«sanoatni axborotlashirish» fakultеti «informatika va axborot texnologiyalari» kafеdrasi




Download 29,77 Kb.
bet2/5
Sana01.01.2024
Hajmi29,77 Kb.
#129363
1   2   3   4   5
Bog'liq
«sanoatni axborotlashirish» fakultеti «informatika va axborot te-fayllar.org
Elektron resurslarni ta’lim tizimidagi o’rni, portal.guldu.uz-Davlat tilida ish yuritish, Gulimov
Magnitli saqlash qurilmasi.


  • Optik saqlash qurilmasi.


  • Elektr saqlash qurilmasi.

Endi har bir turiga qisqacha to'htab o'tamiz.


Magnit saqlash qurilmalari kompyuterga o'rnatiladigan asosiy saqlash vositasi hisoblanadi. Bu turdagi xotira qurilmasining asosi, ya'ni barcha ma'lumotlar magnit asosga ega bo'lgan materiallarda saqlanadi. Bu turdagi xotiradan, barcha turdagi kompyuterlar(ishchi kompyuterlar, serverlar, portativ kompyuterlar,..) foydalanishadi.
Bu turdagi xotira qurilmasiga quyidagilar kiradi:
— Qattiq disklar(HDD).
— Egiluvchan disklar(floppi disk).
— Magnit lentalar.
Qattiq diskni(vinchester, HDD), kompyuterning asosiy xotirasi deyish mumkin. Bu qurilma kompyuterga bevosita ATA yoki SATA porti orqali ulanadi. Hajmi ham xar hil bo'ladi(250 Gb, 500 Gb, 1 Tb, 2Tb,..). Hajmi qanchalik katta bo'lsa, narxi ham shunchalik qimmat hisoblanadi. Undan tashqari ma'lumotlarni o'qish va yozish tezligi ham narxiga ta'sir qiladi. Bu xotira turiga yana tashqi qattiq disklar ham kiradi. Ular USB port orqali ulanadi va kompyuterdan elektr manbai oladi. Bu turi katta hajmdagi ma'lumotlarni olib yurish uchun ishlatiladi.
Egiluvchan disklar hozirgi kunda kamayib ketgan. 1.44 Mb hajmga ega bo'lib, ma'lumotlarni bir necha martta o'qib, yozish uchun ishlatiladi. Unchalik ishonchli emas, magnit plyonkalar ham yupqa bo'lib, juda tez ishdan chiqish ehtimoli katta. Tashqi ta'sirlarga umuman bardoshli emas.
Keyingi magniitli saqlash qurilmasi bu – magnit lentalardir. Bular asosan server kompyuterlar bilan ishlaganda kerak bo'ladi. Katta hajmdagi ma'lumotlarni arxivlash yoki nusxasini olish jarayonida ishlatiladi. O'qish va yozish tezligi unchalik katta emas, lekin uzoq vaqt davomida saqlash uchun mo'ljallangan.
Navbatdagi tashqi saqlash qurilmasi bu optik disklar hisoblanadi. Bu disklarga ma'lumotlar lazer nurlari orqali yoziladi va lazer nurlari orqali o'qiladi. Optik disklarni quyidagi turlari mavjud:
— Faqat o'qish uchun mo'ljallangan disklar: CD, DVD.
— Faqat bir marotaba yozish uchun mo'ljallangan disklar: CD-R, DVD-R.
— Bir necha marotaba yozish uchun mo'ljallangan disklar: CD-RW, DVD-RW.
CD disklar 700 Mb atrofida, DVD disklar esa 4.7 Gb atrofidagi ma'lumotlarni o'zida saqlay oladi. Bu optik disklarni o'qish uchun kompyuterga CD-ROM, DVD-ROMqirilmalari ulanadi. Hozirgi kunda yangi DVD disklari paydo bo'lgan, bular Blu-ray deb nomlanadi va ular ko'k rangdagi lazer orqali ma'lumotlarni yozadi(oddiy optik disklarga qizil rangdagi lazer ishlatiladi). Blu-ray disklarning hajmi 25 Gb dan boshlanadi.
Keyingi tashqi xotira qurilmasi bu – elektr saqlash qurilmasidir. Bu xotira qirilmasida ma'lumotlar, mikrosxemalar orqali yaratilgan va programmalashtirilgan xotirada saqlanadi. Bunga misol, flesh-xotiralardir(fleshka). Bu qurilmalar kompyuterga USBport orqali ulanadi. Qurilmaning o'lchamlari kichik va hajmi hozirgi kunda 64 Gb dan ham oshdi. Bu qurilmaning asosiy parametri hajmidan tashqari ma'lumotlarni o'qish va yozish tezligi hisoblanadi. Ma'lumotlarni yozish va o'qishda hech qanday dasturlarning keragi yo'q va ishlatish juda soddadir. Flesh xotiralarni sotib olishda pulingizni ayamasdan o'sha paytdagi eng katta hajmliligini sotib olavering, sababi bu xotira qurilmasi juda katta tezlikda o'z hajmini kattalashtirib yubormoqda.
Tezkor xotira (ruscha: оперативная память, inglizcha: Random Access Memory, RAM) — oʻqish yoki yozish uchun uning manzili boʻyicha istalgan yacheykaga bir vaqtning oʻzida (har doim bir vaqtning oʻzida, joylashuvidan qatʼiy nazar) kirish imkonini beruvchi kompyuter xotirasining turlaridan biridir[1]. Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda oʻlchanadi. Tezkor xotira chastotasi — tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt ichida oʻtadigan maʼlumotlar oqimi sonini anglatadi.

Kompyuterlarda tezkor xotira sifatida foydalaniladigan xotira modullari dizaynining evolyutsion rivojlanishi. Yuqoridan pastga: DIP, SIPP, SIMM 30 pin, SIMM 72 pin, DIMM, DDR DIMM


EHMlarning dastlabki modellarida yuzlab yoki minglab bit sig‘imli asosiy xotira funksiyasini bajarish uchun rele, kechiktiruvchi xotira qatori yoki har xil turdagi vakuum naychalaridan foydalanilgan[2].
Zamonaviy tezkor xotiraning keng tarqalgan ikkita shakli statik RAM (SRAM) va dinamik RAM (DRAM) mavjud. SRAMʼda maʼlumotlarning bir qismi oltita tranzistorli xotira xujayrasining holatidan foydalangan holda odatda oltita MOSFET (metall-oksid-yarim oʻtkazgichli maydon effektli tranzistorlar) yordamida saqlanadi. RAMʼning bu shakli ishlab chiqarish qimmatroq boʻlib, biroq odatda tezroq hamda DRAMga qaraganda kamroq dinamik quvvat talab qiladi. Zamonaviy kompyuterlarda SRAM koʻpincha protsessor uchun kesh xotirasi sifatida ishlatiladi[3].
Hozirgi kunda asosan katta hajmdagi dasturlar, oʻyinlar bilan kompyuterni band qilganda, kompyuterga tushayotgan yuklama asosan tezkor xotiraga tushadi. Bu xotiraning o’lchami dastur va o’yinlarning ishlash tezligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu xotira turi vaqtinchalik axborotni o’zida saqlaydi. Dastur yuklanganda dastlab tezkor xotiraga yuklanadi va u yerdan ishga tushadi. Bundan kelib chiqadiki, tezkor xotiraning hajmi qancha katta bo’lsa, bir paytning o’zida bir necha dasturlarni yuklab, ish olib borishingiz mumkin bo’ladi (misol uchun ashula eshitib, o’yin o’ynash mumkin).
Biror dasturni ishga tushirib (dastlab tezkor xotiraga xotiraga yuklab), soʻng bu dasturdan chiqib ketib, ya’na shu dasturni ishga tushirsangiz, dastur yuklanishi biroz tezroq amalga oshiriladi. Chunki kompyuter dastlab tezkor xotiraga murojaat qiladi, agar yuklangan dastur u yerda mavjud bo’lsa, o’sha yerdan dasturni yuklaydi, aks holda dasturni izlashni boshlaydi.
Tezkor xotira 2 ta asosiy xarakteristikaga ega va bu xotirani sotib olishda uning hajmi va shu xotira ishlaydigan chastota miqdori inobatga olinadi. Tezkor xotira chastotasi ishlash tezligini aniqlab beradi. Chastota bu vaqt birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers chastotali tezkor xotira 100 MB ma’lumotni 10 sekunda yuklasa, 1000 megagersli tezkor xotira bu jarayonni 5 sekundda amalga oshiradi.
Tezkor xotira koʻrinishi va ona plata (материнская плата, motherboard)ga oʻrnatilishi boʻyicha bir necha turlarga boʻlinadi. Hozirgi zamon tezkor xotiralariga DDR1, DDR2, DDR3, DDR4 kiradi:
  • DDR1 — maksimal ishlash chastotasi 400 megagersgacha;


  • DDR2 — maksimal chastotasi 800 megagersgacha;


  • DDR3 — maksimal ishlash chastotasi 1800 megagersgacha.


Har bir tezkor xotira turi o’zining platasiga ega, ya’ni platadagi slot faqat bir turdagi tezkor xotirani qabul qiladi. Misol uchun, DDR1 uchun mo’ljallangan plataga DDR2 ni o’rnatib bo’lmaydi. Chunki har bir tezkor xotira turi oʻzgacha ulanish tishlariga ega. Oʻlchami bir xil boʻlishi mumkin lekin tishlari oʻrtasida farq bor.


Muhim ma’lumotlardan biri shuki, plata shinasini ham tezkor xotirani oʻrnatishda e’tiborga olish, uning chastotasini ham bilib qoʻyish zarur. Bu ma’lumotni kompyuter platasi hujjatidan topishingiz mumkin. Misol uchun, 800 MGʼda ishlaydigan DDR2 tezkor xotirasini 533 MG shinada ishlaydigan plataga qoʻyilsa, tezkor xotira ham 533 MGʼda ishlaydi yaʼni shu chastotaga moslashadi. Agar har xil chastotada ishlaydigan 2 ta tezkor xotirani bir plataga oʻrnatilganda, umumiy ishlash chastotasi kichik bo’lgan chastota bilan bog’liq bo’ladi. Misol tariqasida 1000 MG va 600 MG chastotada ishlaydigan tezkor xotirani bitta plataga oʻrnatilsa, shunda tezkor xotira 600 MGЦ chastota bilan ishlaydi. Tezkor xotira koʻplab oʻyin va dasturlar uchun javobgardir.
Protsessor inglizchada „Process“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „jarayon“ — jarayonni amalga oshiruvchi, boshqaruvchi maʼnolarini bildiradi. Kompyuter Protsessori asosan kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish va boshqarish vazifalarini bajaradi. Asosiy oʻlchov birligi chastota hisoblanadi. Protsessor chastotasi uning maʼlum vaqt ichida nechta amalni bajara olishini ifodalaydi.
Protsessor (lot. processus — surilish) — elektron mashinaning dastur (programma) da koʻzda tutilgan amallar; informatsiyani oʻzgartirish, barcha hisoblash jarayonlarini, xisoblash mashinasidagi boshqa qurilmalarning ishini boshqarib turish uchun moʻljallangan markaziy qurilmasi. Asosiy qismlari: arifmetikmantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi. Arifmetikmantiqiy qurilmada axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi. Boshqarish qurilmasi xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruvchi signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishini uygʻunlashtiradi, dasturni uzish signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi, P. ishini nazorat qiladi. P. da bulardan tashqari, oʻta tezkor xotira qurilmasi va tashkiliy bloklar ham bor.
Hozirgi kunda kompyuter olami juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga juda ko‘p sabablar bor. Eng asosiy sabablardan biri bu — kompyuter orqali inson tomonidan bajariladigan ishlarning deyarli barchasi bajarilmoqda. Nafaqat bajarilmoqda, balki oson va tez bajarilmoqda. Undan tashqari maromiga yetkazilib, ishlar bitkazilmoqda. Bu ishlarni bajarishda, kompyuter bir o‘zi emas, balki kompyuterga ulanadigan periferik qurilmalar yordamida amalga oshirmoqda.
Periferik qurilma deb – kompyuterga tashqi tomondan ulanib, uning imkoniyatlarini kengaytiradigan qurilmalarga aytiladi. Bu qurilmalar qo‘shimcha qurilmalar ham deyiladi, ularsiz ham kompyuter o‘zining asosiy ishlarini amalga oshiraveradi. Periferik qurilmalar faqatgina qo‘shimcha ishlarni amalga oshiradi.Periferik qurilmalar kompyuterga ma’lum bir portlar orqali yoki simsiz ulanishi mumkin. Misol uchun, USB, LPT, COM portlar orqali yoki simsiz aloqa orqali, ya’ni wi-fi, Bluetooth va hakazolar orqali.Demak bu qurilmalarga nimalar kiradi? Bu qurilmalar juda ko‘p, shuning uchun nimalar kirmasligini bilib olsak, qolgan hamma narsalar kirishi oydinlashadi.
Kompyuter nimalardan tashkil topgan va nimalar bo‘lmasa umuman ishlamaydi? Shu savolga javob beramiz. Kompyuter tizim blok(sistemniy blok), monitor va klaviaturadan tashkil topgan. Bu qurilmalarning birortasi bo‘lmasa kompyuterni ishlatib bo‘lmaydi(ya’ni temir sifatida topshirib yuborish ham mumkin). Ko‘pchilik bu ro‘yhatga sichqonchani(mishka) ham kiritishadi, lekin u siz ham kompyuterni ishlatish mumkin-ku. Tizim bloki ichidagi narsalar(OZU, vinchester, protsessor,..) umumiy holda uning ichiga kirib ketadi. Qolgan barcha qurilmalar periferik qurilmalardir.Periferik qurilmalarning soni ko‘pligi uchun, ularni bir necha guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi. Bu maqolamda ularning ba’zilarini qaysi guruhlarga kirishini yozib o‘taman, qolgan qurilmalarni o‘zingiz biroz o‘ylagan holda, kerakli guruhga kiritib olishingiz mumkin, demak bu guruhlar quyidagilar:Kiritish qurilmalari. Bu qurilmalar biror narsa(rasm, yozuv, komanda, video, ovoz)larni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Klaviaturani xam shu guruhga kiritish mumkin, lekin u periferik qurilma emas. Bu guruhga quyidagi qurilmalar misol bo‘la oladi: trekbol, skaner, raqamli fotoapparat, kodlovchi qurilma, shtrix-kodlarni o‘quchi qurilmalar, mikrofon,…
Chiqarish qurilmalari. Biror narsa(rasm, matn, ovoz,..)ni kompyuterdan chiqarish uchun ishlatiladi. Bu guruhga quyidagilar misol bo‘la oladi: printer, plotter, naushnik, kolonka, sambufer,…
Saqlash qurilmalari. Bu qurilmalar ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Vinchester, kompyuter ichida joylashgani va asosiy qurilmasi bo‘lgani uchun periferik qurilmaga kirmaydi. Bu guruhga quyidagilar misol bo‘la oladi: qo‘shimcha qattiq disklar, CD-DVD disklar, fleshkalar, floppi disketalar, disk massivlari,…
Tarmoq qurilmalari. Bu qurilmalar tarmoq qurish uchun ishlatiladi. Tarmoq topologiyalariga qarab bu qurilmalar tanlanadi. Misol qilib, tashqi modem qurilmalari, tarmoq adapterlari,
Umumiy holda periferik qurilmalar shular, lekin IT sohasi rivojlangan sari bu qurilmalarning turlari ham ko‘payib bormoqda. Bu bo‘limda asosan shu qurilmalar haqida maqolalarni yozib o‘taman.


Download 29,77 Kb.
1   2   3   4   5




Download 29,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«sanoatni axborotlashirish» fakultеti «informatika va axborot texnologiyalari» kafеdrasi

Download 29,77 Kb.