• Online tizimlaridan foydalanishni yoriting
  • Signallar va tasvirlarga ishlov berish




    Download 1.61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/27
    Sana13.02.2024
    Hajmi1.61 Mb.
    #156104
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    omadbek1amaliy
    Laboratoriya ishi ¹12,13. Cisco Packet Tracer dasturida dhcp ser, 1707193002, Laboratoriya ishi ¹10 Kommutatorning port-security funktsiyasini, omadbek, 1702838717, Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


    26
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
    texnologiyalari universiteti
    “Komputer injiniringi” fakulteti
    “Sun’iy Intellekt” kafedrasi

    Signallar va tasvirlarga ishlov berish
    ” fanidan
    Amaliy ishi-1
    MatLab instrumental vositasida ishchi holatni tashkil etish.MatLab Cloud va MatLab
    Online tizimlaridan foydalanishni yoriting
    Guruh:
    223-21
    Bajardi: Qosimov O.
    Tekshirdi: Azimov Bunyod.
    Toshkent 2024.


    27
    MATLAB dasturiy muhitining vazifalari, imkoniyatlari,
    kengaytmasi, yordam tizimi va oddiy hisoblashlarni bajarish
    Bugungi kunda fan texnika olamida murakkab bo’lgan masalalarni,
    vazifalarni yechish uchun turli xil dasturlash tillari va vositalardan foydalaniladi.
    Hisoblash jarayonlarida bir qator doimiy takrorlanuvchi standart jarayonlar alohida
    paket deb ataluvchi maxsus dasturlar tarkibiga kiritiladi. Dasturlar paketi o’z
    navbatida obyektli modelni vujudga keltiradi. Amaliy masalalar bir nechta
    paketlarga bo’linib, kompyuter algebrasi deb ataluvchi bir necha dasturiy
    ta’minotlar tarkibiga kiritilgan. Bularga Merkury, Maple, Mathematika, Matkad ,
    MATLAB kabi dasturlar kiradi. Bu dasturlarning har biri o’z kamchilik va yutuqlari
    bilan alohida o’rganib chiqishga arziydi. MATLAB dasturi 70-yillar oxirida Moler
    tomonidan sodda hisoblash jarayonlarini bajarish uchun yaratilgan. U asosan 3
    avlod EHM da ishlash uchun mo’ljallangan edi. 80-yillar o’rtalariga kelib Little
    Mathworks kompaniyasi xodimi tomonidan MATLABning 4-avlod EHM ga
    mo’ljallangan PC MATLAB versiyasi ishlab chiqildi. Ushbu versiyaning oldingi
    versiya bilan o’xshash jihatlari ko’p bo’lib, bir nechta matematik paketlargina
    oldingi versiyadan farqlab turadi. Bugungi kunda zamonaviy kompyuterlarda
    MATLABning 4,5,6 va 7 versiyalarni ko’rish mumkin. 4-versiyada MATLABning
    dastlabki versiyalarni xususiyatlari saqlanib qolgan. 5-versiya tarkibida ilk bor
    grafik muhit ishchi stoli yaratilgan. Shu bilan birga MATLABning 5-versiyasida
    16 bit va 24 bitli RGB ranglar bilan ishlash, yuqori o’lchamli matritsalar bilan
    ishlash, fazoviy figuralarni chizish faqat sonlar bilan emas, balki matematik
    formulalar bilan ishlash imkoniyatlari kiritilgan. MATLABning 6-versiyasi bu
    dastur rivojining eng asosiy cho’qqilardan biri hisoblanadi. 5-versiyaga
    qo’shimcha ravishda boshqa dasturlash tillariga eksport va import murakkab
    bo’lgan jarayonlar matematik modelni grafika bilan ishlash, boshqa kompyuter
    algebrasi dasturlar bilan moslasha olish jarayonlari qo’shimcha sifatida kiritilgan.
    MATLAB ишга тушгандан кейин экранда унинг асосий ойнаси
    пайдо бўлади (2.1-расм). Bu oynalarni 2.2- rasmdagidek nomlashimiz mumkin.
    MATLAB menyusi quyidagicha:
    1. Buyruqlar oynasi (Command Window);
    2. Brouzerning ishchi qismi (Workspace Browser);
    3. Massiv muharriri (Array Editor);
    4. Buyruqlar tarixi oynasi (Command History);
    5. Ayni vaqtdagi katalog brouzeri (Current Directory Browser);
    6. Start tugmasi (Start);
    7. Brouzer so’rovnomasi (Help Browser);
    8. Muharrir (Editor/Debugger);
    9. Sharhlovchi(Profiler).


    28
    2.1-расм. MATLAB ойнасининг умумий кўриниши.
    2.2- rasm. MATLAB oynalarining nomlanishi.
    Asosiy buyruqlar oynasi MATLAB dagi barcha buyruqlarni paketlarni va
    kutubxonalani e’lon qilish oynasi hisoblanadi.
    Ishchi qism
    Buyruqlar
    oynasi
    Tarix oynasi


    29
    O’zgaruvchilar oynasi dastur tarkibida e’lon qilingan o’zgaruvchilarni
    daraxt ko’rinishida ifodalab boradi.
    Buyruqlar tarixi oynasida esa dasturda bajarilayotgan buyruqlar ketma-
    ketligi saqlanib qoladi.
    MATLABda seans ishi tushunchasi sessiya (session) deb yuritiladi, ya’ni
    foydalanuvchi ayni vaqtda foydalanayotgan xujjat - bu sessiyadir. Unda kiritish-
    chiqarish satrlari va xatoliklar haqida axborot joylashgan bo’ladi. MATLAB
    sessiyaga kiruvchi barcha o’zgaruvchi va funksiyalar qiymatlari xotiraning ishchi
    qismida joylashgan bo’ladi. Save (saqlash) buyrug’i yordamida ularni
    (MATLAB.mat) - da saqlash mumkin. Load (yuklash) buyrug’i esa ma’lumotlarni
    diskdan ishchi sohaga kiritish imkonini beradi. Diary (kundalik) buyrug’i orqali
    ma’lumotlarni ayrim qismlarini kundalik ko’rinishida saqlash mumkin.
    Buyruqlar oynasini boshqarish buyruqlaridan eng muximlarini keltiramiz:
    clc - ekranni tozalaydi va kursorni bo’sh ekranning yuqori chap qismiga
    joylashtiradi;
    home - kursorni ekranning yuqori chap qismiga qaytaradi. Jadal su’ratlar
    bilan rivojlanib borayotgan kompyuterlashgan matematik tizimlar (KMT), ayniqsa,
    sonli hisoblashlarga yo’naltirilgan tizimlar orasida MATLAB matrisali matematik
    tizim alohida ajralib turadi.
    MATLAB tizimini tashkil qiluvchi paketlar soni ko’pligi uning juda ko’plab
    soha masalalarini hal qilishga joriy etish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunga kelib
    MATLAB tizimi zamonaviy matematik va ilmiy-texnikaviy dasturiy ta’minoti
    sohasida deyarli jahon standarti bo’lib qoldi.

    Download 1.61 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 1.61 Mb.
    Pdf ko'rish