III.Yangi mavzu bayoni: Reja




Download 9,26 Mb.
bet236/252
Sana11.06.2021
Hajmi9,26 Mb.
#14923
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   252
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Dehli sultonligining tashkil topishi.

2.Dehli sultonligi XIV-XV asrlarda.

XI asrda Shimoliy Hindiston g`aznaviylar davlatiga bo`ysundirilgan. Shu tariqa Shimoliy Hindiston g`aznaviylar davlatining bir viloyatiga aylangan. 1206- yilda g`aznaviylar noibi Qutbiddin Oyboq Shimoliy Hindistonni mustaqil deb e'lon qilgan. Bu yangi davlat Dehli sultonligi deb atalgan. Dehli shahri sultonlik poytaxti etib belgilangan. XIII asr oxiri - XIV asr boshlarida Dehli sultonligi yanada kengaygan. Bu ulkan davlat viloyatlarga bo`lib boshqarilgan. Dehli sultonligida ham barcha yerlar davlatning mulki hisoblangan. Yerlarning ma'lum qismini sulton iqto` sifatida in'om etgan. Iqto` yerlar musulmon zodagonlariga harbiy xizmatlari uchun berilgan. Iqto`dor boyligining asosiy qismini iqto` yerlarida yashovchi aholidan olinadigan soliq tashkil etgan. Shuningdek, xolisa yerlar ham bo`lib, u sultonga qarashli bo`lgan. Undan yig`ilgan soliq sultonlik xazinasiga tushgan. Ayni paytda mahalliy knyazliklar saqlanib qolingan. Rojalar ularni amalda mustaqil idora etganlar. Ularning Dehli sultonligiga qaramligi belgilangan soliqni to`lab turishdan iborat bo`lgan.

Bir tomondan, viloyatlar markaziy hokimiyatgabo`ysunmaslikka intilar edilar. Ikkinchi tomondan, sulton mustaqillikka intilayotgan vassal hind rojalariga qarshi muttasil urush olib borishga majbur bo`lgan. Bu urushlar jamoachi dehqonlardan olinadigan soliqlarning yanada oshirilishiga olib kelgan. Hosilning 1/4 qismi hajmida soliq to`lagan jamoachi dehqonlar endilikda 1/2 qismi hajmida to`lashga majbur etilgan. Bu sultonlikdagi ichki vaziyatni yanada keskinlashtirgan. XIV asrning 30- yillariga kelib, aholi hatto 1/4 hajmdagi soliqni ham to`lay olmay qolgan. Muttasil yetti yil davom etgan qurg`oqchilik iqtisodiyotni butunlay xonavayron qilgan. Mamlakatda ocharchilik yuz bergan. Ana shunday bir sharoitda 1398- yilda Amir Temurning Hindistonga yurishi boshlangan. Tajribali sarkarda Amir Temur hech bir qarshiliksiz Dehlini egalladi, sultonlik tobe etildi. Amir Temurning oldida Usmonli turklar imperiyasiga qarshi kurash vazifasi turganligi uchun u tez orada Samarqandga qaytdi. Shunday bir sharoitda Dehli sultonligi yana avvalgi qudratini tiklashi mumkindek edi. Biroq o`zaro ichki urushlar bunga imkon bermagan. Mamlakatda tarqoqlik tobora kuchaya borgan. Dehli sultoni Buyuk sulton hisoblansa-da, amalda oddiy bir davlat hukmdoriga aylanib qolgan. o`zaro urushlar natijasida sultonlikda hokimiyat sayyidlar

sulolasi qo`liga o`tgan (1414 - 1451). Biroq bu sulola hokimiyat tepasida uzoq tura olmagan.

1451- yildan hokimiyatni afg`onlar qabilasi boshlig`i Bahlul Lodi boshqara boshlagan. Yangi sulola to Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistonni egallaguniga qadar (1526- yil) hukmronlik qilgan.




Download 9,26 Mb.
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   252




Download 9,26 Mb.