|
Yo‘naltirilgan elektr magnit nurlanish usulini amalga oshiruvchi Pulscon datchiklari
|
bet | 6/7 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #253555 |
Bog'liq satx
Pulscon seriyali datchiklari nazoratlanayotgan muhit sirtigacha nurlangan impulsning o‘tish vaqtini aniqlash (qaytgan signalning vaqtinchalik siljishi – 8.9 – 8.10 – rasmlar) va qaytgan signallarini birga qaytarish koeffitsientini (time-domain reflectometry) o‘lchash asosida ishlaydi.
– rasm. Sterjenli zond va koaksial trosli Pulscon
modifikatsiyasi
Nanosekundli davomiylik diapazonida takrorlanuvchi impulslar 1 mks interval bilan nurlanadi. O‘lchash printsipi sathni aniqlashning ultratovush usulini eslatadi. Faqat yo‘naltirilgan elektr magnit nurlanish tizimida impulslar yo‘naltirilganlik diagrammalari chegarasi oralig‘ida notekis taqsimlanadi, to‘lqin uzatuvchi rolini o‘ynaydigan datchik sterjeni yoki trosi (sim arqoni) bo‘ylab cheklanadi.
hududlargacha o‘rnatish imkonini beradi.
Ushbu usul eng yangi texnologiyaga asoslangan va o‘zini kontaktli o‘lchash usullari ro‘yxati bilan to‘ldiradi. Mikroto‘lqinlar impulslari nurlanishining favqulodda past quvvati va yo‘naltirilganligi sababli fazoda tarqalmaydi, shuning uchun ushbu qurilmalarni radiochastota bo‘yicha qo‘mitalar bilan kelishishni talab etmaydi. Past elektr ta’minoti evaziga informatsion kanal orqali ta’minlangan mikroto‘lqinli datchikni ikki o‘tkazgichli tizim bilan ulash yetarli. Shu sababli datchiklar portlashga xavfsiz bo‘ladi, bu ularni 0 klassdagi portlashga xavfli
– rasm. Yo‘naltirilgan elektr magnit nurlanish usulida o‘lchash printsipi
Mikroto‘lqinli datchiklarning elektr magnitga mosligini ta’minlash uchun chastotaning sakrashsimon qurilmali maxsus usuli (frequency hopping method) taklif etilib, bunda elektr magnit to‘siqni aniqlash va ularni dinamik rejimda maskirovkalash (yashirish) imkonini beradi.
PulseMaster® dasturiy ta’minoti yaratilgan.
Menyu rejimida amalga oshiriladigan foydalanuvchi interfeys oddiy tugmachalar bilan boshqariladigan va PK bilan qo‘llab- quvvatlanadigan HART-protokol orqali parametrlar topshirig‘i muolajasi bu turdagi datchiklar uchun andozali bo‘ladi. Bunda to‘siqlarni maskirovkalash yoki rezervuarni linearizatsiyalash uchun tavsiflarni eslab qoluvchi funksiyalarni o‘rnatish mumkin. O‘lchovchi blokni tugmachalarni bir necha marta bosgan holda plug-and-play texnologiyasi bo‘yicha amalga oshiriladigan “quruq” kalibrovkani ishlatgan holda qayta o‘rnatish mumkin. Nazorat qilinayotgan sath holatini aniqlash maqsadida qaytgan signalni identifikatsiyalash bo‘yicha time-domain reflectometry usuli asosidagi ko‘p yillik tadqiqot ishlari va ko‘p sonli tajribalar natijalari asosida
– jadvalda Pulscon seriyadagi LTC datchiklarining texnik tavsiflari keltirilgan.
Cho‘kma materiallar sathini o‘lchash (diametri 4 mm. bo‘lgan
trosli zond ishlatiladi)
|
O‘lchash diapazoni
|
1…20 m
|
Ishchi bosim
|
Vakuum…16 bar
|
O‘lchanayotgan moddaning ruhsat etilgan harorati
Atrof muhitning ruhsat
etilgan harorati
|
-40…+150 0C
-40…+80 0C
|
Mahkamlash usuli
|
Rezbali birikma G½ʺ, 1 ½ NPT, flanetsli birikma DN50/ANSI2ʺ
bo‘yicha
|
Trosli zondning uzilishga
mustahkamligi (4 mm)
|
15 kN
|
O‘lchanayotgan moddaning
minimal dielektrik doimiysi
|
1,6
|
Sochiluvchan materiallarning tuzilmali komponentlarining ruhsat
etilgan o‘lchami (granul)
|
Do 20 mm (maks.)
|
O‘lchash aniqligi
|
± 10 mm
|
Ta’minot:
Datchikning 2-o‘tkazgichli bajarilishi
datchikning 4-o‘tkazgichli bajarilishi
|
16…36 V doimiy tok (andozaviy bajarilish);
16…30 V o‘zgarmas (doimiy) tok (uchqundan xavfsiz bajarilish); 85…250 V o‘zgaruvchan tok (50/60 Hz);
10,8…36 V o‘zgarmas tok
|
Chiqish signali
|
Tokli 4…20 mA/HART (2-yoki 4- o‘tkazgichli aloqa
liniyasi)/PACTware PROFIBUS-PA/PACTware
Foundation Fieldbus
|
Suyuqlik sathini o‘lchash (ispolzuetsya sterjenli yoki koaksial
zond ishlatiladi)
|
O‘lchash diapazoni
|
0,3…4 m
|
O‘lchanayotgan moddaning ruhsat etilgan harorati
Atrof muhitning ruhsat
etilgan harorati
|
-40…+150 0C
-40…+80 0C
|
Mahkamlash usuli
|
Rezbali birikma G¾ʺ, ¾ʺ dan NPT, flanetsli birikma DIN50/ANSI2ʺ
bo‘yicha
|
Germetiklovchi material
|
Zichlovchi xalqa Viton/EPDM/Kalrez. dan
|
O‘lchanayotgan
moddaning minimal dielektrik doimiysi
|
1,6 (sterjenli zond)
1,4 (koaksial zond)
|
O‘lchash aniqligi
|
± 5 mm
|
Ta’minot:
datchikning 2-
o‘tkazgichli bajarilishi
datchikning 4-
o‘tkazgichli bajarilishi
|
16…36 V o‘zgarmas (andozaviy bajarilish);
16…30 V o‘zgarmas tok (uchqundan xavfsiz bajarilish);
85…250 V o‘zgaruvchan tok ( (50/60 Hz);
10,8…36 V o‘zgarmas tok
|
Chiqish signali
|
Tokli 4…20 mA/HART (2-yoki 4- o‘tkazgichli aloqa liniyasi)/PACTware PROFIBUS-PA/PACTware
|
Ushbu usulni keng qo‘llashning muhim omillaridan ishlash printsipi oddiy, mos jihozlarni o‘rnatishga qulayligi va unga xizmat ko‘rsatish zarurati yo‘qligi, shuningdek nisbatan arzonligidir. Keltirilgan ma’lumotlarni to‘plagan holda yo‘naltirilgan elektr magnit nurlanish usulining boshqa afzalliklarini tavsiflash mumkin.
Yo‘naltirilgan elektr magnit nurlanish usulining asosiy afzalliklari:
menyu orqali mikroto‘lqinli datchiklarni boshqarish va tayyorlash bosqichida ularni kalibrovkalash oddiy foydalanishga kiritishni ta’minlaydi;
xatto sig‘imni to‘ldirish jarayonida kukunsimon materiallarni ishonchli o‘lchashi;
bosim oshgan sharoitda ko‘pik hosil bo‘lganda suyuqlik sathini o‘lchash;
oqova va kengaytirilgan quvurlarda ishonchli va aniq o‘lchash;
armatura (to‘sin, o‘ram va h.k.) va devorlarning tuzilmaviy elementlari (masalan, gofrirovlangan listlar), rezervuarlar yoki yupqa yuza (ingichka siloy) bunkerlardan qaytish to‘sig‘ini samarali bartaraf etish imkoniyati;
Keltirilgan usul material turidan (suyuq/sochiluvchan), zichlikdan dielektrik doimiy qiymatidan, qimyoviy tajovuzkor muhitdan, o‘tkazuvchanlikdan, material xususiyatining o‘zgarishi, texnologik jarayon omillari ta’siridan usulning mutlaq mustaqilligi, jumladan bosim, harorat, o‘zg‘aruvchan sirtlarning bo‘lishi, ko‘pik /tuman /chang va boshqa ko‘rsatkkichlarga bog‘liq bo‘lmaydi.
Kamchiliklari:
–yelimli moddalar ishlamay qolishni keltirib chiqarishi mumkin;
o‘lchanayotgan moddaning dielektrik doimiysi 1,6 dan katta bo‘lishi kerak.
|
| |