|
Shaxsiy kompyuterlar, serverlar, periferiya uskunalarining dasturiy ta’minotini o’rnatish va xizmat ko’rsatish “
|
bet | 2/53 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 8,47 Mb. | | #132593 |
Bog'liq Shaxsiy kompyuterlar, serverlar, periferiya uskunalarining dastuMavzu: № 1. BIOS tizimida nosozliklarni bartaraf etish.
Reja:
Kompyuterni ishga tayyorlash
SETUP BIOS dasturini sozlash
Operatsion tizimni qattiq diskdan o‘rnatish
Ilovalarni o‘rnatish va o‘chirish
Ishlashga tayyor bo‘lgan kompyuter ko‘p pog‘onali tizimni ifodalaydi. Eng quyi pog‘onani apparat vositalari tashkil qiladi, yuqori pog‘onalarda esa dasturiy vositalar joylashadi. Yangi kompyuter ishga tayyor bo‘lishi uchun quyida keltirilgan bosqichlarni bosib o‘tishi talab qilinadi.
Kompyuterning dastlabki apparat qismining sozlanishi. Bunda barcha mavjud apparat komponentlari ko‘rsatkichlarining kelishuvi kompyuterning tizimli platasida joylashgan doimiy xotira qurilmasiga yozilgan (PZU) BIOS SETUP vositasi yordamida amalga oshiriladi.
Operatsion tizimni o‘rnatishdan oldin qattiq diskni ma’lumot yozish uchun tayyorlash kerak bo‘ladi. Buning uchun uni formatlash lozim.
Operatsion tizimning o‘rnatilishi kompyuterni ishga tushirishga va foydalanuvchi bilan muloqatni amalga oshirishiga imkon beradi.
Qurilmalarning drayverlarini o‘rnatishdan iborat bo‘lgan qo‘shimcha sozlash operatsion tizim tomonidan amalga oshiriladi. Bu drayverlar kompyuterning barcha dasturlarida mavjud qurilmalarga murojaat qilish imkonini beradi.
Oxirgi bosqich kompyuter bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha dasturlarni o‘rnatishdan
iborat.
5-ilova
T izimli blok - kompyutеrning eng muhim qismi bo’lib, u kompyutеrning asosiy elеktron qurilmalarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun u shaxsiy kompyutеrning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi. Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat:
Tizimli plata;
Disk yurituvchi;
qattiq disk(vinchеstr);
Tok manbai bloki.
Tizimli plata – maxsus matеrialdan yasalgan plastinada joylashgan mikrosxеmalardan iborat bo’lib, ular o’zaro bog’lovchi elеktr toki o’tkazuvchi yo’llari bilan bog’langan. Tizimli plata kompyutеrning eng muqim elеmеntlarini o’zida jamlaydi, jumladan:Tеzkor xotira - o’zida ayni vaqtda kompyutеr ishlayotgan dasturlar uchun ma'lumotlar shu bilan birga ishning natijasi saqlanadigan mikrosxеmalardan tashkil topgan.
Ushbu keltirilgan bosqichlardan har qaysisi ishlab turgan kompyuterda ham bajarilishi mumkin. Xususan, apparat yoki dasturiy konfiguratsiyani o‘zgartirishga bo‘lgan zaruriyat har doim mavjuddir. Bunda kompyuterning dastlabki tayyorgarligida amalga oshirilgan bosqichlardan foydalaniladi.
BIoS. Basic Input/Output System –kiritish chiqarishning asosiy tizimi. Bu kompyuterning diskka murojaat qilmasdan foydalanadigan, apparatli joylashtirilgan dasturiy ta’minotidir. BIOS mikrosxemasida klaviaturani, videokartani, disklarni, portlarni va boshqa komponentlarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan dasturiy kod saqlanadi.
Odatda, BIOS kompyuterning tizimli platasiga joylashtirilgan ROM BIOS deb ataluvchi doimiy xotira qurilmasi (DXQ) (ROM, Read-Only Memory) mikrosxemasiga o‘rnatiladi. Bunday texnologiya tizimli plataga nisbatan tashqi qurilma hisoblangan komponentlarning ishlash xususiyatidan qat’iy nazar BIOSdan doimiy foydalanishni ta’minlash imkonini beradi (masalan, yuklovchi disklar).
Kompyuter tizimini bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiluvchi bir nechta apparat va dasturiy vositalarning qatlami ko‘rinishida ifoda qilish mumkin. Asosan to‘rtta qatlam mavjud bo‘lib, ularning har birini nimbosqichlarga ajratish mumkin
Apparat ta’minoti bilan operatsion tizimning ilovalar orasidagi interfeys sifatida BIOSdan foydalangan ikkita har xil kompyuterlar tasvirlangan. Bu kompyuterlarda bir xil dasturiy ta’minotni ishga tushirish imkoni bo‘lgan har xil qurilmalarni (protsessor, qattiq disk, monitor va boshqa) o‘rnatish mumkin. Operatsion tizim va ilovalarning o‘zaro aloqasi mos bo‘lgan API (Application Programming Interface) yordamida amalga oshiriladi.
ShK-moslashgan tizimning qatlamlarga shartli bo‘linishi.
Ilovalar apparat ta’minotiga bog‘liq bo‘lmaganligi sababli, uning hamma so‘rovlariga operatsion tizim ishlov beradi.
Operatsion tizim bevosita BIOS orqali apparat ta’minotiga murojaat qiladi. Bu aloqa qurilmalarning drayverlari ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Tizimli BIOS apparat ta’minotiga bog‘liq bo‘lmagan holda, operatsion tizim uchun o‘zgarmay qoladi, operatsion tizim esa turli xil kompyuterlarda ishlashi mumkin.
Masalan, agar Windows XP operatsion tizimini har xil protsessorli, qattiq diskli, videoadapterli kompyuterga o‘rnatilsa, uning ishlash tamoyili o‘zgarmaydi, chunki drayver apparat komponentlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zining asosiy funksiyalarini bajaradi. 9.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, ilovalar va operatsion tizim ko‘p kompyuterlarda aynan bir xil, BIOS esa aniq apparat komponentlari bilan ishlashga «moslashadi» va o‘rnatilgan qurilmalardan mustaqil holda operatsion tizim uchun standart interfeysni ta’minlaydi.
SETUP BIOS dasturini sozlash
Apparat komponentlarini sozlashning dastlabki bosqichlarida ikkita masala hal qilinadi. Birinchi masala – qurilmalarning o‘zar o aloqasining ishonchliligiga va xatosizligiga erishish va bu ko‘rsatk ichlarni saqlash. Ikkinchi masala – optimal unumdorlikka erishish. Dastlabki sozlashning mohiyati
tizimli plataning interfeyslarini sozlashdan iborat. U BIOS SETUP dasturiy vositalari tomonidan bajariladi.
BIOS SETUP vositalari – bu kompyuterni sozlashning eng zo‘r vositalaridan biri. BIOS tizimi hajmi qat’iy chegaralangan doimiy xotira qurilmasida saqlanadi.
Oldindan tayyorgarlik ko‘rish. BIOS SETUP vositalari yordamida bajariladigan sozlashlar eng quyi pog‘onaga tegishlidir. Shu sababli bunga barcha dasturiy vositalar ta’sirchandir. BIOS SETUPning ba’zi bir ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi kompyuterning ishonchli ishla shini kamaytiradi yoki umuman kompyuterni ishdan chiqaradi. BIOS ning optimal sozlanishini saralash
bu xavfsiz interfaol jarayon emas.
«Bo‘sh» kompyuter uchun BIOS SETUP ni sozlash uncha xavfli emas. Agar ishlab turgan tizimda BIOS SETUP ko‘rsatkichlari o‘zgartirilsa, kompyuterda mavjud bo‘lgan barcha axborot tahdid ostida qolishi mumkin. Ishlab turgan kompyuterni BIOS SETUP vositasi yordamida sozlashdan oldin zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tashqi ma’lumot tashuvchilarga (yoki lokal tarmoqning tarmoq diskiga) zaxirali nusxalashni bajarish kerak.
Alohida sozlashlarni yoki o‘zaro aloqador sozlash guruhini o‘zgartirishlarni mustaqil bosqich sifatida qarash kerak. Har bir bosqichni bu sozlashlar tizimga qanday ta’sir ko‘rsatganini tekshirish bilan tugatish lozim. Ba’zi bir o‘zgartirishlarning oqibatlari darhol ko‘rinmaydi. O‘zgartirishlar haqidagi protokolni bir necha kun saqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar muammolar hosil bo‘lsa, ularni ma’lum joyda to‘xtatish va tuzatish imkoni bo‘ladi.
BIOS SETUP interfeysi. SETUP vositalarini faollashtirish uchun kompyuterni yuklashning dastlabki bosqichida klaviaturadan aniq bir tugmani (ko‘pincha DELETE tugmasini) bosish kerak. Uni kompyuter o‘zini testlayotgan vaqtda bosish qulaydir.
SETUP vositasi interfeysi ko‘p pog‘onali menyu ko‘rinishida bajarilgan Uning oyna ko‘rinishi BIOS versiyasiga bog‘liq. Yuqori pog‘ona menyusining bandlari kursorni boshqarish tugmalari bilan tanla
nadi. ENTER tugmasini bosganda aniq sozlashlarni va
BIOS SETUP dasturining asosiy menyusi.
navbatdagi pog‘onaning menyusini saqlagan keyingi pog‘onaning menyusi ochiladi. Ko‘rsatkichlarning qiymati PAGE UP va PAGE DOWN tugmalari yordamida o‘zgartiriladi, yuqori pog‘onaning menyusiga qaytish uchun esa ESC tugmasidan foydalaniladi.
|
| |