• Kompyuter simulyatsiyasi komponenti
  • Nazorat
  • Dasturlash
  • Satrategiyasi




    Download 114,89 Kb.
    bet18/26
    Sana28.05.2024
    Hajmi114,89 Kb.
    #255563
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
    Bog'liq
    malaka testlari

    Texnikkomponent o‘quv faoliyatini amalga oshirish uchun vositalar manbaidan
    foydalanishni o‘z ichiga oladi (mustaqil o‘quv va ilmiy-kognitiv faoliyat natijalarini
    tayyorlash va rasmiylashtirish, matn, eksperimental, miqdoriy va sifat vazifalarini hal qilish, frontal ishlarni bajarish va boshqalar).

    102.


    Axborotni izlashda raqamli ta’lim rerusrlarining Kompyuter simulyatsiyasi komponenti nimani nazarda tutadi?

    Kompyuter simulyatsiyasi komponenti RTR kompyuter simulyatsiyasi uchun dastur
    yoki tayyor muhit ekanligini anglatadi.

    103.


    Axborotni izlashda raqamli ta’lim rerusrlarining telekommunikatsiya komponenti nimani nazarda tutadi?

    Hamkorlikdagi ta’lim faoliyatida telekommunikatsiya komponenti asosiy komponent
    hisoblanadi.

    104.


    Axborotni izlashda raqamli ta’lim rerusrlarining Nazorat qiluvchi komponenti nimani nazarda tutadi?

    Nazorat qiluvchi komponent o‘z-o‘zini nazorat qilish, baholash, aks ettirishga qaratilgan RTR uchun etakchi hisoblanadi.

    105.

    Axborotni izlashda raqamli ta’lim rerusrlarining Dasturlash komponenti nimani nazarda tutadi?

    Dasturlash komponenti esa dasturiy ta’minotni loyihalash va ishlab chiqishga qaratilgan dasturlar uchun asosiy hisoblanadi.

    106.


    Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Ilmiylik didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

    Didaktik talablar ta’lim berishning spesifik qonuniyatlariga va mos ravishda ta’lim berishning didaktik tamoyillariga mos kelishi kerak.

    107.


    Рақамли таълим ресурсларини ишлаб чиқишда Очиқлик дидактик талаби тўғри келтирилган қаторни белгиланг.

    Ta’lim oluvchining yoshi va individual xususiyatlariga muvofiq materialni taqdim etishning kognitiv murakkablik darajasini aniqlash zarurligini anglatadi.

    108.


    Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda
    Muammolar yechimi didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

    Bu talab o‘quv va kognitiv faoliyatning tabiati bilan bog‘liq. Hal qilinishi kerak bo‘lgan muammoli vaziyatga duch kelganda, ta’lim oluvchilarning idrok etish faolligini oshiradi

    109.


    Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda
    Ko‘rgazmalilik didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

    O‘rganilayotgan ob’ektlar va jarayonlarni hissiy idrok etish qonuniyatlarini hisobga olish zarurligini anglatadi.

    110.


    Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Faollik va onglilik didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

    O‘quv jarayoni faolligini oshirish uchun RTR turli xil o‘quv vaziyatlarini yaratishi, turli xil savollarni shakllantirishi, talabaga u yoki bu ta’lim traektoriyasini tanlash imkoniyatini, hodisalarning borishini nazorat qilish qobiliyatini ta’minlashi kerak.

    111.


    Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda
    Tizimlilik didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

    Talabalar tomonidan o‘rganilayotgan fan sohasidagi ma’lum bir bilim tizimini izchil
    o‘zlashtirish zaruratidir.

    112.


    Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda
    Bilimlarni o‘zlashtirishning mustahkamlash
    didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

    RTR yordamida muayyan harakatlarning takrorlanishini tashkil qilish, individual o‘quv
    topshiriqlarining o‘zgaruvchanligini oshirish mumkin bo‘ladi.

    113.


    Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda
    Rivojlantiruchi didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

    RTR faqatgina ta’lim funksiyasi bilan cheklanib qolmasligi kerak, ular o‘quvchilarning
    aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishi, o‘quv faoliyati uchun motivatsiyani ta’minlashi va bir qator tarbiyaviy funksiyalarni bajarishi kerak.

    115.


    Pedagogik dizayn – bu ...

    Pedagogik dizayn – bu onlayn ta’limni tashkil etishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Pedagogik dizayn kontentni aniq strategiyali, maqsadli va natijalarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan kursga aylantirish imkoniyatini beradi.

    116.

    Merrillning vazifalarga yo‘naltirish tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

    Vazifalarga yo‘naltirish. O‘quv kontentlari tinglovchilarning faoliyatida duch keladigan aniq vazifalarni yengishga yordam berishi kerak.

    117.

    Merrillning Tinglovchilar bilimiga murojaat
    tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

    Tinglovchilar bilimiga murojaat. Onlayn kurs tinglovchilarning mavjud bilimlarini yangi ma’lumotlar bilan bog‘lashga yordam beradi.

    118.


    Merrillning o‘quv materiallari taqdimotining xilma- xilligi tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

    O‘quv materiallari taqdimotining xilma-xilligi. Onlayn kurs tinglovchilari e’tiborini jalb qilishi va ma’lumotni yaxshiroq eslab qolishlari uchun yangi bilimlarni taqdim etishning turli usullaridan (ma’ruzalar, hikoyalar, videofilmlar, infografika) foydalanishi kerak.

    119.

    Merrillning Qo‘llash tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.


    Download 114,89 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




    Download 114,89 Kb.