Shahar yo’llarida oqova suvlarni chetlatish tarmoqlari. Yo'l drenaj tizimiga qo'yiladigan talablar




Download 2,64 Mb.
bet6/7
Sana05.12.2023
Hajmi2,64 Mb.
#111350
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
shaxar yo\'lari

Bo‘ylama kesimda botiq egrilarda va I-III darajali yo‘l bo‘laklarida yo‘l cheti va yo‘l poyining yon qiyaligini tez oquvchi suvdan saqlash uchun lotoklar quriladi. Bu lotoklar suvni to’plab yo‘l cheti ostidagi suv qabul qiluvchi quduqlar va chiqaruvchi quvurlarga yoki ko‘tarma asosigacha bo‘lgan yon qiyaliklardagi lotoklarga oqizadi. Yig‘ma elementlardan iborat konstruksiyalarni montaj qilish avtomobil yoki traktordagi kranlar yordamida amalga oshiriladi. Montaj ishlarini qo‘lda bajarganda teleskopli beton lotoklarini. qo‘llashdirgan maqul Ularning afzalligi, ayrim zvenolarini bir-biriga kiritish mumkin va choklarni berktimasa ham bo‘ladi. Bunday teleskopli lotoklar yuvilishga va surilishga qarshi turg‘undir. Ko‘tarma asosida lotok surilib ketishining oldini olish uchun beton qoziqlar qilinadi. Qiyaligi katta bo‘lgan yo‘l bo‘lagida yon ariqlarda ularning ko‘ndalang qiyaligiga mos keluvchi tez oqizadigan yig‘ma beton lotoklar qilinadi. Ular kranlar yordamida mayda chaqiqtosh yoki shag’al ustiga o‘rnatiladi. Tog‘ yonbag‘ri ariqlari avtogreyder yoki buldozer bilan kavlanadi va grunt o‘yma tomonga to‘plam-banket ko‘rinishida yig’ib suriladi. Tik qoyali chaqiqtoshli va qoya- toshli tog‘bag‘irlarida yon ariqlarning o‘qi gruntlari portlatib yumshatiladi. So‘ngra ariq va banket xosil qilish uchun suriladi. Ariqlarni mustahkamlash ko‘p mexnat va mablag’ talab qiluvchi va ishlar yo’l qo’ymaslik maqsadida suyuq karbamid va furfurol smolalar ishlatiladi. Bu smolalar, oquvchanligi kam bo‘lgani uchun, bir tekisda 3-4 sm chuqurlikda gruntga kirib boradi. Ariqning tubi va yoni smolani shimishi natijasida katta bo‘ylama qiyalik bo‘lsa ham yuvilmaydi. Ish texnologiyasi avtogreyder bilan tubi va yon qiyaligini yaxshilab tekislash, avtogudranator shlangasidan mustahkamlovchi materialni zaharliligini hisobga olgan holda choralarini ko‘rib, ariq yuzasiga purkashdan iborat. Yuzadan suv qochiruvchi sistema kuchli yomg‘ir yog‘ishida sifat nazoratidan o’tkaziladi. Suv turib qoladigan yoki yuviladigan joylar belgilanadi va tuzatiladi.


Download 2,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shahar yo’llarida oqova suvlarni chetlatish tarmoqlari. Yo'l drenaj tizimiga qo'yiladigan talablar

Download 2,64 Mb.