|
Sotib olish, lizing, ijara
|
bet | 5/7 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 2,95 Mb. | | #153947 |
Bog'liq 14-mavzu.Sotib olish, lizing, ijara Biz, Ijaraga beruvchi korxona nomi va tashkiliy huquqiy shakli korxonasi raxbari Ijaraga beruvchi korxona rahbarining F.I.O. (keyingi oʻrinlarda “IJARAGA BERUVCHI”) bir tomondan va oʻz Nizomiga asosan faoliyat koʻrsatuvchi Ijarachi tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan uning raxbari Ijarachi tashkilot raxbarining F.I.O. (keyingi oʻrinlarda “IJARAGA OLUVCHI”) ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagi mazmunda tuzdilar: 1. Shartnoma mazmuni 1.1. Ushbu shartnomaga muvofiq “IJARAGA BERUVCHI” “IJARAGA OLUVCHI”ga vaqtinchalik foydalanib turish uchun Ijara obyekti joylashgan manzil, Ijara obyekti joylashgan uy raqamida joylashgan turar-joy binosini shartnoma asosida ijaraga topshiradi, “IJARAGA OLUVCHI” esa oʻz Nizomida koʻrsatilgan vazifalarni bajarish uchun, ushbu turar-joy binosidan shartnoma shartlari boʻyicha foydalanishni yoʻlga qoʻyadi xamda shartnomada oʻzaro kelishilgan toʻlovni amalga oshiradi. 2. Ijaraga beruvchining xuquq va majburiyatlari 2.1. “IJARAGA BERUVCHI” “IJARAGA OLUVCHI”ga shartnomada kelishilgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasini oʻz ichiga olgan turar – joy binosini taqdim qiladi. 2.4. Zarurat tugʻilgan taqdirda, “IJARAGA BERUVCHI” “IJARAGA OLUVCHI” bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish xuqiga ega boʻladi va bu xaqda “IJARAGA OLUVCHI”ni Ijara shartnomasini bekor qilish uchun oldindan ogohlantirish muddati kun oldin yozma ravishda rasman ogoxlantiradi. 3. Ijaraga oluvchining xuquq va majburiyatlari 3.1. “IJARAGA OLUVCHI” oʻziga takdim etilgan binodan foydalanishda amaldagi sanitariya-gigiyena, xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi qoidalari xamda mavjud mexnat qonunlariga qatʼiy amal qilgan xolda ish tashkil etishni oʻz zimmasiga oladi. 3.2. “IJARAGA OLUVCHI” turar-joy binosi uchun belgilangan ijara toʻlovini shartnomada kelishilgan mikdorda va muddatlarda toʻlab borishni yoʻlga qoʻyadi. 3.3. “IJARAGA OLUVCHI” turar-joy binosiga yetkazilgan moddiy zararlarni oʻz xisobidan bartaraf kilishi shart xisoblanadi.
|
| |