Baholash natijalarini qayd qilish
Talabalar bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi tomonidan
talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan
buyon matnda Jurnal
deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-o‘qituvchi qo‘shimcha ravishda talabalar bilimini
baholashni elektron tizimda ham yuritishi mumkin.
Professor-o‘qituvchi jurnalda talabaga qo‘yilgan baholarni shu kunning o‘zida qayd
etib boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, bunda
professor-o‘qituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda jurnalga
qayd etishi lozim.
Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5»
(a’lo)
baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda
jurnalga «0» belgisi yozib qo‘yiladi.
Talabalarning yakuniy nazorat turi bo‘yicha baholari
jurnalga qayd etilganda, shu
kunning o‘zida talabaning baholash daftariga ham yozib qo‘yilishi kerak.
Talabaning tugallangan fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi joriy, oraliq va yakuniy
nazoratlarning o’rtacha arifmetik qiymatidan kelib chiqadi va butun sonlarda ifodalanadi.
Bunda talaba har bir nazorat turidan kamida 3 “qoniqarli” baho olishi lozim.
Talabalarning nazorat turlarida olgan baholarni jurnalda rasmiylashtirish quyidagicha
amalga oshiriladi:
Joriy nazorat o‘rtacha arifmetik qiymatini hisoblash:
joriy nazoratning barcha baholari yig‘indisiga mustaqil ta’lim bahosi qo‘shiladi va darslar
soni+mustaqil ta’lim yig‘indisiga bo‘linadi va qiymatlar zarur hollarda yaxlitlanadi:
JN (baholar yig‘indisi)
+ TMI(baho)
: (20*+ 1** =21) =
4.7 yaxlitlanadi - 5
JN (baholar yig‘indisi) + TMI(baho)
: (20*+ 1** = 21) = 4.4 yaxlitlanadi - 4
* - dars soni; ** - mustaqil ta’lim.
Oraliq nazoratni o‘rtacha arifmetik qiymatini hisoblash:
Fandan ikkita oraliq nazorat o‘tkazilsa, unda ularning yig‘indisi ikkiga bo‘linadi va
qiymatlar zarur hollarda yaxlitlanadi:
4
(1-ON) + 5
(2-ON) = 9:2 = 4.5 yaxlitlanadi - 5
4
(1-ON) + 3
(2-ON) = 7:2 = 3.5 yaxlitlanadi - 4.
Talabaning tugallangan fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun joriy, oraliq
va yakuniy nazoratlarning o‘rtacha arifmetik qiymatlari yig‘indisini 3 ga bo‘linadi va
qiymatlar zarur hollarda yaxlitlanadi:
5 (JN) + 5 (ON) + 4 (YAN) = 14:3 = 4.66 yaxlitlanadi - 5
5 (JN) + 4 (ON) + 4 (YAN) = 13:3 = 4.33 yaxlitlanadi - 4
5 (JN) + 3 (ON) + 3 (YAN) = 11:3 = 3.66 yaxlitlanadi - 4
4 (JN) + 3 (ON) + 3 (YAN) = 10:3 = 3.33 yaxlitlanadi - 3
O‘quv rejasiga asosan fan 1 va 2 chi semestrlarda o‘qitiladi (tugallanmagan fan)
shuning uchun, tugallanmagan semestr bo‘yicha talabaning o‘zlashtirish
natijasi Baholash
daftari (zachyotka)ga "o‘zlashtirdi” deb qayd etiladi.
Talabaning tugallangan fan bo‘yicha nazorat natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati
(JN+ON+YAN):3) “baholash qaydnomasi”da (8-shakl) YAN
ustuniga qayd etiladi va
talabalarga stipendiya tayinlashda asos bo‘ladi.
YAkuniy nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan
yoki jurnalga “0” belgisi yozib qo‘yilgan hollarda ushbu baho yoki belgi talabaning Baholash
daftariga yozilmaydi.
Kafedra mudiri, f.f.d.
Karieva Yo.S.