12. Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchli kislota va kuchsiz asosdan tashkil topgan tuzlardan
in’yeksion eritmalar tayyorlash.
13. Izotonik
konsentratsiyani Vant-Goff, Raul usullari va natriy xlor bo‘yicha ekvivalenti
yordamida hisoblash.
14. Infuzion eritmalarning xususiy texnologiyasi (Ringer, Ringer-Lokk, Filatov, Disol, Trisol va
boshqa eritmalar).
15. Ko‘z tomchilari, namlamalari texnologiyasining o‘ziga
xos tomonlari, ularning sifatini
baholash.
16. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan poroshoklar, eritmalar texnologiyasi
va ularni sifatini
baholash.
17. Ko‘z surtmalari. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan yumshoq (surtma va shamchalar)
dorilar texnologiyasi.
18. Dori shakllarini tayyorlashda uchraydigan nomutanosibliklarni aniqlash va bartaraf etish
usullari.
Laboratoriya mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan laboratoriya xonalarida
guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv
usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik
va axborot texnologiyalar
qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Laboratoriya mashg’ulotlarda talabalar ma’ruza mavzulari
bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini vaziyatli masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. Shu
bilan birga, darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimini mustahkamlashga erishish,
tarqatma materiallardan foydalanish orqali
talabalar bilimini oshirish, mavzullar bo’yicha
taqdimotlar va boshqalar tavsiya etiladi.
“Farmatsevtik texnologiya” fani bo‘yicha laboratoriya o‘tish davrida talabalar amaliy
ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan.