Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti muhandislik fizikasi instituti




Download 457.06 Kb.
bet1/8
Sana05.04.2024
Hajmi457.06 Kb.
#189062
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-LAB Gesterezis
5, amalyot, o\'simliklar dunyosi, Umumiy kimyo nazariya, Jahonning dehqonchilik tarmoqlari, obxodnoy list, 6, Faoliyat va motivatsiya, kimyo ochiq dars, 21 kamolov sattorov astrofizika majmua, 94DXN yangi, ЭКОЛОГИК НАЗОРАТ ЮРТИМИЗДА УНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСИ ЯРАТИЛДИ, dunyo-aholisi-geografiyasi, 2017-Be-7, AM5

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

MUHANDISLIK FIZIKASI INSTITUTI


«QATTIQ JISMLAR FIZIKASI» KAFEDRASI


60711200 – Elektronika va asbobosozlik
yo‘nalishi I-kurs talabalari uchun

Elektron texnikasi materiallari va elementlarifanidan


laboratoriya ishini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma

Laboratoriya ishi №5


GISTEREZIS HALQASIDAN FOYDALANIB FERROMAGNITLARNING XARAKTERISTIKALARINI O‘RGANISH.

Tuzuvchilar: prof. Arziqulov E.U.,


dots. Srajev S.N.

SAMARQAND

5-Laboratoriya isi
Gisterezis halqasidan foydalanib ferromagnitlarning xarakteristikalarini o‘rganish.


Ishning maqsadi: Gisterezis halqasidan foydalanib ferromagnitda (torroid) gisterezis halqasini hosil qilish, unda magnit kirituvchanlikning magnit maydoniga bog‘liqligini o‘rganish hamda koersiativ kuch va qoldiq induksiyani aniqlash.
Kerakli asbob uskunalar. 1 - Past chastotali tovush generatori, 2 - ostsillograf, 3 - qarshiliklar, 4 - kondensator, 5 – torroid - namuna.


I. Nazariy ma’lumotlar.


Qattiq jismlarning magnit xususiyatlari.
Qattiq jismlarning magnit xususiyatlari panjaradagi atomlar magnit momentlarining o‘zaro bir-biri bilan va tashqi magnit maydoni bilan ta’siri orqali aniqlanadi. Har bir atomning magnit momenti , undagi elektronlarning orbital va spin magnit momentlarining, shuningdek yadroning magnit momentining geometrik yig‘indisiga teng. Magnetizm nazariyasining ko‘pgina masalalarini ko‘rib chiqishda yadroning magnit momentini hisobga olmaslik mumkin, chunki u elektronlarning magnit momentidan 103 marta kichik. Atomning magnit momenti va uning proyeksiyasi kvantlangan qiymatlarni qabul qiladi:
, (1.1)
bu yerda, - Bor magnitoni. Bu ifodada melektron massasi, – Plank doimiysi, e – elektron zaryadi, c – yorug‘lik tezligi.
(1.2)
Bu ifoda Lande ko‘paytuvchisi bo‘lib, bunda J, S, L – to‘liq, spin va orbital momentlarning kvant sonlari. M - magnit kvant soni deb ataladi va –J dan +J gacha bo‘lgan butun sonlarga teng bo‘ladi. Shuning uchun atomning magnit momenti proyeksiyasi (2J+1) ta bir-biridan farq qiladigan qiymatlarni qabul qiladi.
Kuchlanganligi bo‘lgan magnit maydoniga joylashtirilgan jism magnitlanish xususiyatiga ega. Jismdagi atomlarning magnit momentlari vektorli qo‘shilib qattiq jismning magnit momenti ni hosil qiladi. Bir birlik hajmdagi atomlar magnit momentlarining vektorli yig‘indisi magnitlanganlik deb ataladi:
(1.3)
Moddalarning magnitlanganligi magnit maydon kuchlanganligiga proporsional ravishda oshadi, ya’ni:
(1.4)
bu yerda - magnit qabul qiluvchanlik. Bu kattalik jism atomlarining magnit maydonlari bilan tashqi magnit maydonini o‘zaro bog‘laydi. Magnit qabul qiluvchanlik ning ishorasi va kattaligi moddaning magnit xususiyatini xarakterlaydi. Moddalarning magnit xususiyatlariga qarab, ularni uchta turga ajratish mumkin: diamagnitlar ( ), paramagnitlar ( ) va ferromagnitlar ( ).



Download 457.06 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 457.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti muhandislik fizikasi instituti

Download 457.06 Kb.