• KURS ISHI Qabul qiluvchi: _____________________ Samarqand-2023 MUNADJIRA. бет KIRISH
  • BOB DIFFUZIYA JARAYONLARINI HISOBLASH
  • XULOSA 36 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI . 37 KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
  • Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti qoshidagi muhandislik fizika instituti




    Download 308.95 Kb.
    bet1/10
    Sana27.05.2023
    Hajmi308.95 Kb.
    #65533
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    DIFFUZIYANING ATOM NAZARIYASI




    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA .O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
    SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI QOSHIDAGI MUHANDISLIK FIZIKA INSTITUTI.

    Fizika fakulteti


    403-guruh talabasi Qodirov Bekzodning
    Qattiq jisimlar fizikasi fanidan
    “Diffuziyaning atom nazariyasi” mavzusidagi
    KURS ISHI
    Qabul qiluvchi: _____________________
    Samarqand-2023

    MUNADJIRA.
    бет
    KIRISH 3

    1. BOB. DIFFUZIYA JARAYONLARI ASOSLARI.

      1. Duffuziya to’g’risida umumiy ma’lumotlar 6

      2. Fazalar orasida ko‘chish jarayonining mexanizmi 7

      3. Kristall tarkibini tekislashning segregatsiya usuli 11

      4. Materiallarga kimyoviy va elektrokimyoviy ishlov berish 18 texnologiyasi.............................................................................................

    1. BOB DIFFUZIYA JARAYONLARINI HISOBLASH.

      1. Kirishma diffuziyasini belgilaydigan jarayonlar. 21

      2. Diffuziya tenglamasi 22

      3. Cheksiz kirishma manbasidan diffuziya 24

    2. 4. Termik diffuziya bilan haydab kiritishda kirishmalarning taqsimotini hisoblash 31
    2. 5 Chekli kirishma manbasidan diffuziya. 32
    XULOSA 36
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. 37

    KIRISH


    Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo’yicha Davlat dasturiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 – mayidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida voha ilmiy potensiali va talablaridan kelib chiqqan holda Samarqand davlat universiteti bazasida «Mikroelektronika materiallarini sintezlash» ilmiy laboratoriyasini yaratish ko’zda tutilgan. Mazkur laboratoriyaning Samarqand davlat universiteti qoshida tashkil etilishi tasodifiy emas. Chunki universitetda akademiklar A. Otaxo’jayev, T. Mo’minov, professorlar A.Nosirov, G’.Abdullayev tomonidan asos solingan fiziklar va professorlar A.Nasimov, E.Abduraxmonov va boshqa olimlar tomonidan yaratilgan ximiklar maktablari jahon hamjamiyati tamonidan e’tirof etilgan va xozirgi kunda muvoffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatmoqda.
    SamDU fizika fakulteti qattiq jismlar fizikasi kafedrasi bazasida 1987 yildan boshlab elektronika va mikroelektronika, fizikaviy elektronika yo’nalishlari bo’yicha dastlab diplomli mutaxassislar, keyinchalik esa bakalavrlar va magistrlar tayyorlab kelinmoqda. Xozirgi kunda bitiruvchilar respublikamiz va rivojlangan xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari hamda ishlab chiqarish korxonalarida muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatishmoqdalar.
    Bugungi kunda alternativ energiya manbalari sirasiga kiruvchi quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmalar yaratish borasida rivojlangan mamlakatlar qatorida respublikamiz olimlari tomonidan ham ibratga molik ishlar olib borilmoqda va bu ishlarni imkoni boricha qo’llab quvvatlash kerak. Jahon tajribasiga tayangan holda yaratilayotgan quyosh batareyalarining (QB) laboratoriya sharoitidagi maksimal foydali ish koeffisiyenti (FIK) 40 foizga yaqin. Eng arzon material bo’lib hisoblangan kremniy monokristalli asosidagi QBlarining FIK 20 foiz atrofida. FIKning bunday past darajada bo’lishining o’ziga xos sabablari bor albatta. FIK pasayishiga olib keluvchi omillar ilgarigi ilmiy maqolalarda atroflicha muxokama qilingan. Unga ko’ra energiyaning eng ko’p yo’qolishi quyosh nurlanishining ko’p qismining QBsidan yutilmasdan o’tib ketishi bilan bog’langan.
    (Albatta boshqa ko’plab faktorlar ham mavjud ammo eng katta yo’qotishga olib keladigani yutilish bilan bog’langan faktordir).
    Hozirgi kunda mazkur muammoga o’xshash bo’lgan masalalar bilan shug’ullanuvchi juda ko’plab markazlar mavjud. Bunday quyosh elementlarini yaratishda va turli tipdagi o’tkazuvchanlikli legirlangan qatlamlarni olishda
    asosan kirishmalarni yarim o’tkazgich plastinalarga yuqori temperaturada difuziyalash usuli qo’llaniladi.Hozirgi kunda legirlangan yarim o’tkazgich qatlamlarni olishning yangi effektiv metodlari (epitaksiya, implantasiya) yaratilganiga qaramay, termik diffuziya IMS va quyosh elementlari ishlab chiqarish sanoatida eng keng tarqalgan metod hisoblanadi. Bu jarayonni nazariy analiz qilish, berilgan temperatura qiymatlarida, vaqtda va boshqa chegaraviy shartlarda qattiq jism hajmida legirlanuvchi kirishmalarning taqsimotini hisoblash muhim masalalardan biridir.
    Muammoning ishlab chiqilganlik darajasi. Jarayonni tavsiflash uchun Fikning ikkinchi qonuni qo’llanilib, diffuziya tenglamasi keltirib chiqariladi. Bu tenglama berilgan shartlarga qarab bir necha yechimlarga ega. Yarim o’tkazgich sirtida butun diffuziya paytida konsentrasiya o’zgarmay qolganda hisoblashlar uchun bir tenglamadan foydalanilsa, boshqa hollar uchun boshqa tenglamadan foydalanishga to’g’ri keladi. Yarim o’tkazgich plastinalarni legirlashning diffuzion jarayonlari ishlab chiqarishda 60 yillardan buyon qo’llanilayotganini hisobga olsak, bu jarayonlar juda yaxshi o’rganilganini va turli shartlar uchun modellar ishlab chiqalganini tushunish qiyin emas. Shu jarayonlarni o’rganish, oddiy hisob kitoblardan murakkab amallarni bajarishni o’zlashtirish mazkur BMIda qo’yilgan asosiy masaladir. Ishdan asosiy maqsad:

      1. Kirishmalarni yarim o’tkazgichga termik diffuziyalash jarayonlari nazariyasining asoslarini o’rganish;

      2. Diffuziyaning texnologik maromlari parametrlarini hisoblash metodikasini o’zlashtirish;

      3. Texnologik qurilmani o’rganish va kremniyga kirishmalarni diffuziyalashning texnologik jarayonini o’zlashtirish;

      4. p–n-o’tishdagi sirt kirishmalar konsentrasiyasining joylashish chuqurligini, kirishmalar taqsimotini aniqlash metodikasini o’zlashtirish.

    Download 308.95 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 308.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti qoshidagi muhandislik fizika instituti

    Download 308.95 Kb.