• O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1
  • Sana: Fan nomi: Texnologiya Mavzu: Bayramga tayyorgarlik koʻramiz Maqsad: Ta’limiy




    Download 128,92 Kb.
    Sana22.05.2024
    Hajmi128,92 Kb.
    #249757
    Bog'liq
    Bayramga tayyorgarlik koʻramiz (1)


    Sana: _____________ Fan nomi: Texnologiya
    Mavzu: Bayramga tayyorgarlik koʻramiz
    Maqsad: Ta’limiy: Archafga osiladigan o‘yinchoqlar yasash haqida tushuncha berish.
    Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, tejamkorlikni,mehnatsevarlikni, ozodalilikni tarbiyalash.
    Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini ,rangli qog’oz bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.
    O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. TK3:texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.TK 4: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.TK 5:xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish. TK 6:tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;
    O‘tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko‘rsatmalilik, amaliy.
    Dars jihozi:rangli qog’oz,kley,qaychi,ip, tayyor yasalgan archa bezaklari.
    Darsning borishi:
    I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
    2. Davomatni aniqlash.
    3. O‘quvchilarni darsga tayyorlash.
    II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan ishlarni tekshirish.
    III. Yangi mavzu bayoni
    1.O‘quvchilar bilan yangi yil bayrami , archa bezaklari haqida suhbat o‘tkazish.
    2.Bayramni qanday kutib olishlari haqida savol-javob o‘tkazish.
    3Bayramlarning hayotimizdagi roli haqida suhbat.
    4.Yangi yil bayramini yer yuzida qanday kutib olinishi haqida suhbat.
    5.Arca bezaklari grlandlarni yasash bosqichlarini ko‘rsatib berish.
    5.O‘quvchilar mustaqil yasaydilar.
    6.Yasash vaqtida o‘quvchilar ishi kuzatib boriladi.
    7.Qaychi, foydlnishda texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakliklarini eslatish
    8.Shaxsiy gigiyena qoidalaini ham eslatish.
    9.Dasda o‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatib borish.
    Archa.
    Archaman,yashil archa, Toj kiydirib boshimga,
    Meni sevadi barcha. Davra quib qoshimda
    Hamisha yam –yashilman, O‘ynab -kulishar rosa,
    Zumraddek zo‘r, asilman. Quvnab ketishar toza.
    Bolalar kulib quvnoq, Men ham bo‘laman xursand,
    Menga osar o‘yinchoq. Ruhim bo‘ladi baland.
    Oltin sharlar osishar, Yonib turaman yal-yal,
    Zar kokillar osishar. Uyalinqirab sal-pal.
    IV. Darsni mustahkamlash: Rangli qog‘ozlardan tasmalar tayyorlab oling. Rasmga qarab yopishtiring.

    Archa o‘yinchog‘ining yasalish ketma-ketligini ko‘rib chiqing. Qanday qirqilishi va yopishtirilishiga e’tibor bering.
    1.Yasab bo‘lgan o‘quvchilar ishini baholash uchun savol-javob o‘tkazaman.
    2Qaysi bayram sizga yoqadi, nima uchun?
    3.Yasagan ishingizni ta’rif lang.
    4.Qishin,yozin bir xil kiyimda .Topishmoqni javobini toping.
    V.O‘quvchilar ishini baholayman.
    VI. Uyga vazifa: Darsda ulgurmagan ishlarni tugatib kelish.


    Download 128,92 Kb.




    Download 128,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sana: Fan nomi: Texnologiya Mavzu: Bayramga tayyorgarlik koʻramiz Maqsad: Ta’limiy

    Download 128,92 Kb.