ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana18.05.2024
Hajmi0,59 Mb.
#242070
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qurilish-materiallari-konlarida-qazib-olish-ishlarini-takomillashtirish

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Bugun yurtimiz qurilishlar maydoniga aylangan. Mamlakatimizning qaysi 
hududiga bormang yirik bunyodkorlik ishlari ustidan chiqasiz. Ushbu ezgu saʼy-
harakatlardan koʻzlagan maqsad bitta — u ham boʻlsa xalqimiz turmush farovonligi 
oshirish. Maʼlumki, har qanday qurilishni sementsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Albatta 
sementni hosil qilish jarayoni uni qaysi tog’ jinslarining birikishidaan hosil bo’lishi 
barchamizga qiziq [18-23]. 
Sement
(lot. caementum — shagʻal, chaqiq tosh) — sunʼiy 
noorganik kukunsimon bogʻlovchi mineral. Suv qoʻshilsa, xamirsimon massa hosil 
boʻladi, vaqt oʻtishi bilan qotib, toshsimon jismga aylanadi. Sement havoda ham, suvda 
ham qotish xususiyatiga ega. Sement qurilishda juda keng qoʻllaniladigan betonning 
asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Sement ning romansement, portlandsement
glinozyomsement, kengayuvchan, gidravlik qoʻshimchali kabiturlari mavjud. 
Romansement ohaktoshni 900° gacha kuydirish yoʻli bilan olinadi, keyin maydalab 
kukun holiga keltiriladi. Xom ashyoning xiliga qarab, romansementning qotish muddati 
15 minutdan 24 soatgacha boʻlishi mumkin. Uning mustahkamligi ancha past boʻlib, 25 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
465
 
dan 100 gacha markali boʻladi. Shuning uchun ham uning oʻrnini 20-asr oʻrtalaridan 
boshlab portlandsement egallay boshladi. Glinozyomsement glinozyom (alyuminiy 
oksidi)ga boy boʻlgan togʻ jinslari — boksit (alyuminiy rudasi), ohak yoki ohaktosh 
aralashmasini kuydirish yoʻli bilan olinadi. Kimyoviy tarkibi 40% SaO; 40% A1
2
O
3

6— 8% SiO
2
dan iborat. Tez qotishi, mustahkamligining yuqoriligi va mine-rallashgan 
suvlarga turgʻunligi bilan ajralib turadi. Markasi 300; 400; 500. Narxi portlandsementga 
nisbatan 2,5—3 baravar baland [24-29]. Glinozyomsement katta mustahkamlik talab 
etiladigan beton va temir-beton konstruksiyalarda, dengiz va minerallashgan suvlar 
taʼsirida boʻladigan inshootlarda, tezkor yoʻl va qurilish ishlarida, qish sharoitida 
betonlashda qoʻllaniladi. Kengayuvchan S.ning tarkibida glinozyom sementdan tashqari 
ohak va gips ham boʻladi; tez qotadi; oʻta mustahkam va suv oʻtkazmas material 
hisoblanadi. Kengayuvchan Sement gidroizolyatsiya ishlarida, choklarni yopish va 
taʼmirlash ishlarida qoʻllaniladi. Gidravlik qoʻshimchali portlandsement (baʼzan 
"putssolan portlandsement" deb ham yuritiladi) Sement klinkeri (toshqoli) va nordon 
gidravlik qoʻshimchalar (trepel, diatomit, trass, pemza va boshqalar)ni birgalikda 
maydalash (kukunlash) yoʻli bilan tayyorlanadi. Gidravlik qoʻshimchalar aralashma 
miqdorining 20—40% ini tashkil etishi mumkin. Bu Sement portlandsementga nisbatan 
arzonroq boʻlib, gidrotexnika, vodoprovod va kanalizatsiya inshootlarida qoʻllanadi. 
Agressiv suvlar taʼsiriga chidamli. Sement sanoatda 19-asrdan boshlab ishlab 
chiqariladi Albata yurtimizda katta bunyodkorlik ishlari ketmoqda bu bizga sementga 
ehtiyojimizni ortiradi yani ko’proq sement import qilishga to’g’ri keladi importni 
o’rnini bosish uchun esa o’z zaminimizda ushbu xom ashyoni qazib olib tayyorlashimiz 
kerak [30-35].

Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish