|
SolidWorks” dasturi ishga tushiriladi
|
bet | 2/4 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 1,39 Mb. | | #152068 |
Bog'liq 19-mavzu Ob’yekt tushunchasi
“SolidWorks” dasturi bilan ishlashda ob’yekt tushunchasini to’g’ri aniqlab, tushunib olish lozim. Aytaylik Instrumentlar panelidagi «Линия» - To’g’ri chiziq chizish buyrug’i asosida bajarilgan shaklni dastur bitta ob’yekt deb qabul qiladi. Aynan shu shakl
«Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak chizish buyrug’i asosida bajarilsa dastur ushbu shaklni ham bitta ob’yekt deb qabul qiladi. «Линия» - To’g’ri chiziq chizish buyrug’i bilan to’g’ri to’rtburchak chizilsa to’rtta ob’yekt deb qabul qiladi. Chunki birinchi va ikkinchi usulda bitta buyruq bilan amal bajarildi, ikkinchi usulda esa to’rt marta to’g’ri chiziq chizish buyrug’i ketma – ket takrorlandi.
Ob’yekt va ob’yektlarni tanlash.
Ob’yektlarni tanlash odatda ularni tahrirlash uchun zarur.
Bitta ob’yekt tanlanishi uchun sichqoncha ko’rsatkichi ob’yekt chizig’i ustiga olib boriladi va sichqoncha chap tugmasi bosiladi.
Bir nechta ob’yektlarni baravariga tanlash uchun odatda dinamik ramkadan foydalaniladi. Dinamik ramka bu sichqoncha yordamida ob’yektlar guruxini to’g’ri to’rtburchak asosida tanlash demakdir. Buning uchun ob’yektlar perimetridan tashqi hududda
sichqoncha chap tugmasi bosiladi va sichqoncha siljitib ko’k yoki yashil rangdagi to’g’ri to’rtburchak hosil qilinadi. Bunda ramka ob’yekt yoki ob’yektlarni o’z hududiga olishi kerak. Ob’yekt (ob’yektlar) to’g’ri to’rtburchak hududida joylashgandan so’ng yana sichqoncha chap tugmasi takroran bosiladi. Natijada ob'yekt (ob’yektlar) chiziq turi o’zgarib tanlanganligini bildiradi. PropertyManager panelida esa qaysi ob’yektlar belgilangani ko’rsatiladi.
Ko’k ramka – ob’yektlar guruxidan kerakli ob’yektlar to’plamini ajratib tanlash uchun qo’llanadi. Faqat o’z hududiga to’liq kirgan ob’ektlargina tanlanadi.
Bunday tanlashda sichqoncha ko’rsatkichi 1–nuqtadan 2–nuqtaga qarab yo’naltiriladi.
Ko’k ramka asosida ob’yektlarni tanlash. Natija.
Yashil ramka – to’liq ob’yektlar majmuasini tanlashni nazarda tutadi. Bunda ob’yektning biron bir qismi ramka hududiga to’liq kirmagan bo’lsa ham ob’yekt (ob’yektlar) bari bir tanlanadi. Agarda ob’yekt (ob’yektlar) ramka hududidan to’liq tashqarida qolsa u holda ular tanlanmaydi.
Sichqoncha harakati 1 – nuqtadan 2 – nuqtaga qarab yo’naltiriladi.
Yashil ramka asosida ob’yektlarni tanlash.
“To’rtburchak” chizish (o’ng tomonda pastga qaragan strelka) tugmasi bosilganda uning ostida axborot oynasi ochilib dastlabki mavjud to’rtburchak chizish turlari ko’rsatiladi.
“To’rtburchak” chizish tugmasi. Bu tugmalarni tanlash orqali har xil turdagi to’rtburchaklar chizish mumkin.
“Shponka uchun uyug’” chizish (o’ng tomonda pastga qaragan strelka) tugmasi bosilganda uning ostida axborot oynasi ochilib dastlabki mavjud shponka uchun to’g’ri va yoysimon uyug’ chizish turlari ko’rsatiladi.
“Aylana” chizish (o’ng tomonda pastga qaragan strelka) tugmasi bosilganda uning ostida axborot oynasi ochilib dastlabki mavjud “Aylana” chizish turlari ko’rsatiladi.
“Yoy” chizish (o’ng tomonda pastga qaragan strelka) tugmasi bosilganda uning ostida axborot oynasi ochilib dastlabki mavjud “Yoy” chizish turlari ko’rsatiladi.
“Ko’pburchak” chizish tugmasi tanlanganda PropertyManager (Менеджер свойств) axborot oynasi ochilib quyidagi “Ko’pburchak” chizish uchun ma’lumotlar kiritish so’raladi.
|
| |