• Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni.
  • Jahonning yirik siyosiy tashkilotlari




    Download 3.98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/19
    Sana03.11.2022
    Hajmi3.98 Mb.
    #28932
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    12
    Jahonning yirik siyosiy tashkilotlari
    2
    12.1.
    BMTning tarkibiy tuzilishi va jahon siyosiy maydonidagi o‘rni va vazifasi
    12.2.
    NATO tashkiloti va unga a’zo davlatlar, tashkilotning maqsadi va va
    vazifasi
    12.3.
    SHHT va unga a’zo davlatlar, jahon siyosiy maydonidagi o‘rni va vazifasi
    12.4.
    Evropada xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti
    12.5.
    Boshqa halqaro yirik (Magate, Interpol) siyosiy tashkilotlar
    13
    Jahonning yirik iqtisodiy tashkilotlari
    2
    13.1.
    OPEK tashkiloti
    13.2.
    Evropa Ittifoqi
    13.3.
    MDH tashkiloti
    13.4.
    Halqaro valyuta fondi
    jami
    30
    Fan uchun ishchi dastur tuzish jarayonida mazkur mavzu ro‘yxatidan amaliy
    mashg‘ulotlar uchun ajratilgan soat xajmiga mos xolda mavzular tanlab olinadi. Amaliy
    mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va
    tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va
    ko‘nikmalarni amaliy masalalar echish orqali yanada boyitadilar. SHuningdek, darslik va o‘quv
    qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan
    foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar
    echish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.


    11
    Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni.
    “Siyosiy geografiya” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish
    jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
    Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar,
    misol
    va
    masalalar
    echadilar.
    Auditoriyadan tashqarida
    talaba darslarga
    tayyorlanadi,
    adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni echadi.
    Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni
    o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar echadi. Mustaqil ta’lim natijalari
    reyting tizimi asosida baholanadi.
    Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni
    mustaqil
    o‘rganish,
    kerakli
    ma’lumotlarni izlash
    va ularni topish
    yo‘llarini
    aniqlash,
    internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish,
    ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola
    va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi,
    ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. SHuning uchun ham mustaqil
    ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas. Uy vazifalarini tekshirish va baholash
    amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi
    tomonidan,
    konspektlarni
    va
    mavzuni
    o‘zlashtirish
    darajasini tekshirish
    va
    baholash
    esa
    ma’ruza
    darslarini
    olib
    boruvchi
    o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi. “Siyosiy geografiya” fanidan mustaqil ish
    majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 15 ta katta mavzu
    ko‘rinishida shakllantirilgan.

    Download 3.98 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 3.98 Mb.
    Pdf ko'rish