|
Shahar yo’llarida oqova suvlarni chetlatish tarmoqlari. Yo'l drenaj tizimiga qo'yiladigan talablar
|
bet | 5/7 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 2,64 Mb. | | #111350 |
Bog'liq shaxar yo\'lariPlitalar gruntning ustiga o‘rnatiladi. Agar ariqning qiyaligi 30 ‰ danko‘p bo‘lsa, plitani suv yuvib ketmasligi uchun ular 10-12 sm qalinlikdagi mayda chaqiqtosh qatlamiga yoki 5-20 mm o‘lchamli shag’al ustiga o‘rnatiladi, ularning qotishi uchun me’yoriy ishlov berilsa, ular orasidagi choklar bitum mastikasi yoki sement eritmasi bilan to‘ldiriladi. Tog‘li hududlarda toshli gruntlarda yon ariq o‘rniga toshdan yoki tayyor beton buyumlardan lotok o‘tkaziladi. Qatnov qismidagi suvni to’lovchi va suv havzasiga olib ketuvchi lotoklar: Bo‘ylama kesimda botiq egrilarda va I-III darajali yo‘l bo‘laklarida yo‘l cheti va yo‘l poyining yon qiyaligini tez oquvchi suvdan saqlash uchun lotoklar quriladi. Bu lotoklar suvni to’plab yo‘l cheti ostidagi suv qabul qiluvchi quduqlar va chiqaruvchi quvurlarga yoki ko‘tarma asosigacha bo‘lgan yon qiyaliklardagi lotoklarga oqizadi. Yig‘ma elementlardan iborat konstruksiyalarni montaj qilish avtomobil yoki traktordagi kranlar yordamida amalga oshiriladi. Montaj ishlarini qo‘lda bajarganda teleskopli beton lotoklarini. qo‘llashdirgan maqul Ularning afzalligi, ayrim zvenolarini bir-biriga kiritish mumkin va choklarni berktimasa ham bo‘ladi. Bunday teleskopli lotoklar yuvilishga va surilishga qarshi turg‘undir. Ko‘tarma asosida lotok surilib ketishining oldini olish uchun beton qoziqlar qilinadi. Qiyaligi katta bo‘lgan yo‘l bo‘lagida yon ariqlarda ularning ko‘ndalang qiyaligiga mos keluvchi tez oqizadigan yig‘ma beton lotoklar qilinadi. Ular kranlar yordamida mayda chaqiqtosh yoki shag’al ustiga o‘rnatiladi. Tog‘ yonbag‘ri ariqlari avtogreyder yoki buldozer bilan kavlanadi va grunt o‘yma tomonga to‘plam-banket ko‘rinishida yig’ib suriladi. Tik qoyali chaqiqtoshli va qoya- toshli tog‘bag‘irlarida yon ariqlarning o‘qi gruntlari portlatib yumshatiladi. So‘ngra ariq va banket xosil qilish uchun suriladi. Ariqlarni mustahkamlash ko‘p mexnat va mablag’ talab qiluvchi va ishlar yo’l qo’ymaslik maqsadida suyuq karbamid va furfurol smolalar ishlatiladi. Bu smolalar, oquvchanligi kam bo‘lgani uchun, bir tekisda 3-4 sm chuqurlikda gruntga kirib boradi. Ariqning tubi va yoni smolani shimishi natijasida katta bo‘ylama qiyalik bo‘lsa ham yuvilmaydi. Ish texnologiyasi avtogreyder bilan tubi va yon qiyaligini yaxshilab tekislash, avtogudranator shlangasidan mustahkamlovchi materialni zaharliligini hisobga olgan holda choralarini ko‘rib, ariq yuzasiga purkashdan iborat. Yuzadan suv qochiruvchi sistema kuchli yomg‘ir yog‘ishida sifat nazoratidan o’tkaziladi. Suv turib qoladigan yoki yuviladigan joylar belgilanadi va tuzatiladi.
|
| |