MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari. MATLAB




Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana13.02.2024
Hajmi1.61 Mb.
#156104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
omadbek1amaliy
Laboratoriya ishi ¹12,13. Cisco Packet Tracer dasturida dhcp ser, 1707193002, Laboratoriya ishi ¹10 Kommutatorning port-security funktsiyasini, omadbek, 1702838717, Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua
MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari. MATLAB - matematik va
ilmiy-texnik hisoblashlarni amalga oshirishga mo’ljallangan eng qadimiy, uzoq
vaqtlar davomida ishlab chiqilgan va tekshirilgan, avtomatlashtirilgan tizimlardan
biri bo’lib, u matrisa va matrisaviy amallarni kengaytirilgan talqini ustiga qurilgan.
Mazkur tushuncha uning nomida o’z aksini topgan, ya’ni MATLAB - matrix
laboratory - matrisali laboratoriya. Ma’lumki, juda ko’plab dasturlar va ular ustida
amallar bajarish sikllar orqali amalga oshiriladi. Bu esa dasturni ishlashini
sekinlashtiradi va ba’zi bir amallarni bajarishni dasturlash tillarida ko’p o’lchamli,
xususan, ikki o’lchamli, ya’ni matrisalarni e’lon qilishni murakkablashtiradi.
MATLABda asosiy obyekt sifatida matrisalardan foydalanish sikllar sonini keskin
kamaytiradi.
MATLAB tizimini yaratishdagi asosiy maqsadlardan biri bo’lib, texnik va
matematik xisoblashlarga yo’naltirilgan, foydalanuvchi uchun qulay va sonli
usullarni amalga oshirish uchun tadbiq etib kelinayotgan an’anaviy dasturlash
tillari imkoniyatlaridan ustunroq dasturlash tilini yaratish hisoblanadi. Mazkur
tizimni yaratishda hisoblashlar tezligini oshirishga hamda tizimning turli xil
masalalarini hal qilishga moslashuvchanligiga katta e’tibor qaratilgan.
MATLAB tizimi dasturlashning uchta asosiy konsepsiyasini amalga oshiradi:
a) modullarni, ya’ni protsedura va funksiyalarni yaratishga asoslangan
protsedura modulli dasturlash;


30
b) obyektga yo’naltirilgan dasturlash (ayniqsa, tizimning grafikli vositalarini
joriy qilish ahamiyati);
c) foydalanuvchining grafikli interfeysini yaratishga mo’ljallangan vizual-
yo’naltirilgan dasturlash (GUI-Graphics User Interface).
Umuman olganda, MATLAB dasturlash tili interpretatorlar sinfiga kiradi.
Demak, bundan kelib chiqadiki, tizimning har bir buyrug’i nomi bo’yicha
aniqlanadi va zudlik bilan joriy qilinadi. Bu esa ixtiyoriy dasturiy kodni qism-
qism bo’yicha tekshirishni osonlashtiradi.
Tizimning asosiy imkoniyatlardan biri bu uning ochiqligi va kengaytirish
mumkinligidir.
Tizimning juda ko’plab buyruq va funksiyalari matnli formatdagi m-fayl
(kengaytmasi .m) va C/C++ fayllari ko’rinishida bo’lib, barcha fayllarni
modifikasiya qilish mumkin.
Umuman olganda, ma’lumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga oshirish
quyidagicha amalga oshiriladi:
Boshlang’ich ma’lumotlarni kiritishni ko’rsatish uchun >> belgidan
foydalaniladi;
Ma’lumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi;
Sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma xarflar bilan yoziladi, hamda
ularning argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi.
Ma’lumki, o’zgaruvchilar kompyuter xotirasida, ya’ni ishchi soha
(workspace) da ma’lum bir joy egallaydi. Ishchi sohani keraksiz o’zgaruvchilardan
tozalash uchun clear funksiyasining turli xil ko’rinishlaridan foydalaniladi,
masalan:

Download 1.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari. MATLAB

Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish