• “Oʻzavtosanoat” AJ huzurida doimiy faoliyat yurituvchi loyiha ofisini tashkil etish
  • “UzAutoMotors” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz soligʻi bekor qilinadi
  • korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini




    Download 20.51 Kb.
    bet2/3
    Sana10.05.2023
    Hajmi20.51 Kb.
    #58190
    1   2   3
    Bog'liq
    Sanoat. Avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi
    Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’liqni himoya qili, jamolov
    korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarinishuningdek, “YERP” avtomat­lashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish;
    aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop boʻlgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash;
    Oʻzavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati ­aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond ­bozorlarida birlamchi ommaviy joy­lashtirish (IPO) orqali investorlarni jalb etish.
    2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va ­tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJ yetakchi xorijiy kompaniyalar va xalqaro ­ekspertlarni jalb etgan holda bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha aniq takliflarni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan “Oʻzavtosanoat” AJ huzurida doimiy faoliyat yurituvchi loyiha ofisini tashkil etish choralarini koʻrsin:
    Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2023-yilgacha yanada jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
    ilgʻor xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy etish;
    avtomobil sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini, shu jumladan, motor transport vositalari va ularning butlovchi ­buyumlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi barcha korxonalar uchun soliq va ­bojxona rejimlarini unifikatsiyalash yoʻli bilan oshirish;
    ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni oʻzlashtirish darajasini oshirish va import hajmlarini pasaytirish imkonini beradigan qoʻshimcha ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
    ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ­ishlab chiqarishning ustuvor segmentlarida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish, milliy muhandislik markazlarini tashkil etish;
    avtomobil sanoatida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish.
    3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
    a) 2020-yil 1-yanvarga qadar “Oʻzavtosanoat” AJ va uning ulushi mavjud boʻlgan tashkilotlar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi boʻyicha texnik topshiriqlar original ishlab chiqaruvchi (OYEM) yoki avtomobillar litsenziari tomonidan tasdiqlangan (belgilab qoʻyilgan) yoki tavsiya etilgan mahsulot yetkazib beruvchilarga nisbatan yoki bunday talab avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha asosiy, litsenzion va investitsiyaviy bitimlar, shuningdek, sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalash boʻyicha bitimlar, avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda texnik koʻmaklashish boʻyicha bitimlar bilan oʻrnatilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi ­“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ­ekspertizadan oʻtkazilmaydi;
    b) 2019-yil 1-oktyabrdan keyin tuziladigan shartnomalar boʻyicha “UzAutoMotors” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz soligʻi bekor qilinadi;
    v) 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim avtotransport vositalari ishlab ­chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadi;
    g) “Oʻzavtosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan, 1-ilovada koʻrsatilgan aktivlari quyidagicha sotilishi mumkin:
    qoʻshilgan qiymat soligʻini (koʻchmas mulk uchun) va haqiqiy qiymatini (xoʻjalik jamiyatlaridagi ulushlar va aksiyalar paketi uchun) hisobga olgan holda ularning qiymatini baholamasdan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga boshlangʻich ­bahosi boʻyicha auksionga qoʻyish orqali;
    savdoga qoʻyilgan vaqtdan buyon ikki oy ichida talabgorlar mavjud boʻlmagan taqdirda, boshlangʻich bahosini qadam-baqadam tushirib borish orqali.
    4. “Avtosanoat invest” MCHJ va “Oʻzavtosanoat” AJning “Oʻzavtosanoat” AJ va “Avtosanoat invest” MCHJning tegishli ravishda ustav kapitalini kamaytirish hisobiga “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJning ustav kapitalidagi “Avtosanoat invest” MCHJ ulushini balans qiymatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
    5. “Oʻzavtosanoat” AJ 2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha dilerlik tashkilotlarining ustav jamgʻarmalari (kapitallari)dagi ulushlar sotilishini tezlashtirsin.
    6. Quyidagilar:

    Download 20.51 Kb.
    1   2   3




    Download 20.51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini

    Download 20.51 Kb.