Sanoat mahsulotlarining material va energiya sarfini kamaytirish yo‘nalishlari reja: Kirish




Download 262 Kb.
bet4/6
Sana25.05.2023
Hajmi262 Kb.
#64526
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SANOAT MAHSULOTLARINING MATERIAL VA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH
8 dars 4, tezis Jo\'rayeva Maftuna, 15-17 MB, 1 Teylor formulasi , Madreymova Guljanat, Tavsiya etilgan mustaqil ish mavzulari bo, Ibrohimov.B, ONA TILI, CONFIDENCE, [Appendix] GPA Conversion Table, Adabiyot o\'qitish metodikasi. Husanboyeva Q. Niyozmetova R., Annotatsiya tayyor, Bozor iqtisodiyoti mazmun mohiyati va unga o’tish yo’llari, BMI yuziga (2) 1111112yuz

2. Neft sanoati.

Neft-mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb qiladi. Undan xalq xo`jaligining turli tarmoqlari uchun bir necha o`nlab muhim mahsulotlar ishlab chiqariladi. Mamlakatimizda birinchi neft koni 1904 yilda Farg`ona vodiysi (Chimyon)da ochilgan edi. O`sha paytda undan 278 m. chuqurlikdan sutkasiga 130 t. neft qazib olingan. Shu yilning o`zida Vannovskda (hozirgi Oltiariq) neftni qayta ishlash zavodi ish boshladi. Ikkinchi jahon urushi davrida va undan keyingi yillarda Farg`ona vodiysi (Janubiy Olamushuk, Polvontosh Andijon)da va Janubiy O`zbekistonda (Xaudak, Lalmikor) yangi neft konlari ishga tushirildi. Koplab neft konlarining o`zlashtirilishi bilan 1959 yilda Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi qurildi. Biroq har ikkala zavodning ishlab chiqarish quvvati kam bo`lib, neft mahsulotlariga bo`lgan ehtiyoj chetdan keltirish hisobiga qondirilar edi. Mustaqillik tufayli neft sanoatida keskin burilish yuz berdi. Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ko`plab yirik (jumladan, Ko`kdumaloq) konlarning ishga tushirilishi natijasida neft qazib olish keskin o`sdi. Agar 1960 yilda 1,6 mln. tonna neft (gaz kondensati bilan birga) qazib olingan bo`lsa, 1980 yilda-1,3, 1990 yilda-2,8, 1997 yilda-7,9 va 2004 yilda-6,6 mln. tonna neft qazib olindi. Neft mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojni to`la ta`minlash va neft mustaqilligiga erishish maqsadida 1993 yildan boshlab Fransiyaning "Teknep" firmasi, Yaponiyaning "Marubeni" va "Jey-Ji-Si", Turkiyaning "Gama" kompaniyalari sarmoya va mutaxassislari bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida neftni qayta ishlash zavodini qurish boshlandi. Mazkur zavodning birinchi navbati 1997 yilning 22 avgustida ishga tushdi. Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi ham chet el firmalari ishtirokida batamom yangi jihoz va texnologiya bilan qayta ta`mirlandi. Endilikda mamlakat neftni qayta ishlash sanoati korxonalarida jahon andozalariga mos keladigan 50 dan ortiq xilma-xil mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda: yuksak oktanli benzin (shu jumladan, B-92 aviabenzin), aviakerosin, suyultirilgan gaz, dizel yoqilg`isi, koks, parafin, motor moylariga qo`shilmalar, yengil avtomobillar uchun motor va surkov moylari, kerosin, bitum, mazut va h.k. Bu mahsulotlar mamlakat ichki ehtiyojini qondiribgina qolmay, ularning ayrimlari xorijiy davlatlarga eksport ham qilinmoqda.

Respublikada neftning asosiy qismi (92 foizi) Qashqadaryo viloyatida qazib chiqariladi. U biroz miqdorda Andijon, Surxondaryo, Farg`ona, Buxoro viloyatlarida ham qazib chiqariladi.





  1. Download 262 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 262 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat mahsulotlarining material va energiya sarfini kamaytirish yo‘nalishlari reja: Kirish

Download 262 Kb.