243
Y.323,
MGCP,
Megaco/H.248,
SNSP,
SIGTRAN,
CAMEL,
PARLAY/JAIN/JTAPI, BICC quvvatlanadi.
7.6. Signalizatsiya tizimining o‘zaro ishlash algoritmi
Signalizatsiyaning
turli
protokollaridan
foydalanilgan
tarmoq
tuzilmasiga misolni ko‘rib chiqamiz.
SIP - T protokoli bo‘yicha o‘zaro ishlaydigan
Softswitch negizida
qurilgan IP- telefoniyaning ikkita tarmog‘i 7.11- rasmda keltirilgan. Bunda
ushbu ikkita tarmoq turli shaharlardagi (masalan, Softswitch1 -
Samarqandda, Softswitch2 - Toshkentda) foydalanuvchilarga xizmat
qiladi. UFTf foydalanuvchisi 7- sonli umumkanal signalizatsiya bo‘yicha
IP - telefoniya tarmog‘iga chaqiruvni yo‘llaydigan
stansion uskunaga
(raqamli ATS) ulanadi.
7.11- rasm. Softswitch negizidagi tarmoqlarda «telefon - kompyuter»ning
o‘zaro ishlashi
Chaqiriluvchi
foydalanuvchi operator bo‘lib
hisoblanadigan
Softswitch2 negizidagi konvergentli tarmoqning abonenti sanaladi va unga
umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘ining umumiy raqamiga
mansubdir. Nutqli axborot UFTf tarmog‘idan raqamli ko‘rinishda
paketlarga
joylashtirib shlyuzga, IP - tarmoqlar bo‘yicha H.323
terminalning foydalanuvchisidan teskari tartibda uzatiladi.