Miqdori taqsimlangan poroshoklar: Pulveris divisi. Shifokor ко‘rsatmasiga binoan har bir
beriladigan poroshok miqdorga taqsimlangan bo‘ladi. Miqdorga taqsimlangan poroshoklar
ikki xil ko‘rinishda yoziladi:
a) shifokor xar qaysi preparat uchun terapevtik miqdorini va necha dona tayyorlash kerakligini
ko‘rsatadi.
Rp.: Magnii oxydi 0,25
Natrii hydrocarbonatis
0,15 Misce fiat pulvis
Da tales doses N 6
shifokor retseptda dori preparatini umumiy miqdorini keltirib, necha donaga bo‘lishni
ko‘rsatadi.
Rp.: Magnii oxydi 3,0
Natrii hydrocarbonatis
0,9 Misce fiat pulvis
Divide in partes aequales № 6
Da. Signa. Bitta poroshokdan kuniga 3 maxal ichilsin.
dori moddasi yaxshi maydalanganligi sababli yuqori farmokologik faollikka ega.
tayyorlash texnologiyasi juda sodda.
ixchamligi va saqlash davomida turg'unligi.