|
Sport faoliyati
|
bet | 6/9 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #266054 |
Bog'liq NOZIMA DIPLOM ISHI2.3 XVIII-asrda Shaxmat
XVIII-asrning boshlarida Parij va London kafelarida shaxmat o'yini mashxur bo'ldi.1692-yil Londonda "Old Sloters" shaxmat kafesi tashkil etilgan. Parijda uzoq vaqt davomida bunday joy bo'lmagan,ammo asrning ikkinchi yarmida "Kafe de lya Rejans" tashkil etilgan u butun Yevropaga mashxur bo'lganidan unga eng kuchli shaxmatchilar ham tashrif buyurib turardi. Mashxurlardan esa Volter va Didro shular jumlasidandir. 1737-yil Fransiyada Filipp Stammning "Shaxmat tajribasi" asari nashr etildi.Unda algebraik qoidalardan tashqari yuzlab masalalar va tadqiqotlar berib shaxmatga bo'lgan qiziqishni tiklanishiga sabab bo'ldi. Asrning ikkinchi yarmida Italiyaning Modena shaxrida shaxmat o'yini tamoyillari asosida umumiy g'oyalar bilan birlashtirilgan shaxmat ustalari doirasi shakllandi: Janbatista Lolli,Erkol del Rio,Domeniko Ponsiani. Modenaliklarning fikriga ko'ra shaxmatchi donalarni tezroq terib chiqishi va raqib shoxiga hujumga tayyorlashi kerak.Agar hujum muvaffaqiyatli bo'lmasa o'yinchi boshqa taktikalarni ishlab chiqishi kerak.Yuqoridagi tamoyillar Italiya shaxmat maktabi deb ataladigan narsani tashkil qiladi.
Fransua Andre Filidor.1772-yil
Fransua Andre Filidor vir necha o'n yil davomida bir vaqtning o'zida o'z davrining eng kuchli amaliyotchisi va o'yin g'oyasini sezilarli darajada o'zgartirgan nazariyotchi sifatida tanilgan birinchi shaxmatchi sifatida tan olingan. 1743-yilda 17 yoshida u eng kuchli parijlik shaxmat ustasi Legal de Kermur bilan qo'rqmasdan o'ynadi. 23 yoshida Filidor o'z davrining eng zo'r bo'lgan va o'nlab marta nashr etilgan "Shaxmat o'yini taxlili" risolasini nashr etdi. Filidor pozitsion o'yinning asosiy usullarini tasvirlab berdi. 1740-yillarning oxiridan boshlab Filidor Yevropa bo'ylab ko'p sayoxat qildi,Londonda Abraxam Yansenga qarshi dona surib uni mag'lub etdi.Stamm bilan esa 10 partiya o'ynab 8:2 hisobida g'alaba qildi garchi Stamm faqat oq donalarda o'ynagan durang ham uning g'alabasi deb kelishilgan. Filidor shaxmat taxtasiga qaramay bir vaqtning o'zida bir necha o'yin o'ynashi mumkin edi. 1755-yilda Filidor Parijga qaytib Legalni yutadi.1795-yili vafotigacha u ikki poytaxtni eng kuchli shaxmatchisi bo'lgan. Filidor ta'limoti "Modena maktabi"ning asosiy maqsadi edi. 1770-yil Venada Volfgang fon Kempelen ilk marta "shaxmat avtomati" ni taqdim etdi.Kempelenning vafotidan keyin yangi egasi Iogan Malzel bilan 1830-yillargacha qurilma Yevropa va AQSH bo'ylab sayoxat qildi.
1795-yili Venada Iogann Allagaier deyarli 50 yil nemis tilidagi shaxmat bo'yicha asosiy qo'llanmaga aylandi. 1763-yili 17 yoshli shoir Uilyam Jonsning "Kaissa" dostonida shaxmatning yaratilishini afsonadagi nimfa Kaissa bilan bog'laydi.Kaissani o'z navbatida italyan gumanisti Marko Jirolamo Vida 1527-yil nashr etilgan "Shaxmat o'yini haqida" she'rida ham tasvirlagan.
|
| |