Bu qanday ishlaydi:
Biz
sayHello
funksiyasini yuqorida aytib o'tilgan qoida bo'yicha aniqladik. Bu
funksiya xech qanday paramert qabul qilmaydi shuning uchun qavs ichida xech
qanday parametr yozilmadi. Funksiya parametri
–
bu qandaydir kiruvchi
qiymatlar bo'lib, tegishli natija olish uchun biz uni funksiyaga berishimiz
mumkin.
E'tibor bering, bitta funksiyani ko'p marta chaqirishimiz mumkin, demak, aynan
bir xil dastur kodini qayta-qayta yozishga hojat yo'q.
Funksiya parametrlari
Funksiyalar
parametrlar, ya'ni funksiyaga berilishi mumkin bo'lgan qiymatlar
qabul qila oladi va ular ustuda biror amal bajarishi mumkin. Bu parametrlar
o'zgaruvchilarga o'xshaydi. Faqat ulardan farqi bu o'zgaruvchilarning qiymati
funksiyani chaqirish vaqtida o'rnatiladi. Funksiya ish boshlagan vaqtda bularga
qiymat biriktirilgan bo'ladi.
Parametrlar funksiya aniqlanayotgan vaqtda qavs ishida vergul
bilan ajratilgasn
holda ko'rsatiladi. Ularga qiymatni funksiyani chaqirganimizda biriktiramiz.
Ushbu atamalarga e'tibor bering: funksiya e'lon qilinayotgan vaqtda ko'rsatilgan
nomlar