138
b)
Bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o‘z
ustunlik mavqeyilarini suviste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish. Davlat
muassalari raqobatning rivojlanishini ta’minlashlari lozim. Busiz samarali
innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish,
boshqacha qilib aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin
emas.
NATIJA
O‘zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan
siyosatida xususiylashtish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini
vujudga keltirish asosiy o‘rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o‘z
egalarining qo‘liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiyod va raqobatchilik
muhitini vujudga keltiradi. O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning
asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik
shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi
bozor iqtisodiga o‘tishdir. Bu yerda esa raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish,
mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishini taqozo qiladi, chunki
raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega
bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik sub’yektlari
mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. Dunyo mamlakatlari iqtisodiy
rivojlanishining qaysi modelini tanlamasin milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligidagi
mavqeyi uning raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. Xalqaro raqobat texnik
taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi va uning ta’sirida ishlab chiqarish, boshqaruv
texnologiyalarining doimiy yangilanib borish davom etadi, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotb turlari yangilanadi va sifati oshib boradi.
XULOSA
O‘zbekistonda tashqi va ichki mahsulot hamda xizmatlar bozorlarida
o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning raqobarbardoshlikni oshirish masalalari
bo‘yicha xalqaro ilmiy–amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston respublikasini 2017-
2021 yillarda rivojlantirish strategiyasiga ko’ra “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali
raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida
monopoliyani bosqichma – bosqich kamaytirish; prinsipial jihatdan yangi mahsulot va
texnologiya turlarini o’zgartirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy
tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash” ga kengroq e’tibor berilmoqda.
REFERENCES
1. Iqtisodiyot nazariyasi. Sh.Sh. Shodmonov, U.V. G‘afurov.
www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3
139
2. Iqtisodiyot nazariyasi. B.Y.Xodiyev, Sh.Sh. Shodmonov; Toshkent-2017.
3. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. A.V. Vaxabov, D.A.
Tadjibayeva, Sh.X. Xajibakiyev; Toshkent-2015.
|