50
Raqamli signal diskret signal bo‘lib, uning uchun qabul qiluvchi va
uzatuvchi qurilmasida chegaralovchi qurilma o‘rnatiladi va ular uchun
signal kuchlanishining belgilangan raqamiga mos kelish sharti qabul
qilingan.
Yuqorida ko‘rilgan signal turlarini hisobga olib, shuni qayd qilsa
bo‘ladiki, elektr aloqa tizimlaridagi analog signalni raqamli kommutasiya
tizimlarida qo‘llaniladigan diskret va raqamli ko‘rinishiga o‘tkazish
modulyasiya usullari asosida amalga oshiriladi. Shu bois modulyasiya
usullarini ko‘rib chiqamiz.