• Qashqadaryo viloyati
  • Shahar atrofi va shaxarlararo viloyat ichki yo´nalishlarida yo´lovchi tashish xizmati tariflari to´g´risida




    Download 28 Kb.
    Sana24.03.2017
    Hajmi28 Kb.
    #1637

    Shahar atrofi va shaxarlararo viloyat ichki yo´nalishlarida yo´lovchi tashish xizmati tariflari to´g´risida


    O´zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi "Avtomobil transporti to´g´risida"gi 674-I-son Qonuni (O´zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil 9-son, 174-modda), O´zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994  yil  8 sentyabrdagi "Shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yo´lovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari to´g´risida"gi 455-son qarori hamda O´zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 iyundagi "Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvini takomillashtirish to´g´risida"gi PF-2871 son Farmoni (O´zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  2001 yil 6-son, 118-modda) ijrosi yuzasidan shahar atrofi va shaharlararo viloyat ichki yo´nalishlarida yo´lovchilar tashishning yo´l qo´yiladigan doiradagi tariflari darajasi iqtisodiy asoslangan tashish xarajatlaridan va yo´lovchilar tashish xizmatlariga bo´lgan ehtiyojdan kelib chiqib, O´zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to´g´risida”gi Qonuni (O´zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil 9-son, 320-modda)  6-moddasiga asosan
     

    Q A R O R    Q I L A M A N:

     1. Qashqadaryo viloyati hududidagi shahar atrofi va shaharlararo viloyat ichki yo´nalishlarida  bir yo´lovchi kilometr uchun hisob-kitoblar  1, 2- ilovaga muvofiq tasdiqlansin va quyidagicha belgilansin:
    shahar atrofida va shaharlararo viloyat ichki avtobus yo´nalishlarida 70 so´m 00 tiyin, ushbu yo´nalishlarda tashishga ruxsat etilgan har bir yuk o´rni (bagaj) uchun 800 so´m;

    Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.
    Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyab.da tashkil etilgan. 1927 yil 17 fev.dan 1938 yil 15 yanv. gacha Qashqadaryo okrugi maqomida. 1938 yil 15 yanv. da Buxoro viloyatiga qoʻshib yuborildi.

    shahar atrofi va shaharlararo viloyat ichki yo´nalishli taksi yo´nalishlarida 80 so´m 00 tiyin.
    2. Viloyat moliya boshqarmasi (N.Qulmatov), Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo´mitasi viloyat hududiy boshqarmasi (I.Jo´raev), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (X.Xolboev)larga yuqorida o´rnatilgan tariflarning to´g´ri qo´llanilishi ustidan doimiy nazorat o´rnatish topshirilsin.
    3. Viloyat teleradiokompaniyasi (U.Nusurov), "Qashqadaryo" va "Novosti Kashkadari" (­K.Karimov)larga yo´lovchi tashuvchi transport vositalarining faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklarni keng ravishda yoritib borish tavsiya etilsin.
    Aholi Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.

    4.   Mazkur qaror e´lon qilingan kundan e´tiboran kuchga kiradi.
    5. Mazkur qarorning ijrosini ta´minlash viloyat hokimining  birinchi o´rinbosari E.Mamadiyorov zimmasiga yuklatilsin.

             Viloyat hokimi Z.Ruziev


    Qarshi shahri, 2015 yil 6 mart
    Download 28 Kb.




    Download 28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahar atrofi va shaxarlararo viloyat ichki yo´nalishlarida yo´lovchi tashish xizmati tariflari to´g´risida

    Download 28 Kb.