-rasm. Shaxsda biologik va ijtimoiy sifatlarning nisbatiga ko`ra darajalarga




Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/122
Sana28.05.2022
Hajmi5.19 Mb.
#22174
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   122
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon
test2, 02-Тр туз ва иш, IELTS Speaking Strategies By Rachel Mitchell, Lesson 1, ielts 2014 speaking collection and answers - копия
1-rasm. Shaxsda biologik va ijtimoiy sifatlarning nisbatiga ko`ra darajalarga
bo`linganligi
Temperament darajasi
Ruxiy jarayonlarning
o`ziga xoslik darajasi
Shaxsning yo`naltiril
ganlik darajasi
Shaxsda biologik va
ijtimoiy sifatlarning
nisbatiga ko`ra
darajalarga bo`linishi
Shaxs tajribasi darajasi


29
I. Temperament darajasi insonlarping irsiyat orqali belgilangan nerv sistsmasining
xususiyatlari tushiniladi. Ular jumlasiga instinkt va extiyojlarning o`ziga osligi,
jinsiy, yosh, milliy va boshqa xususiyatlar kiradi.
II. Ruxiy jarayonlarning o`ziga xoslik darajasi - iroda, sezgi, tafakkur, xotira, diqqat,
tasavvur, axborotni qabul qilish va xarakterning o`ziga xos tomonlarini o`z ichiga
oladi.
Shaxsning mantiqiy fikr yuritish operatsiyalari (taqqoslash, abstrakt tasavvur,
induktsiya, dedukiya), aqliy faoliyat usullarini egallaganligi muxim rol o`ynaydi.
III. Shaxs tajribasi darajasi - bunga shaxs egallagan bilim, ko`nikma, malakalar
va odatlarining majmuasi kiradi. Bo`larning
ichida uzluksiz ta’lim tizimi,
o`quvchilarni o`q`itish, o`quv faoliyatida bilim, mexnat va amaliy faoliyatida
ko`nikma va malakalarli shakllantirish muxim axamiyatga ega.
IV. Shaxsning yo`naltirilganlik darajasi - shaxsning ijtimoiy axamiyatga ega
bo`lgan, atrof-muxitga munosabati, shuningdek, xulq-atvorining ruxiy asoslarini
yo`naltiruvchi va boshqaruvchi sifatlarini mujassamlashtiradi. Bunga shaxsning
qiziqishi, nuq`tai nazari, ijtimoiy faoyaligi, ichki dunyosi, axloqiy-yetik tamoyillari
va dunyoqaraish kiradi. Shaxsning yo`naltirilganligi, extiyojlari va «men»
kontseptsiyasi bilan birgalikda shaxsning o`z-o`zini boshqarish mexanizmining
asosini tashkil etadi. Shaxsning axloqiy yetik qarashlari va xususiyatlari u
o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalar bilan birgalikda estetik va axloqly
xususiyatlarni tashkil etadi. Yuqorida q`ayd etilgan darajalarni insonlarning ijtimoiy
moxiyatini, shaxsning irsiy xususiyatlarini tashkil etuvchi yadro atrofidagi
xalqalar shaklida tasavvur etish mumkin. Lekin shaxs strukturasida qator
xususiyatlar bo`lib, ular barcha darajalarga radius shaklida singib ketadi. Ular
guruxiga extiyoj, xarakter, q`obiliyat va «men» kontseptsiyasi kirib, shaxs
strukturasining tayanchini xosil q`iladi. Shunday q`ilib, shaxs xususiyatlarining
guruxlari bir-biri bilan uzviy bog`langan, bir-birini to`ldiradi va taqozo etadi va
murakkab yaxlit tizimni tashqil etadi.
Zamonaviy uzluksiz ta’lim tizimi avvalo shaxsning davlat ta’lim staidartlari
darajasida bilim olishini ta’minlashi lozim.
Bilim - atrof-muxitli urganish jarayonida tekshirilgan nzzariy va amaliy
faoliyatning natijasi bo`lib, uning inson miyasida to`gri aks ettirilishi sanaladi.
Ta’lim tizimi bilim, ko`nikma va malakalarning individual tarzda, har bir
shaxsda aks etishni ta’minlashi lozim. Bilimlar quyidagi guruxlarga ajratiladi:
- Belgili, belgi va til shaklida, kodlangan verbal bilimlar,
- Obrazli, sezgi organlari orq`ali obrazlar shaklida qabul qilingan bilimlar.
- Moddiy bilimlar - mexnat faoliyati natijasida paydo bo`ladigan bilimlar.
- Texnik bilimlar- insonning ijodiy va mehnat jarayonida vujudga
keladigan bilimlar.


30
Bilimlar asosini tushunchalar tashkil qiladi. Tushunchalar - atrof-muxitdagi
predmet va xodisalarning mavjud xususiyatlari haqidagi bilimlar bilan ulardagi
aloqa va bogliklikni aks ettiradi.
Biologik ta’limda tushunchalar ikki guruxga ajratmladi:
1. Umumiy biologik tushunchalar.
2. Xususiy biologik tushunchalar.
Shaxsning o`zlashtirgan bilimlarini amaliyotga q`o`llashda ko`nikma va
malakalar muxim rol o`ynaydi. Ko`nikma va malakalarni til bilan tushuntirib
bo`lmaydi, ularni amaliy faoliyatda ko`rsatish kerak bo`ladi. Shu sababli inson
hayotining asosini faoliyat usullari (ko`nikma va malakalar) tashkil etib, u shaxsning
muxim sifati sanaladi.
Ko`nikma - shaxsning muxim sifati, ya’ni o`zlashtirgan bilimlari asosida,
yangi vaziyatlarda muayyan faoliyatni samarali bajarishi xisoblanadi. Oddiy
ko`nikmalar etarli darajada mashq qilganda u avtomatik xolatga - malaka darajasiga
etadi. Malaka - biror bir faoliyatni avtomatik ravishda bajarilishi sanaladi. Malaka bu
avtomatlashgan ko`nikmadir.
Demak, o`quv dasturidan o`rin olgan mavzular bo`yicha o`quvchilarda bilim,
ko`nikma va malakalarni shakllantirish samaradorligini oshirish muxim sanaladi.
Aq`liy faoliyat usullari deganda fikr yuritish uchun zarur bo`lgan usullar
tushuniladi. Ular quyidagi guruxlarga ajratiladi:
1. Xarakteriga ko`ra: predmet-faoliyatli, kurgazmali-obrazli, abstrakt, intuitiv.
2. Mantiq`iy yo`nalishiga ko`ra: taq`q`oslash, taxlil q`ilish, abstrakt
tasavvur qilish, umumlashtirish, sintez, tasniflash, induktsiya va deduktsiya,
gipoteza va eksieriment.
3. Olinadigan natija shakliga ko`ra: fanga avvaldan ma’lum bo`lgan
kashfiyotlarni q`ayta kashf q`ilish, tushunchalarning ta’rifi va tasdigini
topish, , qonuniyat, qonun va nazariyalar yaratish.
5. Fikr yuritish tipiga ko`ra: emperik, dialektik, mantiq`iy.
Ta’lim tizimida aqliy faoliyat usullariiing tarkibiga kiruvchi o`quv faoliyati usullari
muhim axamiyat kasb etadi.
O`quv faoliyati usullari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
• O`quv faoliyatini rejalashtirish ko`nikma va malakalari: o`quv
topshiriq`larini anglash, maq`sadni belgilash, unga erishish uchun optimal va
samarali yullarini faoliyatning bosq`ichlari va davomiyligiii aniq`lash, faoliyat
algaritmnii to`zish, mustaq`il ish rejasini tuzish.
• O`z o`quv faoliyatini tashkil etish ko`nikma va malakalari: o`z o`quv
faoliyatini tashqil etish, o`quv adabiyotlari va jixozlarning mavjudligi va
ulardan foydalana olishi, gigienik talablarga javob beradigan sharoit yaratishi, ish
rejimini tashkil etish, uy vazifalarini mustaq`il bajarishni tashkil etish.


31
• Axborotni qabul qilish ko`nikma va malakalari: turli axborot manbalari ustida
ishlash, matn tuzish, bibliografik izlanish olib borish, spravochniklar bilan
ishlash, axborotni diqqat bilan tinglash va yozish, diqqatini boshq`arish, kuzatish
o`tkazish va eslab q`olish.
• Fikr yuritish faoliyati ko`nikma va malakalari: o`quv materialining mazmunini
anglash, asosiy goyani
ajratish, taxlil q`ilish, sintezlash, abstraktsiya va
aniq`lash, induktsiya va deduktsiya, tasniflash, umumlashtirish, dalillash,
xikoya, xisobot, ma’ro`za to`zish, xulosalarni ishlab chiq`ish, muammolariing
yechimini topish.
• O`z o`quv faoliyati natijasini anglash va baholash ko`nikma va malakalari: o`quv
faoliyati natijasini anglash, o`z-o`zini va o`zaro nazorat q`ilish, muammo
yechimining to`griligini aniqlash, xodisalarga turli jixatdan baho berish, nazariy
va amaliy ko`nikmalarning to`g`riligi va mustaxkamlashni tekshirish
ko`nikmalari.
Shaxsning o`z-o`zini boshq`arishi va nazorat q`ilish muxim sistema sanaladi. Bu
sistema 
asosida 
shaxs 
rivojlanishining 
psixologik 
omillari: 
extiyojlari,
yo`naltirilganlik va "Men" kontseptsiyasi tashkil etadi.
An`anaviy ta’limda o`uvchilar faoliyati passiv tinglovchi sifatida tashkil
etilib, yappasiga o`qitish nazarda tutilsa, zamonavny pedagogik texnologiyalarga
asoslangan ta’lim-tarbiya jarayonida o`quvchilarning kizi-q`ishi, q`ibiliyati, extiyoji,
motivi xisobga olingan xolda shaxsning xar tomonlama rivojlanishiga zamin
tayyorlanadi. Shu sababli barcha texnologiyalar shaxsga yunaltirilgan bo`ladi.
Shaxs — muayyan ijtimoiy guruhning vakili bo‘lgan, biror faoliyat turi
bilan shug‘ullanadigan, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘la oladigan, o‘ziga
xos individual — psixologik xislatiarga ega bolgan konkret inson.
Shaxsning psixologik xislatlariga quyidagilar taalluqli: xarakter,
temperament, qobiliyat, kuchli hissiyotlari va motivlari, shuningdek, psixik
jarayonlaming kechish xususiyatlari yig‘indisi (majmui).
Har bir kishidagi bu takrorlanmas individual xislatlar to‘plami (majmui)undagi
barqaror yaxlitlikni vujudga keltiradi. Bu yaxlitlik shaxsning nisbiy turg‘un
psixologik qiyofasi va boyligi sifatida qaraladi. U psixik holatlar va jarayonlaming
to‘xtovsiz o‘zgarib turishiga qaramasdan saqlanib qoladi. Shuningdek, shaxsning
psixik boyligi shaxsning yashash sharoiti va ijtimoiy tarbiya jarayonlarida yuz
berayotgan o‘zgarishlarning oqibati sifatida ma’lum darajada harakatchanligini
hamda o‘zgaruvchanligini saqlab qoladi.
Shaxs atrof-muhit, insonlar bilan faol aloqada bo‘lish jarayonida
shakllanadi. Shaxs faolligining manbai bo‘lib inson -shaxsiy ehtiyojlarining ko‘p
qirraliligi, u o‘zi mansub bo‘lgan jamiyat, jamoa ehtiyojlari hisoblanadi.


32
Murakkab hosila ehtiyojlariga qiziqish, moyillik, did, ko`rsatma, e’tiqod, istak
kiradiki, ular yig‘indisi «motivatsiya doirasi»ni, shaxsning «yo‘nalganligi»ni hosil
qiladi.
Shaxs voqelikka bo‘lgan obyektiv va subyektiv munosabatlarni ifoda qiladi.
Shaxs bir butun holdagi ichki shart-sharoitlar yig‘indisi bo'lib, uning vositasida
tashqi ta’sirlarning inikosi yo`z beradi. Shaxsning rivojlanishi uning faoliyatida
amalga oshiriladi. Bu rivojlanish shaxsga xos va uning uchun muhim hisoblangan
motivlar tizimi bilan boshqariladi. Shaxsni harakatga keltiruvchi kuch tobora
ko‘payib boradigan ehtiyojlar va ularni qanoatlantiradigan real imkoniyatlar
orasidagi ichki ziddiyatlar hisoblanadi. Ehtiyojlar esa shaxs rivojlanishining omillari
va natijasi sifatida namoyon bo'Iadi.
A.V.Petrovskiyning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, inson shaxsining
xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir. A.V.Petrovskiy shaxs tuzilmasida
unga xos bo‘lgan xarakter, temperament, psixik jarayonlaming kechish xususiyatlari,
faoliyatning kuchli hissiyotlari va motivlari yig`indisi, shakllangan qobiliyatlari
zahirasidagi bilim va ko‘nikmalarining betakror uyg‘unligi qayd qilinadi. Inson
individ sifatida jismoniy va psixik mazmun kasb etadi. Tadqiqotlaming
ko‘rsatishicha, inson psixikasi emotsiya va ongga bo‘linadi.
Ong insonni dunyoni miyasida aks ettirishi bilan uni hayvondan farqlaydi.
Onggina shaxsning o‘zligini tashkil etadi. G.K.Selevkoning aniqlashicha, shaxs
umumlashtirilgan xilma-xil sifatlar tizimida ko‘rinadigan insonning psixik,
ma’naviy mohiyatidir. Bunday sifatlar tizimiga quyidagilar mansub:
• inson xislatlarining ijtimoiy ahamiyatga molik sifatlari yigtindisi;
• dunyoga bo`lgan va dunyo bilan, o`ziga va o`z-o`zi bilan munosabatlari tizimi;
• ijtimoiy vazifalar, axloqiy ko'rinishlar yigindisini amalga oshiradigan faoliyat
tizimi;
• dunyoni va undagi o`zini anglashi;
• ehtiyojlar tizimi;
• qobiliyatlar, ijodiy imkoniyatlar yig‘indisi;
• tashqi sharoitga bo`lgant e’tiborlar yigindisi.
Psixologiya va pedagogika bo‘yicha tadqiqotlar shaxs rivojlanishini uch omilga -
irsiyat, muhit va tarbiyaga bog‘laydilar.
Irsiy omil ota-onalardagi ayrim sifat va xususiyatlarning bolalarga o`tishidir.
Irsiyatni genlar vujudga keltiradi. Hoziigi fan oiganizm xususiyatlarida, uning
to‘g‘risida axborotlar saqlanadigan va o`zatiladigan o‘ziga xos gen kodlari aks
etganligini isbotlagan. Genetika inson rivojlanishining irsiy dasturini ochib bergan.
Muhit shaxs rivojlanadigan real voqelikdir. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi tashqi
sharoitlarga olimlar geografik, ijtimoiy muhit, maktab va oilani keltiradilar.


33
K.K.Platonov tadqiqotlari ko‘rsatadiki, shaxs tuzilmasidagi biologik va sotsial
omillar nisbati shaxs sifatlarining to‘rtta pog‘onaviy sathini farqlashga imkoniyat
beradi:
1.Irsiyat bilan bog‘Iangan sifatlarni birlashtirgan temperament sathi.
Unga shaxsning ehtiyoj va instinkt xususiyatlari hamda jinsiy, yosh, milliy va
boshqa sifatlarini kiritadi.
2.Psixik jarayonlar xususiyatlari sathi. Bu sath sezgi, idrok, xayol, diqqat,
xotira, tafakkur, hissiyot, irodaning individual xarakterini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, bu sathga olimlar tafakkuming mantiqiy aks etishi:
assotsiasiya, qiyoslash, abstraksiyalash, induksiya, deduksiyalarni ham kiritadilar.
3. Shaxs tajribasi sathi. Bu sath bilim, malaka, ko'nikma, odat (qillq) kabi
sifatlar bilan belgilanadi.
5.
Shaxsning yo‘nalganlik sathi. Bu shaxsning shunday sifatiki, unda
insonning atrof-muhitga munosabati aniqlanadi va u uning xulqi asosini tashkil
etadi. Bulaiga qiziqish, nuqtai nazar, e’tiqod, ijtimoiy ko'rsatmalar, o‘ta muhim
yo‘nalmalar, axloqiy-etik tamoyillar va dunyoqarash kiradi.
Shaxs sifatlarining bu sathlari uning tarqoqligini bildirmaydi. Shaxsning barcha
sifatlari murakkab yaxlit tizimni tashkil etib, o‘zaro tig‘iz bog'langan, shartlangan
hamda ko‘pincha ular bir-birming o‘rnini bosadi.
Demak, shaxs tashqi va ichki omillar ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi.
Psixolog olimlar tashqi omillaiga shaxsning ijtimoiy tabiati, mukammalligi va
pog`onaliligini kiritadi.
V.P.Bespalkoning ta’rifiga ko`ra “Pedagogik” tizim ma’lum shaxs
sifatlarini shaqillantirshga tartibli, aniq maqsadni ko`zlab va oldindan o`ylab
pedagogik ta’sir etishini vujudga keltirish uchun zarur bo`lgan o`zaro bogliq
vositalar, usullar va jarayonlar yigindisidir. Har jamiyatda shu jamiyat
mafkurasiga xos shaxsni shakllantirsh maqsadi va unga mos pedagogik tizim
mavjud bo`ladi. Agar maqsad o`zgarsa tizim ham o`zgaradi. Quyidagi barcha ta’lim
tizimlari uchun umumiy bo`lgan pedagogik tizim loyixasi keltirilgan. Professor
N.Saydaxmedovning tadqiqot etishicha har qanday pedagogik tizim o`zaro bogliq
bo`lgan quydagi invaritiv elementlardan tashkil topadi:
1- o`quvchilar; 2-ta’lim maqsadlari, 3-ta’lim-tarbiya mazmuni, 4-didaktik
jarayonlar, 5- tashkiliy shakllar 6-pedagogik yoki o`qitishning texnik vositalari
(UTV) . Yuqoridagi 2 ta tushunchani izoxlash mukin: didaktik masalalar va
ularni amalga oshirishning pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining muxim
soxasi sifatida anik maqsad va unga erishish uchun shart -sharoitlar hamda bu
faoliyat uchun axborotlar bo`lishi kerak.
Didaktik masalalarni hal etish maqsadi shaxsning ma’lum sifatlarini
shakllantirish zarur bo`lsa, shart sharoitlar-o`quvchi (talaba) larning boshlangich


34
sifat ko`rsatkichlari, axborot esa o`quv predmetining mazmuni yoki tarbiyaviy
ta’siridir.
Har bir didaktik masala pedagogik tizimda o`ziga mos keladigan PT elementlari
bilan hal qilinadi, ular didaktiv jarayon, o`qitishning tashkiliy shakllari hamda
pedagog yoki
o`qitishning texnik vositalari (UTV). Yuqorida shakl ijtimoiy
buyurtma yo`nalishi didaktiv masalalarga qaratilgan va bu bejiz emas, chunki
ta’lim har doim jamiyat talablarini qondirishga xizmat qiladi va u ongli ravishda
yoki induktiv tarzda tez, balki sekinlik bilan bu talablarga mos xolda to`zilib
boradi. XXI asr bo`sagasida ta’lim taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi,
xaqqoniy dvigateli-bu o`zida didaktiv masalalar va PTni mujassamlashtirilgan
pedagogik tizim
xisoblanadi. PTning muvaffakiyatli loyixalanishi va yakuniy
natijaning kafolatlanishi o`qituvchining didaktik masalalar moxiyatini anglab etish
darajasiga va darsda ularni to`gri belgilab olishga bogliqdir. Bu vazifa hozirga
qadar o`qituvchilar tomonidan anglashilmay kelinyapti, qator xollarda esa ular
metodikani texnologiyadan farqlay olmayaptilar. Shu boisdan quyida PT ning
loyixalanishi uchun zaruriy shartlardan biri didaktik masalalar to`grisida fikr
yuritiladi. Chunki har bir o`qituvchi pedagogik faoliyatga kirishishidan oldin xal
etilishi lozim bo`lgan pedagogik masalalarni yetarlicha aniq tasavvur etishi va
ifodalanishi, ayni paytda o`z o`quvchilariga ham tushuntira olishi kerak.
O‘qituvchining innovatsion faoliyatiga yaratuvchlik jarayoni va ijodiy
faoliyat natijasi sifatida qaraladi. V.A.Slastenin o‘qituvchining innovatsion
faoliyatini tuzishda unga akmeologik jihatdan yondashadi. Akmeologiya (акте) -
yunoncha oliy nuqta, o`tkir, gullagan, yetuk, eng yaxshi davr degan ma’nolami
bildiradi. B.G. Ananev, N.V.Kuzmina, A.A.Derkach va boshqalar kasbiy
faoliyatning samarasini oshirish bilan yo‘g‘rilgan inson hayotining eng ijodiy
davrlari, yetuklik bosqichJari to‘g‘risida fikr yuritadilar. Ular yetuk insonlaming
professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagj psixik qonuniyatlari,
professionalizmga 
yetishdagi 
balandliklardan 
оtа olish masalalari bilan
shug‘ullanganlar. 
VASlastenin 
akmeologiyaning 
yuksak 
professionalizmga,
mutaxassisning uzoq ijodiy umr ko‘rishiga olib keladigan subyektiv va obyektiv
omillarini asoslab berdi. Obyektiv omillaiga
olingan ta’limning sifatini,
subyektiv omillarga esa insonning iste’dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish
vazifalarini samarali hal qila olishidagi ma'suliyatini, mutaxassislarga
yondashuvini kiritadi. Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida
quyidagilar ko‘rsatiladi:
• iste’dod nishonalari;
• uquvlilik;
• qobiliyat;
• iste’dod;


35
• oila tarbiyasi sharoiti;
• otquv yurti;
• o`z xatti-harakati.
Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib
qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi:
• ijodiy individuallik;
• o'titling o'sish va takomillashish jarayoni;
• o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.
O‘qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:
• intellektual - ijodiy tashabbus;
• bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliyati;
• ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan
yaratuvchilikka kurashchanlik qobiliyati;
• axborotlarga tashnalik, muammolardagi giayri odatiylikka va yangilikka bo`lgan
his-tuyg'u , professionalizm, bilishga bo`lgan chanqoqlik (N. V Vishnekova).
V.A.Slastenin ijodiy individualizmni ro‘yobga chiqarishning asosiy vazifalarini
quyidagicha belgilaydi:
• ijtimoiy mohiyat kasb etgan madaniyatni boyitish;
• pedagogik jarayon va shaxs bilimlarini yangilab turish;
• samarali va ahamiyatli meyorlami belgilaydigan yangi texnologiyalami topish;
• shaxsning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va o‘zmi olzi namoyon qila olishi
asosida o‘z rivojlanishini ta ’minlash;
Shu tariqa o‘qituvchining ijodiy individualliguu shakllantirish shaxs rivojlanishi
va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tusbuniladi.
Ijodiy individuallikni xarakterlaydigan samarali o ‘z-o‘zini anglash quyidagilarni
qamrab oladi:
- o‘zini boshqalarga qiyos qilish asosida o ‘z shaxsining betakror ekanligini
anglay olishi;
- o‘zi to‘g‘risidagi kreativ ko‘rinishlar va tasawurlari to‘plami;
- individual kreativ o ‘ziga xosliklaming bir butunligi va uyg‘unligi, ichki
birligi;
- shaxsning o ‘z rivojlanishidagi dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning
ijodkor sifatida shakllanishi;
- shaxs o‘zini namoyon qila olishi va o‘zining muayyan ishlami amalga
oshirishga hozir turganligi;
- ijodkor sifatida o ‘zini baxshida qila olishi va shaxsiy hamda ijtimoiy
vaziyatlarda o ‘zining o ‘rnini anglay olishi (V.A.Slastenin).


36
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv
o‘qituvchining kasbiy mahorati cho‘qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish
qonuniyatlarini ochish imkonini beradi.
Ta`lim beruvchiinnovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir.
Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. U
individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati,
xislatini bildiradi. Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual
qobiliyatlarni ko‘rsatadi:
• fikming ravonligi;
• fikrni maqsadga muvofiq yo`lay olishi;
• o'ziga xoslik (originallik);
• qiziquvchanlik;
• farazlar yaratish qobiliyati;
• xayol qila olish, fantastlik (fantaziya.)
M.N.Gnatko kreativlikni kishining ijodiy imkoniyati, sotsial — ijodiy faollikni
namoyon qila olish qobiliyati bilan shartlangan kishi individlarining qandaydir
maxsus xislati deb qaraydi. Ijod tushunchasini belgilashda u jarayon — natija
tavsifidan, kreativlikni belgilashda esa subyekt — shartlilik tavsifidan foydalanadi.
Ijod mezonlari, uning psixologik mexanizmlari, ijodiy tafakkuming rivojlanish
texnikasi V.A.Kan-Kalik, Ya.A.Ponomarev, S.Yu.Stepanov, T.V.Frolov va
boshqalaming ishlarida tadqiq etilgan. D.B.Bogoyavlenskaya ishlarida ijod tahlili
birliklari belgilab berilgan. Bunday birlik sifatida muallif intellektual faollikni
ko‘rsatadi hamda uning uchta bosqichini ajratadi:
• ragbatlantirishning samarali yoki sustkashlik bosqichi. Shaxsning bu bosqichiga,
unga tashqaridan berilgan vazifalami tashabbussiz qabul qilish xarakterlidir;
• intellektual faollikning evristik bosqichi. Bu bosqichda o'z faoliyati tarkibi va
tuzilmasini tahlii qilish davom etadi, yangilik ochish, oqilona hal qilishga
imkoniyat beradigan ayrim vazifalar qiyoslanadi;
• intellektual faollikning kreativ bosqichi. Bu bosqichda qo`lga kiritilgan empirik
qonunlar kelgusi tadqiqotlar uchun maqsad bo`ib qoladi.
Rag‘batlantiruvchi, samarali va evristik bosqichga qoloq (ekstensiv) aqliy faoliyat,
kreativ bosqichga intellektual faoliyat xosdir.
- N.M.Gnatko kreativlik mexanizmlarini quyidagi bo‘limlarga bo‘lib o‘rganishni
taklif etadi:
potensial kreativlik;
• faoliyatdagi kreativlik.
Potensial kreativlik N.M Gnatkoning fikricha, muayyan tashqi sharoitlarda faol
kreativlikka aylanishga nazariy
tayyor shaklda namoyon bo‘ladigan


37
individiumning potensial joylashishini anglatuvchi kreativ faoliyatdir. Potensial
kreativlik ijodning zaruriy subyektiv shartidir.
Faoliyatdagi kreativlik - faoliyatning biror turida ijodiy faollik ko‘rsatuvchining
bevosita tayyorgarligini ta’minlaydigan faoliyatning u yoki bu turi tavsifli potensial
kreativ individiumning individual tavsiflari aloqalarini yuzaga keltiradi. Faol
kreativlik ijodning eng muhim subyektiv shartidir (N.MGnatko).
Tadqiqotlar ko'rsatadiki, potensial kreativlik, amalga oshirish mumkin bo‘Igan
kreativlikdir. Uni faoliyatdagi kreativlikka o*tkazish muayyan faoliyat turini
tashuvchi (subyekt) tomonidan uning o ‘zlashtirilishida tub o‘zgartirishlar qilish
orqali amalga oshadi.
V.A. Slastenin, N.M.Gnatkoning potensial kreativlikni muntazam faoliyatdagi
kreativlikka taqlid qilish asosida o‘zgartirib borish haqidagi qarashlariga
qo'shilgan holda uni to‘ldirib, kreativlik taqlid qilish, nusxa olish yo‘li bilan
rivojlanadi hamda taqlid qilish asosidagi ijod, haqiqiy ijodga olib keladi, deb
hisoblaydilar.
Ta`lim beruvchifaoliyatidagi kreativlikning bir necha bosqichlarini belgilash
mumkin:
Birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyanomalar tuzukkina ko‘chiriladi;
ikkinchi bosqichda mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik
usullar kiritiladi;
uchinchi bosqichda g‘oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to'la
ishlab chiqiladi;
to‘rtinchi bosqichda esa o‘qitish va tarbiyalashning o‘z betakror konsepsiyasi
va metodikasi yaratiladi.
O`qituvchining innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent
bu refleksiyadir.
Refleksiya o‘qituvchining o ‘z ongi va faoliyatini belgilash va tahlii qila olish
deb qaraladi (o‘z fikri va harakatlariga tashqaridan nazar. V.A.Slastenin).
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki an’anasi
mavjudligi aytiladi:
• obyektlar mohiyatini izohlashga va ulami konstruksiyalashga olib
keladigart ongning reflektiv tahlili;
• shaxslararo muloqot та ’nosini tushunish refleksiyasi;
Bu bilan bog‘liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni
farqlaydilar:
• o'z-o'zini va boshqalami tushunish;
• o'z-o'ziga va boshqalarga baho berish;
• o'z-o'zini va boshqalami izohli tahlii qilish.


38
Refleksiya (lotincha Refbdo- ortga qaytish ) subyektning o‘z (ichki) psixik tuyg‘u
va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o‘z ongidagi
o‘zgarishlami fikrlash jarayoni, deb yoziladi. Psixologik lug‘atda shunday izoh
beriladi: «Refleksiya - faqat sub'ektning o‘z-o‘zini bilishi va tushunishi emas, balki
boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg‘usi va bilish (kognitiv)
tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi”.
V.A.Lefevr ta’kidlagan ediki, inson o‘zining xatti-harakatlariga, fikrlariga
nisbatan kuzatuvchi, tadqiq qiluvchi bo‘lib qolmasligi, balki boshqa personajlar,
ulaming xatti-harakatlarini o‘rganuvchi mavqeini egallashi ham kerak.M.V.Klarin
ijodiy tafakkur xususiyatlarini refleksiya bilan bog‘laydi. Bunday o‘zaro
aloqalarda refleksiya o‘zida xulosa chiqarish, umumlashtirish, analogiya, qiyoslash
va baholash hamda muammolami eslash, yenga olish va hal qilishlami birlashtiradi.
V. A. Petrovskiy refleksiya faoliyati tahlilida uning ikki turini farqlaydi:
• retrospektiv;
• prospektiv.
VA.Petrovskiyning aniqlashicha, retrospektiv refleksiya bu «sodir etilgan
faoliyat tarixining retrospektiv tiklanish shaklidagi refleksiyasidir».
Prospektiv refleksiya - bu faoliyatning amalga oshishiga bo‘Igan talabning hukm
surish dinamikasi.
S.Yu. Stepanov, I.N. Semenov ishlarida intellektual va shaxsiy refleksiyalar
farqlanadi. V.V.Davidov o‘z tadqiqotlarida formal va mazmun refleksiyasini asoslab
berdi. I.S.Ladenko analitik va sintetik refleksiyani farqlaydi. Demak, o‘qituvchining
innovatsion faoliyati tuzilmasi motivasion, kreativ, texnologik va reflektiv
komponentlardan iboratdir.
Innovatsion faoliyat tuzilmasi haqidagi muhim tizimli tasavvurlar, ulaming
vazifalarini asoslash, ulaming shakllanganlik me’yorlari va sathlari ulami oliy
maktab amaliyotiga tatbiq etishning zarur omili hisoblanadi.

Download 5.19 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   122




Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Shaxsda biologik va ijtimoiy sifatlarning nisbatiga ko`ra darajalarga

Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish