|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti matematika va informatika kafedrasi media savodxonlik va axborot madaniyati
|
bet | 70/73 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 37,34 Mb. | | #248646 |
Bog'liq Media savodxonlik umk 04 09 2023 061. Joriy nazorat. Amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, uning topshiriqlarini to‘liq sifatli bajargan talabaga 5(besh) baho qo‘yiladi, o‘rtacha bajargan talabaga 4(to‘rt) baho, agar qoniqarli bajarish darajasiga qarab 3(uch) baho qo‘yiladi, qoniqarsiz bajarilsa 2(ikki) baho qo‘yiladi.
Oraliq nazorat. Oraliq baholashlar yozma nazorat ishi yoki og‘zaki (test) shakllarida o‘tkazilib, ularda talabadan 3 ta savolga (yozma yoki og‘zaki) javob berish yoki 30 ta test savollariga javob berish talab etiladi. Agar oraliq nazorat yozma shaklda bo'lsa:
barcha savollarning mohiyati to‘la ochilgan bo‘lsa javoblari to‘liq va aniq ijodiy fikrlari bo`lsa, 5 baho;
savollarning mohiyati umumiy ochilgan asosiy faktlar to‘g‘ri bayon etilgan bo‘lsa, 4 baho;
savollarga umumiy tarzda javob berilgan, ammo ayrim kamchiliklar bo‘lsa, 3 baho;
savollarga javob berishga harakat qilingan, ammo chalkashliklar bo‘lsa, 2 baho qo‘yiladi.
Agar oraliq nazorat test shaklida bo‘lsa, talaba 3 baho olishi uchun kamida 18 ta test savollariga to‘g‘ri javob berishi shart (18-21 tagacha test savollariga to‘g‘ri javob bersa – 3 (qoniqarli) baho, 22-26 tagacha test savollariga to‘g‘ri javob bersa – 4 (yaxshi) baho, 27-30 tagacha test savollariga to‘g’ri javob bersa – 5 (a'lo) baho qo‘yiladi).
Semestr davomida 1 ta oraliq nazorati o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
Mustaqil ta'lim. Talabaning mustaqil ta'limida berilgan mavzu va uslubiy ko‘rsatmalar bo`yicha yozma hisobot tayyorlanadi:
yozma hisobotda mavzu mohiyati to`liq ochilgan, to‘g‘ri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlangan bo‘lsa – 5 baho;
mavzu mohiyati ochilgan va xulosalangan bo‘lsa, 4 baho;
mavzu mohiyati qisman yoritilgan, ammo ayrim kamchiligi bo`lsa, 3 baho;
mavzu mohiyati chala yoritilgan, jiddiy kamchiliklari bor bo`lsa, 2 baho beriladi.
|
| |