajdodlari bir necha o`n ming yillar avval Osiyodan Bering bo`g`ozi orqali Amerikaga kelib qolgan. Hindular o`rta asrlarda ham urug`chilik tuzumida yashar edilar. Ko`pdan-ko`p hindu xalqlari orasida mayya, atstek va ink xalqlari xo`jalik hamda madaniyjihatdan boshqalardan ustun edilar. Aholining ko`pchilik qismi ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan. Biroq Shimoliy Amerikaning janubida, Markaziy va Janubiy Amerika qirlari hamda tog`larida dehqonchilik ham rivojlangan. Dehqonlar toshboltalarda o`rmon kesib, daraxtlarni yoqib, yer ochishgan. Yerni yog`och so`qalar bilan ag`darib yumshatishgan. Ilgari paytlarda yevropaliklarga ma'lum bo`lmagan makkajo`xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki kabi ekinlarni o`stirishgan. Qit'aning kattagioa, qismida hayvonlarni ishga o`rgatishni bilishgan. Amerikada otlar yo`q edi. Faqat shimolda itlarni, lamaga o`xshash tuyalarni qo`lga o`rgata boshlashgan. Parrandalardan kurka va o`rdaklarni boqishgan.Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi. Yerlar jamoalarga tegishli edi. Jamoalar o`zlariga qarashli oilalarga o`rmondan tozalangan bo`liq yerlarni foydalanish uchun berardi. Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Har bir shaharga ,,Ulug` inson" hukmdorlik qilardi. Inklar davlati XII asrda tashkil topgan. Inklar qo`shni qabilalarni zabt etganlar. Davlat tepasida cheklanmagan hukmdor Oliy Inka turardi. Oliy Inkaning yaqin qarindoshi bo`lgan erkaklar o`zlarini ,,Quyosh o`g`illari" deb atashardi. Bunga inklarning quyoshni bosh xudo deb hisoblashlari sabab bo`lgan. ,,Quyosh o`g`illari" davlatda yuqori lavozimlarni egallaganlar. Bo`ysundirilgan davlatlar xalqlari ularga to`la itoat etib, inklar tilida gaplashishgan va inklarning qonunlari, rasmrusumlari asosida yashashgan.Aholi jamoa bo`lib yashar, har bir jamoa dehqon oilalaridan iborat edi. Hokimiyat ruxsatisiz jamoa a'zosi qishloqdan tashqariga chiqolmasdi.,,Quyosh o'g`illari"ning bolalari maxsus maktablarda o`qishardi. Hali yozuv yo`q paytlarda bolalar inklar dini, boshqarish tartiblari, qonunlari va urf-odatlari haqidagi ma'lumotlarni yodlab o`rganishardi. Me'morlar ibodatxonalar, qasrlar, qal'alar qurishardi. Inklarning asosiy qal'asi - Kusko baland qoyalikka qurilgan. Bu qal'a shaharlar bilan yerosti yo`llari orqali birlashtirilgan bo`lgan.
|