Xalqaro, mintaqaviy, davlatlararo, xorijiy normativ hujjatlarning




Download 24.37 Kb.
bet4/4
Sana30.05.2023
Hajmi24.37 Kb.
#67489
1   2   3   4
Bog'liq
Standartlashtirish asoslari
595168, 13-mavzu. Texnik boshqaruv tizimlarida axborot xavfsizligi ta’mi, учебное пособия1
Xalqaro, mintaqaviy, davlatlararo, xorijiy normativ hujjatlarning
qo‘llanilishi

Xalqaro standartlarning qo‘llanilishi va qabul qilinishining umumiy qoidalariga quyidagilar kiradi:


Xalqaro standartlar O‘zdavstandartning standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlaridagi, shuningdek, hamkorlik to‘g‘risidagi xalqaro bitimlarga a’zoligi va mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va eksportga etkazib berilishiga doir kontraktlar asosida qo‘llaniladi.
Agar xalqaro standartlarning talablari O‘zbekiston iqtisodiyoti ehtiyojlariga javob bersa va ular qonunlarga zid bo‘lmasa, ular O‘zbekistonda qo‘llaniladi.
Vazirliklar, idoralar, birlashmalar, korxonalar va boshqalar xalqaro standartlardan ilmiy-tadqiqotchilik eksperimental ishlarda foydalanishi mumkin.
Shuningdek, standartlar xalqaro standartlashtirish amaliyotida keng qo‘llaniladi, ularda jahon ilmiy-texnik yutuqlari va etakchi tashkilot va korxonalarning ilg‘or tajribasi sintez qilinadi.
Bundan tashqari, xalqaro standartlarning milliy standartlar sifatida ham qo‘llanilishi mumkinki, bu standartlashtirishning afzalliklarini to‘liq amalga oshirish imkonini beradi va O‘zbekistonning eksportga doir salohiyatini ko‘paytirish yo‘lida xizmat qiladi.
Mahsulotlar to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotning olinishi ishlab chiqarish va tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri
hisoblanadi. Bu, birinchidan, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va ehtimol tutilgan sotish bozorlarini belgilashga imkon beradi va, ikkinchidan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatga bardoshliligini baholashga imkoniyat yaratadi.
Respublikamizda mahsulot to‘g‘risidagi ishonchli axborotlarga bo‘lgan talabni qondirish uchun ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklarining hududiy taqsimlangan tarmog‘i shaklidagi mahsulotlarni kataloglashtirish tizimini barpo qilish mo‘ljallangan. O’zDStda mahsulotlarning katalogli varaqchasi (MKV) uchun rahbarlik qiluvchi hujjat ishlab chiqilgan. U mahsulotlar to‘g‘risidagi mahsulotlar bazasini shakllantirish uchun boshlang‘ich axborot hisoblanadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning rekvizitlari to‘plamini o‘z ichiga oladigan mashinada ishlashga yo‘naltirilgan hujjat hisoblanadi. MKV quyidagi rekvizitlarni o‘z ichiga oladi:
RTSSMS kodi (3 belgili)
Ro‘yxatdan o‘tkazish raqami
OKP kodi (mahsulot kodi)
Mahsulot nomi
Mahsulot belgisi
Ijrolar soni
Mahsulot ishlab chiqarila boshlangan sana
Muvofiqlik sertifikati
Mahsulot tavsifnomasi
OKSkodi
Normativ hujjat belgisi
Normativ hujjat nomi
Normativ hujjat tatbiq etilgan sana
Normativ hujjatning amal qilishi muddatining cheklanishi
Asl nusxani tutib turuvchi korxonaning nomi
Tayyorlovchi korxonaning nomi va manzili
Telefoni, telefaksi, teletaypi.
MKV uch nusxada: asl nusxa va davlat va rus tillaridagi ikkita nusxada ishlab chiqarilayotgan mahsulotga normativ hujjatning nusxasi bilan birga taqdim qilinadi.
O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga asossan O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi.
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O’zstandart» agentligi);
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruktsiyalashda - O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika sohasida, shuningdek O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import bo‘yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida - O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida - O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi.
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi.

«O’zstandart» agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.


Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O’zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar.
Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llaniladi:

xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;


O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
tashkilotning standartlari;
xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Davlat yagona uzluksiz ta’lim tizimida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llash tartibi «O’zstandart» agentligi tomonidan belgilanadi.
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O’zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‘llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo‘llash tartibini «O’zstandart» agentligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari o‘z vakolatlari doirasida belgilaydilar.
Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar hamda ularga kiritilgan o‘zgartishlar «O’zstandart» agentligi organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. «O’zstandart» agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondiga kiradi.
Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki xavfsizligini, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‘zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg‘alash birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik faoliyati sub’ektlari rioya etishi uchun majburiydir.
Import mahsulot, basharti u O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas.
Xo‘jalik faoliyati sub’ektlari tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini «O’zstandart» agentligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Mahsulot va texnologiyalarning ma’lum bir turlari yoki faoliyati turlarini standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek kursatilgan obektlar yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) standartlashtirish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasida 31 ta Texnikaviy qo‘mitasi (TQ) mavjud.
Standartlashtirish bo’yicha me’yoriy xujjatlar

“O’zstandart” agentligining me’yoriy xujjatlar davlat fondida 40 mingdan ortiq meyo’riy xujjatlar ro’yxatga olingan: O’zbekiston Davlat standartlari, Halqaro standartlar, (ISO, IEC va boshqalar), Davlatlararo standartlar (GOST), Chet el mamlakatlarining milliy standartlari va boshqalar.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4059-sonli qaroriga muvofiq mavjud Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti va "Axborot-ma’lumot markazi" davlat korxonasi negizida «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasi (Standartlar instituti) tashkil etildi.




Ushbu qaroriga asosan «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasi standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan, shartnoma asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqa tashkilotlarning arizalari bo‘yicha ishlab chiqish va realizatsiya qilish, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy tashkilot etib belgilandi.
Download 24.37 Kb.
1   2   3   4




Download 24.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro, mintaqaviy, davlatlararo, xorijiy normativ hujjatlarning

Download 24.37 Kb.