II. BOB Sharqiy Osiyoda shaxmat




Download 0,85 Mb.
bet4/9
Sana28.06.2024
Hajmi0,85 Mb.
#266054
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
NOZIMA DIPLOM ISHI

II. BOB Sharqiy Osiyoda shaxmat

2.1 Shaxmatning Yevropaga kirib kelishi.


Shaxmat Yevropada turli davrlarda hukmronlik qilgan Pireney yarim oroli va Sitsiliyadagi arab dunyosi bilan aloqalari natijasida paydo bo'lgan. G.Merrey shaxmat donalari nomlari va iboralari lotin tiliga IX-asrlardan boshlab kirib kelganini aniqlaydi. Shu bilan birga ba'zi manbalarda shaxmat haqida ma'lumotlarning yo'qligi,masalan frank tarixchisi Eynxardning "Buyuk Karl hayoti" (IX-asr boshi) yoki eski ingliz tilidagi (X-asr) lug'atidagi o'yinlar ro'yxati shaxmatning hududda noma'lum bo'lganidan dalolat beradi. Yevropa yozma manbalarida shaxmat to'plamlari haqida ilk marta XI-asrda graf Urjell Ermengol I (974-1010) va grafinya Ermizinde Karkasonskiy (1058-yil vafot etgan) vasiyatnomalarida qayd etilgan XII-asrdan boshlab G'arbiy Yevropa manbalarida o'yin haqida ma'lumotlar uchraydi. Merrey Yevropa shaxmatida ikkita an'anani ajratib ko'rsatadi: biri arablashgan Ispaniyada paydo bo'lgan va Fransiyada mashxur bo'lgan va Norman istilosi tufayli Angliyada ikkinchisi Italiyada,keyinchalik Germaniya va Skandinaviyada rivojlangan. 1061-yilda Osti kardinal yepiskopi Pyotr Damiani Rim papasi Aleksandr II ga yozgan xatida Florensiya yepiskopini shaxmat o'ynaganlikda aybladi,chunki uning fikricha shaxmat va zar bilan qimor o'yini o'rtasida hech qanday farq yo'q edi."Muqaddas havoriylar qoidalari" da shaxmatni taqiqlash va u bilan shug'ullanganlar taqibga olinishi yozilgan. Enn Sanneksning yozishicha keyingi harakatni amalga oshiruvchi dona zarlarning yuziga tushadigan tasodifiy songa qarab aniqlangan shaxmat XI-XIV-asrlarda Yevropada tarqalgan  Boshqa o'yin-kulgu va qimor o'yinlari qatorida shaxmatni xam taqiqlashga urinishlar Yevropa monarxlari va ruhoniylari tomonidan bir necha bor qilingan.Bernard Klervorskiy "Tamplyerlar"nizomida (1128) uni taqiqladi,Parij yepiskopi Odon de Syulli (1208-yil vafot etgan) ruhoniylarga "shaxmatga tegish va uni uyda saqlashni" man qilgan,XIII-asrda shaxmat boshqa o'yin-kulgu va qimor o'yinlari bilan birga Fransiya qiroli Lyudovik IX,Angliya qiroli Genrix III va Kenterberri arxiyepiskopi Jon Pakxem tomonidan qoralangan. Biroq bu urinishlar samara bermadi shaxmat ziyolilarning eng sevimli mashg'uloti bo'lib qoldi.Tevton ordenining eng yaxshi magistri Verner fon Orzeln (1324-1330) shaxmatni ritsarlar uchun to'g'ri mashg'ulot deb hisoblab unga bo'lgan taqiqni olib tashladi. Bizgacha yetib kelgan shaxmatga oid ko'plab risolalar ruhoniylar orasida yaratilgan. Shaxmat vikinglar orasida juda mashxur bo'lgan va uning Yevropadan Islandiyagacha tarqalishida muhim rol o'ynagan. Sagalarda shaxmat tez-tez tilga olinadi,masalan,XIII-asrda "Yer doirasi" da keltirishilicha Buyuk Knud shaxmat ustidagi janjaldan keyin Yarl Ulfni o'limga hukm qilganligi haqida hikoya qilinadi. Ehtimol 1831-yil Lyuis orolida (Gibrid orollari,Shotlandiya) topilgan shaxmat to'plami ham vikinglar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Morj tishi va kit tishidan o'yilgan 78 ta figuraning aniq joyi va vaqti noma'lum,ammo eng keng tarqalgan farazlarga ko'ra ular XII-asrning 2-yarmida Trondxaymda yasalishi mumkin edi.Vizantiya imperiyasida shaxmat "zatrikion" (grekcha: Ζατρίκιον), forschada "chatrang" dan shakllangan bo'lib,u arabcha "shatranj" bilan almashtirilishidan oldin ham shaxmatning Vizantiyaga kirib kelishini IX-asrlarda kelgan deb faraz qilish imkonini beradi.[4] Shu bilan birga Vizantiyada shaxmatga oid ma'lumotlarni arab tarixchilari qoldirishgan.Hususan X-asrda arab tarixchisi al-Masudiy va unga ergashgan boshqa arab tarixchilari Vizantiyada shaxmat dumaloq taxtalarda o'ynalganini ta'kidlaydilar. Konstantinapol qulagandan so'ng (1453), Vizantiya zatrikioni yo'qoladi.Zamonaviy yunon tilida o'yin "skiki" (lotincha scaci dan) deb ataladi.
Rus manbalarida "shaxmat" so'zi forscha so'zlardan shakllangan bo'lib,"shohga mat" (soʻzma-soʻz: “hukmdor urildi (sindirildi), forscha: شاه مات)‎ degan ma'nolarni bildiradi.Birinchi marta XIII-asrda XI va XII-asrlarga oid shaxmat donalari bo'lgan xazinalar topilganligi ma'lum. Rossiyaning arab xalifaligi bilan olib borgan savdo aloqalari sababli I.Savenkov,Merrey va I.Linderning farazlariga ko'ra sharqiy slavyanlar shaxmat bilan VIII-X-asrlardayoq tanish bo'lganlar. Shatranj Rossiyaga to'g'ridan-to'g'ri Forsdan va Xazar xoqonligi orqali yoki O'rta Osiyo xalqlaridan Xorazm orqali kelishi mumkin edi.Hususan "fil" va "farzin" arab yoki fors tilidan to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilinib nomlari sharqdan olinganligidan dalolat beradi. Rus shaxmat terminologiyasini Gruziya va Armaniston terminalogiyasi bilan taqqoslash shuni ko'rsatadiki na o'yin nomini,na dona nomlarini bu mintaqalarda ma'no va ohangda o'xshash emas.

XIV-asr rus shaxmati va taxtasining bir qismi.
XVI-asrda shaxmatni atamalar bilan Moskva mitropoliti Daniil va "Domostroy" ruhoniysi Silvestr qoraladi. Rus provaslav cherkovi taqiqni bekor qilmadi,lekin u allaqachon qisman kuchini yo'qotgan edi. Sayoxatchilar Jorj Turbervil va Pavel Oderborn (1581) Rossiya davlatida shaxmatning keng tarqalgani haqida yozgan edi.(1589).Jerom Gorsey (1589) so'zlariga ko'ra shox Ivan Grozniy shaxmat taxtasi ustida vafot etgan yoki o'ldirilgan.("Rossiya haqida eslatma" bu qismi hali ham muommoli)

Templyerlar shaxmat o'ynamoqda."O'yinlar kitobi" dan miniatyura.(1283)
XV-asrgacha bo'lgan Yevropa shaxmat tarixi bo'yicha eng qimmatli manba 1283-yilda qirol Alfonsa X davrida yozilgan "O'yinlar kitobi" nomi bilan tanilgan qo'lyozma yoki "Shaxmat taxtasi,suyak va taxtalar"kitobi xisoblanadi. Unda tasvirlangan shaxmat qoidalari shatranjdan meros olgan.Taxmina bir vaqtning o'zida Shimoliy Italiyada dominikanlik roxib Yakobus Sessolesning "Oddiy va oliyjanob odamlarning odatlari to'g'risida" asarida donalarning xozirgi shaxmatga o'xshash qoidalari keltirib o'tilgan.Masalan: shoxning rokirovkasi,pot bu durang,yordamchilarsiz qolgan "yalang'och qirol" xolati avtomatik mag'lubiyatni anglatmaydi.

Lukas van Leydenning "Shaxmat o'yini" (taxminan 1508-yil).Rasmda Lukas van Leyden. " Shaxmat o'yini " (taxminan 1508-yil). Rasmda kuryer shaxmat o'yini ko'rsatilgan.
Kuryer shaxmati o'rta asrlarda Yevropa shaxmatining qo'shimcha donalarni kiritish bilan yagona modifikatsiyasidir. Ular haqida ilk yozishmalar Virnt fon Grafenbergning "Vigalua" (XIII-asr boshi) dostonidan o'quvchilarga ma'lumdir.Keyin kuryer shaxmat haqida XIV-asrda nemis shoirlari Geynrix fon Beringen va Konrad fon Ammenxauzen asarlarida uchraydi. O'yinning batafsil tavsifi Gustav Selenusning "Shaxmat yoki Qirol o'yini" (1616) risolasida mavjud.


Download 0,85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,85 Mb.