Mamlakatimizda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universitetining professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari
tomonidan 3D-printerlar yordamida qator loyihalar amalga oshirilayotganini alohida
ta'kidlash o‘rinli. Multimedia texnologiyalari kafedrasi assistenti Jonibek Tojiyev
3D-printer or-qali odamdek harakatlana oladigan maxsus robot yaratgan. “Aql
gimnastikasi” bo‘lmish shaxmat o‘ynay oladigan robot, qo‘l protezi ham ana
shunday izlanishlar samarasidir. Bularning barchasi ishlab chiqarish hamda
tibbiyotning turli jabhalarida keng qo‘llanilishi mumkin.
Yoki odamdek yuradigan robotni olaylik. “Servo” motoridan foydalanilgani tufayli
u bemalol harakatlanib, yo‘ldagi to‘siqlarni aniqlaydi va ularni hatlab o‘ta oladi.
Qolaversa, bu robot hatto‘to‘p o‘ynashi ham mumkin. Qurilma dasturlashtirilgan
topshiriq hamda harakatlarni bajaradi, odam kirishi qiyin bo‘lgan yoki aholi
salomatligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan vazifalarni bajarishda qatnashish
xususiyatiga ega. Kimyo‘sanoati korxonalarida yoxud favqulodda holatlar
oqibatlarini bartaraf etishda ham uning xizmatidan foydalanish mumkin.
— Talabalar, universitet xodimlari hozircha ikkita 3D-printerdan faol
foydalanishmoqda, — deydi Jonibek. — Hamkasblarimiz ushbu sohaga shu
darajada sho‘ng‘ib ketishganki, har kuni turli innovatsion ishlanmalar ustida bosh
qotirishadi, mazkur qurilmaning imkoniyatlarini turli sharoitlarda sinab
ko‘rishmoqda. Biz 3D-printerlardan modellashtirish uchun foydalanamiz. Bunday
qurilmalar bir qator oliy ta'lim muassasalaridagina ishlatiladi, xolos. Vaholanki,
dunyoning turli mamlakatlarida ulardan keng foydalanilayapti. Biz hozircha tibbiyot
sohasida, aniqroq aytadigan bo‘lsak, zamonaviy protezlar tayyorlashda 3D-
printerlardan foydalanishga ko‘proq urg‘u berayapmiz. Kelajakda istiqbolli
yo‘nalishlarda ham ushbu qurilmani jadal qo‘llash choralarini ko‘ramiz.
Haqiqatan ham, respublikamizda 3D-printerlar ayrim oliy ta'lim muassasalaridagina
mavjud bo‘lib, ular tor doirada ishlatilayapti. Ammo mutaxassislarning fikricha, 3D-
modellashtirish bo‘yicha kadrlar tayyorlash haqida bugundan bosh qotirish lozim.
Zero, ushbu sohada dunyo‘miqyosida talab tobora o‘sib borayapti. Tabiiyki, yaqin
istiqbolda yurtimizda ham unga ehtiyoj yuksaladi. Binobarin, innovatsion
ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalarni yaratish hamda hayotimizning barcha
jabhasiga joriy qilish davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilganligi ham bejiz emas.