Mavzu-_9_:
Tizimli blok. Tizim bloklarining turlari
Reja:
1.Tizimli blok.
2.Tizim bloklarining turlari
Aynan tizimli blok kompyuterning eng muhim bloki hisoblanadi. Tizimli blok
kompyuterning asosiy elektron qurilmalarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun u SHK
ning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi.
Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat:
1. Tizimli plata;
2. Diskyurituvchi;
3. Qattiq disk (vinchestr);
4. Tok manbai bloki.
Tizimli plata bu - maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan
mikrosxemalardan iborat bo’lib, ular o’zaro bog’lovchi elektr (tok) o’tkazuvchi
yo’llari bilan bog’langan. Tizimli plata EHMning eng muhim elementlarini o’zida
jamlaydi, chunonchi: u markaziy protsessor; u tezkor xotira mikrosxemalari; u
doimiy xotira qurilmasi; u taymer (joylashtirilgan soatlar); u kengaytirish
tutashmalari va boshqalar. Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri -
markaziy protsessoridir. Dastur bilan berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan,
hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli
moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma-protsessor deb ataladi.
Protsessorda arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish,
dasturda berilgan ko’rsatmalarning berilgan ketmaketlikda bajarilishini boshqarish
hamda asosiy xotira o’rtasida aloqa o’rnatish amalga oshiriladi. Protsessor katta
integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor kompyuterning asosiy
qurilmalaridan, ya’ni kompyuterning “yuragi” deb hisoblanadi. Bir so’z bilan
aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha
ko’rsatmalarini bajaradi. Shaxsiy kompyuterning eng muhim ko’rsatkichi uning
ishlash tezligi va ma’lumotlarni saqlash uchun xotira hajmidir. Ma’lumki, 2 sonini
turli darajalari bo’lgan 4, 8, 16, 32, 64 lar bilan bog’liq bo’lgan mikroprotsessorlar
qabul qilishi mumkin bo’lgan betlar soni kompyuterlarning razryadini belgilaydi.
IBM RS kompyuterlarning butun taraqqiyoti mikroprotsessorlarni ishlab
chiqaruvchi Intel firmasi bilan bog’liq. Aksariyat shaxsiy kompyuterlar ushbu firma
mikroprotsessorlari bilan ishlaydi. Shartli ravishda firmaning 8086 yoki 8088 (16
razryadli) mikroprotsessorlari IBM RS XT (extended version, “Iks-ti” deb o’qiladi)
deb nomlanadi. Mazkur firmaning 80286 (16 razryadli) mikroprotsessorlari bilan
ta’minlangan SHK lar IBM RS AT (Advanced Techology) deb ataladi. IBM RS
shaxsiy kompyuterlarning oilasi tez rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib Intel
firmasining ko’p razryadli ishlash samarasi va imkoniyati katta Rentium shaxsiy
kompyuterlari tez tarqaldi. Rower RS rusumidagi yana ham kuchli
mikroprotsessorlarning tarqalishi kutilmoqda. Tizimli platada joylashgan yana bir
eng muhim element -tezkor xotira mikrosxemalaridir. Tezkor xotira yoki tezkor
xotira qurilmasi (TXQ) o’zida ayni vaqtda kompyuter ishlayotgan dasturlar uchun
ma’lumotlar shu bilan birga ishning natijasi saqlanadigan mikrosxemalardan tashkil
topgan. Tizimli platada joylashgan xotiraning yana bir turi - doimiy xotira qurilmasi
(DXQ,) yoki doimiy xotira (DX) deb ataladi. Doimiy xotira BIOS (Basic Inrut -
Outrut System - kiritish va chiqarishning baza tizimi) nomli zavodda yozilgan
boshqaruv dasturlari to’plamini saqlovchi mikrosxemadir. Doimiy xotirada
saqlanayotgan axborotni tezkor xotiradagilardan farqi shuki, kompyuter tok
manbaidan o’chirilganda ham axborot saqlanib qoladi. Undagi axborot bir marta
zavodda mikrosxema tayyorlash jarayonida kiritiladi, uni o’zgartirish mumkin emas.
DXQ (BIOS) - quyidagi vazifalarni bajaruvchi dasturlar to’plamidir. Birinchidan,
kompyuter manbaga ulanganda uning hamma qurilmalarini, masalan diskyurituvchi
va vinchesterlarni boshqarishga imkon bersa, ikkinchidan taymer kompyuterdagi
to’xtovsiz ishlaydigan elektron soat, vaqtini va yilini aniqlash uchun xizmat qiluvchi
mikrosxema. Kengaytirish raz’yomlari - kompyuter imkoniyatlarini kengaytirib,
uning yordamida kompyuterlarga qo’shimcha qurilmalar ulanadi. Odatda
kengaytirish raz’yomlarida qurilmani boshqaradigan alohida maxsus platalar
qo’yiladi. Bunday platalar nazoratchilar deb nomlanadi. Masalan, monitor ishini
boshqaradigan plata videonazoratchilar deb nomlanadi. Kompyuterning barcha
qurilmalari uchun boshqaruv signallar beruvchi vosita markaziy protsessor bo’lsa-
da, nima uchun nazoratchilar mavjud degan, savol tug’iladi. Buning mohiyati shuki,
markaziy protsessor boshqaruv signallarini umumiy tartibda beradi, nazoratchi
ularni qabul qilib, bevosita qatnashishi talab qilinmaydigan qator yumushlarni
bajaradi. Hayotiy bir misol timsolida masalan, bosh oshpaz o’z yordamchilariga
palov damlashni buyuradi, buni markaziy protsessor boshqaruv signaliga
qiyoslasak, oshpazlar esa sabzi, guruch, o’tinlarni tayyorlaydi, bu - nazoratchi
bajaradigan ishlar deb tushunsa bo’ladi. Endi tizimli blokning ichiga nazar
tashlaymiz. Rasmda zamonaviy multimediyaviy kompyuter tashkil topgan hamma
qismlar k o‘rsatilgan.Rasmning markazida tizimli plata aks ettirilgan. Uni, k
o‘pincha, ona plata deb atashadi. Tizimli plata kompyuterning asosidir, unda asosiy
elektron unsur (element)lar: bazaviy mikroprotsessor, tezkor xotira, kvars rezonator
va boshqa mikrosxemalar joylashgan.
Tizimli platada (ona plata) kompyuter
ularsiz ishlay olmaydigan hamma element (unsur)lar: protsessor, xotira mikro
sxemalari va chetda joylashgan uskunalarning ishini tashkil etuvchi, chipset deb
ataluvchi mikrosxemalar to‘plami joylashadi.
Tizimli blokda tizimli platadan tashqari diskyurituvchi va qattiq disk (vinchester)
joylashgan. Bu qurilmalar kompyuterda dastur, matn, rasm va boshqa ko’rinishdagi
ma’lumotlarni saqlash uchun mo’ljallangan. Nima uchun yuqoridagi maqsadlar
uchun tezkor xotira yoki doimiy xotira qurilmalaridan foydalanish mumkin emas?
degan savol tug’ilishi mumkin. Ma’lumki, tezkor xotira tok manbaiga to’liq bog’liq,
doimiy xotiraning tarkibi esa zavodda shakllanadi. Shuning uchun qattiq disk -
vinchester va disketlar bilan diskyurituvchi kabi qurilmalar yaratilgan. qattiq disk va
disketlar bilan diskyurituvchi yana kompyuterning tashqi xotira qurilmalari deb
yuritiladi. Bu qurilmalar axborotni uzoq vaqt saqlash uchun mo’ljallangan va eng
muhim, axborotlarni bu qurilmalarga yozish, o’qish, ularni o’zgartirish, kerak
bo’lsa, ularni yo’q qilish ham mumkin. quyida bu qurilmalarni birma-bir ko’rib
chiqamiz. Diskyurituvchi va disketlar. Odatda ular alohida ishlamaydi. Agar
solishtiradigan bo’lsak, disketlarsiz diskyurituvchi go’yo kassetasiz magnitofondir:
Diskyurituvchi - disketdagi axborotni yozish va o’qish uchun mo’ljallangan qurilma.
Disketa - axborotni uzoq vaqt saqlash uchun maxsus vosita. Disketa ichida axborot
yoziladigan nozik magnit disk joylashgan. Tashqi xotira uchun kichik doirasimon
(20, 12 va 8 sm diametrli) egiluvchi magnit disketlardan foydalanish juda kulay.
Tashqi xotira, odatda magnit disklardan iborat bo’lib, ular ikki turlidir. Birinchi turi
- egiluvchan disklar yoki disketalar. Disket yordamida axborotni bir kompyuterdan
boshqasiga o’tkazish mumkin. Ikkinchi turi qattiq disklar. Bunday disklarni bir
kompyuterdan boshqasiga o’tkazish mumkin emas, lekin ular kompyuterda juda
katta hajmda axborotni saqlash imkonini beradi. Birgina qattiq diskka bir necha
yuzta egiluvchan disketdagi axborotni yozish mumkin. Birinchi tur diskdagi axborot
hajmi Kbayt, ikkinchi tur diskdagisi esa Mbayt bilan o’lchanadi. Hozirgi paytda
optik disklar paydo bo’lmoqda. Bunday disklarga lazer nuri yordamida
gigabaytlarda (Gbayt) o’lchanadigan katta hajmdagi axborot yozilishi mumkin.
Model MHT20xxAH shpindelining aylanish tezligi 5400 ob.min. O’rtacha axborot
qidirish vaqti 12 ms. Eng tezkor vinchesterlar Western Digital Kompyuterda axborot
bit, bayt, kilobayt (Kbayt), megabayt(Mbayt) va boshqa kattaroq birliklarda
o’lchanadi. Eng kichik axborot birligi - bit. Foydalanuvchi uchun bir bit hyech
qanday axborotni bildirmaydi. Lekin bir bit axborot bu - bir harf yoki raqam
bo’shliqni anglatadi. Baytdan keyingi o’lchov birligi - kilobayt bo’lib, u 1024 baytga
teng. Agar belgilar bilan hisoblasak, bu 1024 belgidir. Axborot o’lchov birliklarining
o’zaro bog’lanishlari quyidagicha: 1 Mbayt q1024 Kbayt 1 G (giga)baytq1024
Mbayt va hokazo. Uncha qalin bo’lmagan 300 betli o’quv kitobi rasmsiz, taxminan
2 Mbayt axborotni o’zida jamlaydi. Disket va qattiq disklar uchun axborot sig’imi
tushunchasi juda ahamiyatli. Bu axborot saqlash vositasiga qancha Kbayt yoki
Mbayt yozish mumkinligini ko’rsatadi. Quyida har bir tur disketning axborot sig’imi
berilgan. Disketa turi Axborot sig’imi 5.25 dyumli 360 Kbaytdan 1,2Мbaytgacha
3.5 dyumli 720 Kbaytdan 2,8 Мbaytgacha, lekin hozirgi kunda ommalashgan
disketa 1,44 Mbayt sig’imlidir. Uzoq vaqt axborot saqlash uchun mo’ljallangan
boshqa qurilma-qattiq disk yoki ”vinchester”dir. Qattiq disk yoki “vinchester”-
axborotni o’qish, yozish va saqlash qurilmasidir. Qattiq diskda bir emas, balki bir
o’qda joylashtirilgan va zich yopilgan yopiq metal korpusiga joylashtirilgan bir
qancha metal disklar bor. Diskning har bir tomoni ishchi hisoblanadi. Unga
axborotni yozish va uni o’qish mumkin. “Vinchester”ning axborot sig’imi 500
Mbayt dan to 4Gbaytgacha. Buning ustiga “vinchester” markaziy protsessorga
axborotni disk yurituvchiga karaganda tezroq uzatadi. U holda nima uchun
disketlardan foydalaniladi? Disketaning asosiy afzalligi shundaki, undagi axborotni
bir kompyuterdan ikkinchisiga o’tkazish osonroq. Qattiq diskni bir kompyuterdan
ikkinchisiga ko’chirish yangi foydalanuvchilarga maslahat berilmaydi. Tizimli
blokni ochish, qattiq diskni ajratish, so’ngra boshqa kompyuterning tizimli blokini
ochib, qattiq diskni ushlash kerak. Disketani ko’chirish uchun esa bir
diskyurituvchidan chiqarib ikkinchisiga qo’yish kerak. Bu katta mahorat talab
etmaydigan operatsiya. TIZIMLI BLOKNING ASOSIY QISMLARI Sistema bloki
kompyuterning asosiy qismi bo’lib, o’z ichiga quyidagi elementlarni jamlaydi: 1)
Bosh plata. 2). Mikroprosessor. 3). Qattiq disk (vinchester) . 4) Operativ xotira. 5)
Diskovod. 6) Tashqi qurilmalar kontrollerlari. Bosh plata - asosiy elektron sxema
bo’lib, unga tashqi qurilmalar kontrollerlari shina orqali ulanadi, unga
mikroprosessor, BIOS, CMOS, operativ xotira kabi elementlar tikiladi va tashqi
qurilmalar kontrollerlari o’rnatiladi. Mikroprosessor arifmetik-logik qurilma bo’lib,
kompyuterning “yuragi” hisoblanadi. Mikroprosessor sekundiga millionlab har xil
amallarni bajaradi. IBM PC kompyuterlarida INTEL, AMD, CYRIX, IBM va
boshqa firmalarning mikroprosessorlari ishlatiladi. Qattiq disk (Vinchester) tashqi
xotira hisoblanib, kompyuterda asosiy axborot saqlovchi qurilmadir. Zamonaviy
kompyuterlarda 80 Gb dan 500 Gb gacha bo’lgan qattiq disklar qo’llanilmoqda.
Operativ xotira (Tezkor xotira) – mikroprosessor ish tezligini oshirish uchun
ishlatiladi, ya’ni asosiy axborotlar o’qish va yozishda shu xotirada joylashadi.
Opreativ xotirada axborot faqat kompyuter yoqilgan holda saqlanadi. TIZIMLI
BLOKNING ASOSIY QISMLARI Elektr ta’minlovchi blok - Har bir kisimning
uziga mos elektr-kuvvat extiyojini ta’minlovchi blok. Disk yurituvchilari - Bu
egiluvchan va kompakt disklardagi m a’lumotlarni ukish va ularga saqlash ishlarni
bajaradigan qismi. Kontroller yoki adabterlar - Ular har xil tashqi qurilmalar ishini
ta’minlaydilar. Ishlash xolatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmoq
platasi va ...) Kesh xotira mikrosxemalari - Kompyuter tomonidan dasturlar ishlash
jarayonida ko`p ishlatilgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Bu xotira
tezkor va doimiy xotira o`rtasida joylashadi. ONA PLATA Kompyuterning muhim
tugunlaridan biri b a’zida ona (motherboard), asosiy, yoki bosh (main board) plata
deb ataluvchi tizimli platadir (system board). Tizimli platalarning turlari va tarkibiy
qismlari bilan tanishib chiqamiz. Tizimli platalar bir necha variantda ishlab
chiqariladi. Ular o‘lchamlari, yoki formfaktorlari orqali farqlanadi. Tizimli plataning
formfaktori, u o‘rnatiladigan korpusni aniqlaydi. Quyida tizimli platalar asosiy
formfaktorlari keltirilgan. Eskirgan:
Baby-A T;
To‘liqo‘lchamli plata AT ;
LPX. Zamonaviy:
ATX;
Micro-ATX;
Flex-ATX;
NLX;
WTX. Boshqa:
Kompyuter ishlab chiqaruvchilardan (Compaq, Packard Bell, Hewlett-Packard и
др.). Oxirgi vaqtda Baby-AT, AT va LPX tizimli platalari formfaktorlaridan ATX
platasi va uning NLX oilasiga o‘tish kuzatilmoqda. Keyinchalik bu Bobda tizimli
platalarning standart formfaktorlari tavsiflanadi. ATX ATX tuzilmasi nisbatan
yaqinda ishlab chiqildi. Unda Baby-AT va LPX standartlarining eng yaxshi
hususiyatlari mujassamlangan va ko‘p boshqa qo‘shimcha takomilliklar kiritilgan.
Umuman olganda ATX - b u, ta’minot manba’si o‘rnatilgan joyi va ulanish o‘rni
o‘zgartirilgan “yon tomoni bilan yotgan ” Baby-AT platasidir. Eng asosiysi, shuni
esda tutish kerakki, ATX tuzilmasi na Baby-AT bilan,na LPX bilan jismonan
muvofiq kelmaydi. Boshqacha aytganda, ATX ning tizimli platasi uchun mahsus
korpus va ta’minot manba’si zarurdir. Rasman, ATX tasnifi Intel firmasi tomonidan
1995 iyli matbuotda e’lon qildi va boshqa ishlab chiqaruvchilar ATX tuzilmasini
o‘zining kompyuterlarida foydalanishlariga imkon yaratildi. Intelning bunday ochiq
e’lon qilishi bilan ATXning yangi sanoat standarti yaratildi. ATX tuzilmasi Baby-
AT va LPX standartlarini mukammallashtirishga imkon yaratdi.
|