Kadrlarni innovatsion boshqarishning roli va ahamiyati




Download 1,37 Mb.
bet7/78
Sana28.11.2023
Hajmi1,37 Mb.
#106977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
Bog'liq
darslik KIB (2)
Optika
1.4. Kadrlarni innovatsion boshqarishning roli va ahamiyati

Rivojlanishning zamonaviy bosqichida innovatsiyalarning roli sezilarli darajada oshdi. Innovatsiya deganda (innovation – yangilik kiritish, novatorlik) yangi mahsulot, jarayon yoki xizmatning amaliy rivojlanishi natijasidagi “yangilikka investitsiya kiritish” tushuniladi. Ushbu tushuncha bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan novatsiya tushunchasi ostida (lotincha novation – o‘zgartirish, yangilanish) ilgari bo‘lmagan yangilikning bir turi: yangi kashfiyot, hodisa, ixtiro yoki ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishning yangi usuli tushuniladi.


Xodimlar boshqaruvi bo‘yicha lug‘atda innovatsiyalar ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajribalardan foydalanishga asoslangan texnikalar, texnologiyalar, mehnatni tashkil etish yoki boshqarish sohasidagi yangilik sifatida belgilangan8.
Kadrlar yangiliklari – tovar, ishchi kuchi va ta’lim (kasbiy-malakaviy) xizmatlari bozorlarida raqobat sharoitida, ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalarning (tashkilotlar va ularning bo‘linmalarining) samarali ishlashi va rivojlanish muammolarini hal qilishda kadrlar darajasi va qobiliyatini oshirishga qaratilgan kadrlar yangi usullarini joriy etish bo‘yicha maqsadli faoliyat.
Kadrlar yangiliklari novatsiyalar turlaridan biri bo‘lib, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning kadrlar ishida qo‘llaniladi. Ular kadrlar ishida innovatsion menejmentning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, tashkilotning kadrlar xizmati ishida amaliy qiziqish uyg‘otadigan yangiliklarni va shunchaki yangi usullarni yaratish, tarqatish va ulardan foydalanishning murakkab jarayonini ifodalaydi.
Kadrlar yangiliklarini quyidagi mezonlarga ko‘ra tasniflash mumkin:
I. Xodimlarning kasbiy o‘quv-mehnat jarayonida ishtirok etadigan davrlari bo‘yicha (sikl):
1. Kasbiy ta’lim yangiliklari, ya’ni universitetlar, kollejlar va boshqa o‘quv markazlarida kadrlarni kasbga tayyorlash bo‘yicha yangiliklar. Ushbu sohadagi yangiliklar bilan innovatsion ta’lim menejmenti shug‘ullanadi.
2. Kadrlarni izlash va tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni yangi va samarador kadrlar bazasini shakllantirish bilan bog‘liq yangiliklar. Ushbu qism, mehnat bozorida va korxona ichida kadrlarni qidirishning yangi usullarini o‘z ichiga oladi. Ushbu yangiliklar- innovatsion kadrlar marketingining asosiy mavzui hisoblanadi.
3. Ish jarayoni bilan bog‘liq kadrlar yangiliklari. Ushbu qismga, yangi texnologiyalar va mehnat turlarini o‘zlashtirish davrida kadrlar bilan ishlashning yangi usullari, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, mavjud kadrlar tuzilmasidagi ish funksiyalari va vakolatlarni yangicha taqsimlash, ishchilarni lavozimini ko‘tarish va boshqa joylarga ko‘chirish usullari, yangi lavozim yo‘riqnomasi va tavsiyanomasini ishlab chiqish va yuqori darajadagi mutaxassis kadrlar ishini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar kiradi.
4. Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bilan bog‘liq yangiliklar. Bu qism kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash borasida kadrlar yangiliklarini, ushbu sohadagi ehtiyojlarni aniqlash usullarini takomillashtirishni, malaka oshirish va qayta tayyorlashdan so‘ng kadrlarni mehnat jarayoniga qo‘shishning yangi usullarini, yangi tuzilmalar yaratishni va hokazolarni o‘ziga qamrab oladi.
5. Xodimlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni bo‘shatish sohasidagi yangiliklar. Bu qism, xodimlarning tashkilot talab darajasiga mos kelmasligini aniqlash usullarini takomillashtirishni, ortiqcha xodimlar bo‘yicha ma’lumotlar jamlanmasini shakllantirish va ular bilan ishlash usullarini rivojlashtirishni, xodimlar sonini qisqartirish va ishdan bo‘shatishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, ortiqcha kadrlar deganda mehnat sohasidagi kadrlarning eng past salohiyatga ega va istiqboli kam qismi tushuniladi, ular o‘zlarining kasbiy va malakaviy sifatlari bo‘yicha ilmiy, ishlab chiqarish, ma’muriy va boshqa rivojlanish o‘zgarishlaridan orqada qolishyapti. Shuningdek korxona-tashkilotdagi ehtiyojdan ko‘ra ziyod bo‘lgan kadrlar ham tushuniladi.
II. Kadrlar ishida yangiliklar va innovatsion menejment ob’eyktlari bo‘yicha:
1. Ayrim xodimlarga nisbatan kadrlar yangiliklari (masalan, eng sara mutaxassislar va yangilik yaratuvchilar bilan ishlash – ular oliy darajadagi mutaxassis xodimlar hisoblanadi); bu-elita menejmentidir.
2. Kadrlar tizimidagi ilmiy, ilmiy-o‘quv , innovatsion tuzilmalar hamda ularning tarkibiy bo‘linmalarining yangiliklari (bu go‘yo “kvadrat”dagi kadrlar yangiliklari – innovatsion tuzilmalardagi yangiliklar ).
3. Maqsadli ilmiy va ilmiy-texnik dasturlar hamda loyihalar ta’minoti (xodimlarni qo‘llab-quvvatlash) bilan bog‘liq kadrlar yangiliklari (dastur yoki loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish uchun xodimlarni yig‘ish va tayyorlash).
4. Mavjud korxona va tashkilotlardagi kadrlar yangiliklari. Yangidan tashkil etilgan va rekonstruksiya qilingan tashkilotlarda kadrlar faoliyati.
5. Sanoat, mintaqa, mamlakat miqyosidagi kadrlar yangiliklari
6. Kadrlar xizmati ishidagi yangiliklar.
III. Amalga oshirish tezligi, ko‘lami va keskinlik darajasiga ko‘ra quyidagilar farqlanadi:
1. Kadrlar tizimining bosqichma-bosqich va qisman yangilanishi bilan kechuvchi evolutsion va modifikatsion xaraktyerdagi kadrlar yangiliklari.
2. Kadrlarni tubdan va keng miqyosda yangilashga qaratilgan tub islohotlar xarakteridagi kadrlar yangiliklari.
3. Tizimli va keng ko‘lamli kadrlar yangiliklari (kadrlar islohotlari – bu ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va tuzilmalarni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi maqsadlari va vazifalariga muvofiq kadrlar salohiyatini tubdan o‘zgartirishga (yangilashga) qaratilgan keng ko‘lamli kadrlar yangiliklari).
4. Mahalliy, xususiy kadrlar yangiliklari.
5. Qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan kadrlar ishidagi tezkor yangiliklar (odatda kadrlar ishidagi, kadrlar tizimidagi ekstremal vaziyat bilan bog‘liq).
IV. Xodimlarni boshqarishni mexanizatsiyalash elementlariga nisbatan:
1. Kadrlar rivojlanishini baholash sohasidagi yangiliklar.
2. Kadrlar rivojlanishini bashorat qilish va dasturlash sohasidagi yangiliklar.
3. Kadrlar rivojlanishini moliyaviy va resurs bilan ta’minlash sohasidagi yangiliklar.
4. Kadrlar rivojlanishini rag‘batlantirish sohasidagi yangiliklar.
Kadrlar yangiliklari haqida gapirganda, shuni yodda tutish kerakki, har qanday yangilik ham ijobiy, ilg‘or va samarali bo‘lavermaydi.
Psevdo (yunoncha-yolg‘on, xayoliy) – yolg‘on, xayoliy kadrlar yangiliklarini anglatadi, bu nafaqat foyda keltirmaydi, balki xodimlar va tashkilotlarning boshqa tizimlari uchun ham zararli hisoblanadi.
Kadrlardagi psevdo yangiliklar – bu kadrlar tizimidagi subyektivlik natijasida hosil bo‘ladigan, ularning saviyasi va samaradorligining real o‘sishini ta’minlamaydigan (yoki buni o‘zlarining vazifalari deb belgilamagan) va kadrlar ishidagi eskirgan usullarni sun’iy ravishda yangilash maqsadida amalga oshiriladigan yangiliklar bo‘lib (innovatsion taqlid), psevdonovatorlar usullarini o‘rnatish va boshqa real ta’sir qiladiganlarini esa berkitish (innovatsion spekulatsiya) yoki kadrlar yangilanishidagi ilg‘or yo‘nalishlarni obro‘sizlantirish, ilg‘or yangiliklarni blokirovka qilish va ma’nan eskirgan yoki bemahal o‘ta zamonaviy innovatsiyalarni joriy qilishdir (innovatsion obro‘sizlantirish)
“Kadrlar yangiliklari” tushunchasi “boshqaruv yangiliklari” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ma’lum tashkilotda birlamchi foydalanilgan va amaliyotda shakllanganidan mutlaqo farq qiluvchi har qanday uyushgan qaror, tizim, protsedura yoki boshqarish uslubiga nisbatan belgilanishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, yangiliklar ushbu tashkilotdagi boshqaruv usullari bilan o‘zaro bog‘liqdir.
Kadrlar innovatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ular amalga oshiriladigan vaqt oralig‘i hisobga olinadi.
Kadrlar ishida, kadrlar innovatsiyalarini rag‘batlantirish iqtisodiy, axloqiy va ijtimoiy rag‘batlantirishdan iborat bir butun tizimdir, ularning o‘zaro ta’sir mexanizmi, bunda ijrochi o‘zini o‘zi qiziqtiradi va kadrlar innovatsiyalarini tashkil etishga kiritiladi.
Kadrlar ishidagi innovatsiyalarni boshqarish - tashkilotning hozirgi va istiqboldagi maqsadlariga, ilmiy-texnik taraqqiyotning zamonaviy rivojlanish qonuniyatlariga, ijtimoiy soha, bozor rivojlanishida davlat va kasaba uyushmalarining talablari va standartlariga muvofiq kadrlar ishidagi samarali ko‘lam va yangilanish tezligini ta’minlashdan iborat. Kadrlar ishidagi innovatsion menejmentning asosiy vazifalari:
1. Mehnat bozori va ta’lim xizmatlari bozorining innovatsion salohiyatini yaratish.
2. Sifat jihatidan yangi kadrlar salohiyatini shakllantirish va samarali ishlashi uchun davlat, mintaqa, tarmoq, alohida tashkilot doirasida kadrlarni innovatsion boshqarishning samarali ko‘p bosqichli tizimini yaratish.
3. Innovatsion kadrlar faoliyatini amalga oshirish orqali mamlakat kadrlarining eng salohiyatli qismini saqlab qolish.
Xodimlarning yangiliklari yetarlicha o‘ziga xosdir, ular texnik yangiliklardan farq qiladi. Xodimlarning yangiliklari umuman tashkilotni, uning bo‘linmalarini va ayrim xodimlarini tashkilotning maqsadlariga muvofiq faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan.



Download 1,37 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Download 1,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kadrlarni innovatsion boshqarishning roli va ahamiyati

Download 1,37 Mb.