• Sathni o‘lchash vositalalri sath o‘lchagichlar deyiladi.
  • Qalqovichli suyuqlik sathini o‘lchash sxemasi
  • Bosim farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar
  • Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari




    Download 81,9 Kb.
    Sana14.12.2023
    Hajmi81,9 Kb.
    #118199
    Bog'liq
    Amaliy mashg\'ulot №2 sirtqi

    Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari

    Amaliy mashg‘ulot №2

    MAVZU:SATH O‘LCHASH ASBOBLARI, QALQOVICHLI SATH O‘LCHAGICHLAR, GIDROSTATIK SATH O‘LCHAGICHLAR, GIDROSTATIK DIFMANOMETRLI SATH O‘LCHASH ASBOBLARI YORDAMIDA SATHNI O‘LCHASH BO‘YICHA MASALALAR YECHISH. MODDA MIQDORI VA SARFNI O‘LCHASH ASBOBLARI: TORAYTIRUVCHI QURILMALAR, BOSIMLAR FARQI O‘ZGARUVCHAN SARF O‘LCHAGICHLAR YORDAMIDA SARFNI O‘LCHASH BO‘YICHA MASALALAR YECHISH.

    SATH O‘LCHASH ASBOBLARI, QALQOVICHLI SATH O‘LCHAGICHLAR, GIDROSTATIK SATH O‘LCHAGICHLAR, GIDROSTATIK DIFMANOMETRLI SATH O‘LCHASH ASBOBLARI YORDAMIDA SATHNI O‘LCHASH BO‘YICHA MASALALAR YECHISH.

    Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit - suyuqlik yoki sochiluvchan jism bilan to‘ldirilish balandligiga aytiladi.

    Sathni o‘lchash vositalalri sath o‘lchagichlar deyiladi.

    Ishlash xarakteri jihatdan sath o‘lchagichlar uzlukli va uzluksiz bo‘ladi.Releli sath o‘lchagichlar moddaning sathi ma’lum balandlikka yetganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlaiadi va sath signalizatori deyiladi.

    Qalqovichli suyuqlik sathini o‘lchash sxemasi


    Suyuqlik sathini qalqovichli o‘lchash sxemasi.
    Qalqavuchning suyuqlikka botgan qismining balandligini toppish formulasi
    G - qalqovuch ogirligi yoki muvozanatlovchi kuch
    S-qalqovuch yuzasi

    Masala: Agar Qalqovuchni yuqoriga itaradigan kuch o‘zgarmas bo‘lsa qalqovuchning og‘irligi 500gr ga teng bo‘lsa qalqovuchning radiusi 16 mm teng bo‘lsa va u suv yuzasida qalqib turgan bo‘lsa qalqovuchning suvga botish balandligini toping.

    Masala: Agar Qalqovuchni yuqoriga itaradigan kuch o‘zgarmas bo‘lsa qalqovuchning og‘irligi 500gr ga teng bo‘lsa qalqovuchning radiusi 16 mm teng bo‘lsa va u suv yuzasida qalqib turgan bo‘lsa qalqovuchning suvga botish balandligini toping.

    Modda miqdori va sarfni o‘lchash: toraytiruvchi qurilmalar, bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar yordamida sarfni o‘lchash bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lish va masalalar yechish.

    • Modda sarfi deb vaqt birligida o‘tayotgan modda miqdorini shu vaqt birligiga nisbati tushiniladi.
    • Hajmiy va massaviy sarflar mavjud.
    • Sarf o‘lcham birligi: m3/sek va kg/sek;
    • Moddaning hajmiy sarfi 1/s, m3/s,m3soat;
    • Massa Sarfi kg/s,kg/soat,t/soat;

    Sarf o‘lchagichlarning eng ko‘p tarqalgan quyidagi turlari mavjud:

    1. Bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar

    2. Bosim farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar

    3. Ionizatsion sarf o‘lchagichlar

    4. Tezlik bosimli sarf o‘lchagichlar

    5. O‘zgaruvchan sathi sarf o‘lchagichlar

    6. Induksion sarf o‘lchagichlar

    7. Ultratovushli sarf o‘lchagichlar

    8. Kalorimetrik sarf o‘lchagichlar

    Bosim farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar

    Bosim farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar – rotametrlar laboratoriyalarda va sanoatda suyuqlik va gazlarning sarfini o‘lchashda keng qo‘llaniladi. O‘lchash uskunasining ishlash prinsipi o‘lchanayotgan muhitning oqimining pastdan yuqoriga o‘tishida konussimon naycha ichiga joylashgan po‘kakning vertikal siljishiga asoslangan. Po‘kakning xolati o‘zgarishi bilan po‘kak va konussimon naychaning ichki devorlari orasidagi o‘tish kesimi o‘zgaradi,natijada o‘tish kesimidagi oqimning tezligi xam o‘zgaradi.Bosimlar farqi po‘kakning ikkila tomonida xam o‘zgarmay qoladi. 

    Shuning uchun bu o‘lchash uskunasi bosim farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlari deyiladi. Suyuqlik yoki gaz sarfining har bir kattaligiga po‘kakning muayyan xolati mos keladi. Po‘kakning xolati bosimga bog‘liq. Suyuqlik yoki gazning ma’lum bir sarfida po‘kakning xolati o‘zgarmay qoladi. Xar bir rotametrning texnik pasportida darajalar (graduirovka) egri chizig‘i berilgan bo‘lib, bunda sarfning po‘kakning holati bilan bog‘liqligi ko‘rsatiladi. 


    Download 81,9 Kb.




    Download 81,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari

    Download 81,9 Kb.