|
Sensor tarmoqlarida trafiklar oqimining tahlili
|
Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 2,45 Mb. | | #255235 |
Bog'liq Erkinjonov Prezentatsiya1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi IV bosqich talabasi Erkinjonov Sarvarbek Kamoliddin o‘g‘lining “SENSOR TARMOQLARIDA TRAFIKLAR OQIMINING TAHLILI” mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar, MUT va T kafedrasi mudiri: D.T.Hasanov Toshkent 2023 Mavzuning dolzarbligi - Simsiz sensor tarmoqlarda energiya sarfi va tarmoq samaradorligiga ta’sir qiluvchi har qanday jarayonni o‘rganish, uning trafik xarakteristikasiga ta’sirini tahlil qilish hamda baholash, samaradorlikni yaxshilash ususllarini ishlab chiqish ushbu sohadagi dolzarb masalalardan biri sanaladi. Shuning uchun bitiruv malakaviy ishida energiya sarfi va ishlash samaradorligiga ta’sir qiluvchi simsiz sensor tarmoqlarda bufferlash modellari o‘rganildi hamda tahlil qilindi.
Tadqiqot ishining maqsadi: - simsiz sensor tarmoqlarda trafiklar oqimini tahlil qilishdan iborat.
- Tadqiqot ishining vazifalari:
- simsiz sensor tarmoqlarining tashkil etilishi;
- simsiz sensor tarmoqlarining tarmoqlarda ma’lumotlar oqimining tahlili;
- simsiz sensor tarmoqlarining trafik xarakteristikalarini tadqiq etish.
- 1-rasm. Sensor tarmog‘ining ishlash jarayoni
- 2-rasm. Sensorli tarmoq tuguni
- Turli topologiyalarni taqoslash jadvali
- 5-rasm. IP paketlarni translyatsiya qilishning blok diagrammasi
- 4-rasm. Mesh topologiyali ZigBee tarmog‘i
- 6-rasm. Cheklangan kirish oynasining turli holatlarida IEEE802.11 tarmoq standartining o‘rtacha o‘tkazuvchanlik qobiliyati va energiya grafigi
Simsiz sensor tarmoq standartlarining trafik xarakteristikalari - 7-rasm. Fizik pog‘onaning turli holatlari uchun ko‘p tugunli IEEE802.15.1 tarmoq standartining o‘rtacha o‘tkazuvchanlik qobiliyati va energiya grafigi
Simsiz sensor tarmoq standartlarining trafik xarakteristikalari - 8-rasm. WiFi, Bluetooth va ZigBee simsiz tarmoq standartlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati va energiya sarfi bo‘yicha taqqoslangan grafigi
Simsiz tarmoq texnologiyalarini taqqoslash Simsiz sensor tarmoq standartlarining trafik xarakteristikalari - 9-rasm. WiFi, Bluetooth va ZigBee simsiz tarmoq standartlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati va energiya sarfi bo‘yicha taqqoslangan grafigi
Xulosalar - Bitiruv malakaviy ishida simsiz sensor tarmoqlarida qo‘llaniladigan tarmoq topologiyalari, simsiz sensor tarmoqlarda ma’lumotlar almashinish jarayonlari o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida simsiz sensor tarmoqlarida bugungi kunda Mesh topologiyasi keng qo‘llanilihi aniqlandi. Mesh topologiyasi asosida qurilga tarmoqning qamrov diapazoni keng bo‘lib, bunday imkoniyatga uning retransliyatsiya xarakteristikasi orqali erishish mumkin. Shuningdek har bir tarmoq tugunig tarmoqqa ulanish algoritmlri hamda tarmoq pog‘onalarining modellari ham ushbu bobda o‘rganib chiqildi.
- Tarmoq standartlarini tadqiq qilish natijasida simsiz sensor tarmoqlarda ma’lumot uzatish tezligi, tugunlar soni, energiya sarfi, tugunlar orasidagi maksimal masofa, o‘rnatish narxi, o‘rnatishning murakkabligi va umumiy ishonchlilik kabi omillarni hisobga olgan holda Zigbee simsiz texnologiyasi GSM, WiMAX, Bluetooth, Wi-Fi kabi texnologiyalarga nisbatan eng yaxshi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishi aniqlandi. Boshqa radio modullarga qaraganda monitoring tizimlarning SST uchun Zigbee standartidan foydalanish, (GSM va WiMAX-ga nisbatan) past narxdagi texnik xizmat ko‘rsatishni, (Bluetooth-ga nisbatan) ko‘p sonli oxirgi tugunlar o‘rtasida teskor bog‘lanishni hamda (Wi-Fi-ga nisbatan) kamroq quvvat sarfi va yaxshi konfiguratsiyalanishni ta’minlashi analitik ifodalar va grafiklar bo‘yicha asoslandi. Olingan natijalar bo‘yicha shuni xulosa qilish mumkinki simsiz sensor tarmoqlarni asosan monitoring jarayonlarida qo‘llash ko‘proq samara beradi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
|
| |