|
Simsiz tarmoqlar
|
bet | 1/7 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #136909 |
Bog'liq Simsiz tarmoqlar
“SIMSIZ TARMOQLAR”
Ma'ruzachi: S.A.Norqobilov
4G sotali aloqa tizimlari
Darsning maqsadi:
talabalarda 4G sotali aloqa tizimlari haqida batafsil tasavvur hosil qilish;
mazkur bilimlarni mustaqil tahlil
qilishga koʻmaklashish; yoshlar oʻrtasida sogʻlom manaviy va tarbiyaviy muhitni shakllantirish.
Ma'lumotlarni multiplekslash va demultiplekslash
Multiplekslash – bir necha ma'lumotlar oqimini bitta kanal boʻyicha uzatish uchun birlashtirish hisoblanadi.
Ma'lumotlarni chastota boʻyicha multiplekslash (FDM, Frequency Division
Multiplexing)
Multiplekslash prinsipi
OFDM (Orthogonal Frequency Devision Multiple) usuli modulyasiyalash va multiplekslashning birlashmasi hisoblanadi. Odatda multiplekslash turli manbalardan chiqadigan mustaqil signallarga taaluqli boʻladi. Shuning uchun bu signallar orasida chastotalar spektrini qanday boʻlish masalasi yuzaga keladi.
OFDM usulida multiplekslash masalasi alohida signallarga qoʻllaniladi, lekin ular bitta asosiy signalning qismlari hisoblanadi. OFDM usulida signalning oʻzi dastlab alohida kanallarga boʻlinadi, ular ma'lumotlar bilan modulyasiyalanadi, keyin esa OFDM tashuvchini hosil qilish uchun takroran multiplekslanadi.
Qiyoslash
FDM OFDM
FDM OFDM
Qiyoslash
Qoʻllanish sohalari: Wi-Fi, WiMax, LTE, DVB-T, DVB-S, ADSL
Bitta tashuvchi Koʻp tashuvchilar
4 tashuvchili OFDM
Agar biz a dan boshlanadigan va b dan tugaydigan chastotlarga ega boʻlsak, biz ularni toʻrtta bir xil oraliqlarga boʻlishimiz mumkin. Chastotlar oʻqida modulyasiyalangan tashuvchilar quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
4 tashuvchili OFDM
OFDMda biz N ta tashuvchiga ega boʻlamiz, N bu texnologiyada 16 dan 1024 gacha istalgan son boʻlishi mumkin va tizim ishlatiladigan muhitga bogʻliq boʻladi. 4 tashuvchili OFDMni koʻrib chiqamiz.
4 ta tashuvchilardan foydalangan holda quyidagi bitlar ketma-ketligini uzatilishini koʻrib chiqamiz.
|
| |