www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
464
developed countries of the world is the main direction of modern research in the field of
mineral enrichment.
Keywords:
construction materials, limestone, cement,
local mineral resources,
mining industry, cement production, Almalyk Mining
and Metallurgical Combine,
Jizzakh Cement Plant, Portland Cement.
KIRISH
Oʼzbekiston Respublikasi yerlari nometall foydali qazilmalarga boy, kon-
kimyoviy sifati boʼyicha esa, togʼ-ruda mahsuloti bilan hamda turli xildagi qurilish
materiallari bilan ajralib turadi [1-6]. Keyingi yillarda Oʼzbekistonda mahalliy mineral
xom-ashyo resurslaridan
tayyorlangan yangi, arzon, jahon bozorida raqobatbardosh
mahsulotlarga boʼlgan talabni qondirish, kon-metallurgiya
sanoati va qayta ishlash
sohalarining imkoniyatlarini kengaytirish va rivojlantirish bilan bevosita bogʼliqligiga,
asosan qayta ishlash va boyitishni amalda joriy etishga alohida eʼtibor qaratilgan [7-10].
Shu sababli, tabiiy mineral xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanish va yangi
tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish, foydali qazilmalarni qayta ishlash hozirgacha
muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda va sanoatda yangi mahsulotlarga oʼsib borayotgan
talabni qondirish uchun asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda yangi,
alьternativ, ekologik toza va sifatli sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xom-
ashyo sifatida bazalьt togʼ jinslari tavsiya etildi. Hozirda bazalьt
mahsulotlariga talab
oʼsib borayotgani, bazalьtlarni kompleks qayta ishlashni yanada takomillashtirishni
taqozo qilmoqda [11-17].