120
SANOATDA SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISH VA
UNUMDORLIGINI OSHIRISH
Po’latova Nodira Baxriddin qizi
Termiz muhandislik texnalogiya inistuti 1-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada sulfat kislota ishlab chiqarishning usullari va foiz
unimdorligini oshirish, sanoatdagi ahamiyati haqida yozilgan.
Kalit so’zlar; FeS2 temir sulfid, PbS qo’rg’oshin sulfid, CuS mis sulfid, SO2
oltingugurt (IV) oksidi, H2S vodorod sulfid
Kirish.
Kimyo sanoat uchun muhim bo‘lgan anorganik birikmalardan biri sulfat
kislotadir.Sanoatda sulfat kislota ishlab chiqarish uchun xomashyolar: sof oltingugurt -
S,pirit-FeS2,rangli metallarning sulfidlari-PbS,CuS,vodorod sulfid-H2S.
Asosiy qism
Kontak usulda sulfat kislota ishlab chiqarish jarayonini 3 bosqichga bo‘lamiz:
I)Piritni kislorod ishtirokida kuydirib oltingugurt (lV)oksidi olish
4FeS2+11O2→2Fe2O3+8SO2
II)Oltingugurt (lV)oksidini katalizator ishtirokida oksidlab oltingugurt
(Vl)oksidi olinadi.
2SO2+O2→2SO3
III)Adsbsorbiyalar bosqichi hisoblanadi.
SO3+H2SO4 •H2O→2H2SO4.
O‘zbekistonda FeS2 rudasi mavjud bo‘lmaganligi sababli Cu;Zn;Pb va boshqa
metalalrni ajratib olish jarayonida SO2 olamiz va bu oksidlar to‘g‘ridan to‘g‘ri H2SO4
121
ishlab chiqarishga yuboriladi.S homashyosi o‘zbekiston hududida neft tarkibida H2S
ko‘rinishida va tabiiy gaz konlarida SO2 holida uchraydi.
Absorbsiya – gaz moddalarning suyuqlikka yutilish jarayoni hisoblanadi.
Adsorbsiya - qattiq moddalarning yuzasiga gaz moddalarning yutilishi.
SO3+H2SO4 •H2O=2H2SO4
SO3+H2SO4 =H2SO4 •SO3
H2SO4 ga yuttirish natijasida birinchi oltingugurt (Vl) oksidi H2SO4 tarkibidagi
suv bilan reaksiyaga kirishadi suvning massasi tugagandan so‘ng H2SO4 o‘zi SO3 ni
yuta boshlaydi va natijada oleum hosil bo‘la.
Sanoatda sulfat kislota ishlab chiqarishda 2 xil V2O5 li katalizator ishlatiladi.
1)B.A.V- Bariy alyuminiy vanadat.
V2O5•SiO2•0.5Al2O3•2K2O•3BaO•2KCl.
2)S.V.D- Sulfovanadiy diatomli.
V2O5•2.7K2O•0.6SO3•0.7CaO•2.5 SiO2.
Hozirgi vaqtda sulfat kislota kimyo sanoatining koʻpchilik texnologiyalarida
keng qoʻllaniladi, natijada oraliq va sarflangan sulfat kislota eritmalari hosil boʻladi.
Koʻpgina hollarda, sulfat kislotani qayta tiklash yoki undan foydalanish uchun ushbu
eritmalarni qayta ishlash kerak boʻladi. Sanoatda koʻp yillik amaliyotlar davomida, turli
xil sharoitlarda hosil boʻlgan sulfat kislota eritmalarini qayta tiklashning bir nechta
122
usullari amalga oshirilgan. Ushbu maqolada “Navoiyazot” AJ kaustik soda ishlab
chiqarish majmuasida ishlatilgan ikkilamchi sulfat kislotaning tarkibini va uni tozalash
jarayonini koʻrib chiqamiz. “Navoiyazot” AJ kaustik soda ishlab chiqarish majmuasida,
osh tuzi eritmasini elektroliz qilish natijasida hosil boʻlgan xlor gazini namligini ushlab
qolish uchun 98% li sulfat kislota eritmasidan foydalaniladi. Natijada sulfat kislota
jarayondagi namlikni oladi va qisman xlor bilan toʻyinib, konsentratsiyasi 73-75%
gacha kamayadi. Hosil boʻlgan ikkilamchi sulfat kislotaning konsentarsiyasini
bugʻlatish yoʻli bilan oshirishga erishildi. Olingan natijalar shuni koʻrsatadiki,
ikkilamchi sulfat kislota konsentratsiyasi 82,91% gacha yetkazildi va tarkibidagi xlor
miqdori 85,36% gacha kamaydi. Bu esa texnologik jarayonda hosil boʻlgan ishlatilgan
ikkilamchi sulfat kislotadan foydalanish sohalarini kengaytiradi.
Olmaliqdagi “Ammofos-Maksam” kimyo zavodi 2019 yilning oxirigacha sulfat
kislota ishlab chiqaruvchi yangi korxona qurilishini oxirigacha yetkazishni
rejalashtirmoqda, deb ma'lum qildi korxonadagi manba Sputnik muxbiriga.
Manbaning aytishicha, zavod bu loyihani amalga oshirish uchun uchta yirik
xorijiy kompaniya: Germaniyaning LRC, Italiyaning Desmet Ballestra va
Finlyandiyaning Outotec kompaniyasi bilan hamfikrlik kelishuvini imzoladi.
Loyihaning dastlabki qiymati 105 mln dollarni tashkil qiladi, undan 60 mln
dollari xorijiy investorlar tomonidan ajratiladi. 2016 yilning 1-choragida xorijiy
kompaniyalar loyihaning texnologik tashkil etuvchisi va qiymati bo‘yicha takliflarini
taqdim qiladilar.
Yangi korxonaning quvvati yiliga 650 ming tonna sulfat kislotani tashkil qiladi.
Bu korxonaning ishga tushirilishi bugungi kunda eskirib qolgan, 1981 yilda qurilgan
amaldagi majmuani foydalanishdan chiqarishga imkon beradi. 2008 yilda “Ammofos-
Maksam” zavodining 49 foiz aksiyasi Ispaniyaning Maxam Corp kompaniyasi
tomonidan sotib olingan, u zavodning modernizatsiyasi uchun kamida 30 mln dollar
investitsiya qilishni o‘z zimmasiga olgan. Zavod mahsulotining asosiy importchilari
Xitoy, Eron, Afg‘oniston va Tojikiston hisoblanadi.
|