|
Navoiy IES
Talimarjon IES
|
bet | 2/5 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 11,9 Kb. | | #114608 |
Bog'liq Stansiya va podstansiyaning elektr qismi faniga kirish-kompy.infoNavoiy IES
Talimarjon IES
Suv energetikasi O‘zbekiston Respublikasini energetika vazirligi sistemasidagi bir necha suv elektr stansiya kaskadlari bilan belgilangan. Bulardan O‘rta-Chirchiq GES lar kaskadi suv havzasiga ega va shu sababli 600 ming kVt quvvatli Chorvoq GESi va 165 ming kVt quvvatli Xodjikent GESi quvvatni rostlash tartibida ishlaydi. Qolgan GES lar esa asosida suv oqimi bo‘lgan tartibda ishlaydi.
Energetika respublika kompleks xo‘jaligining asosiy sohasi hisoblanadi. O‘zbekistonda umumiy o‘rnatilgan quvvati 11043 MVt bo‘lgan 37 ta katta IES va GES; shu jumladan, IES – 9644 MVt, GES – 1399 MVt Uzbekiston o‘zini energiya bilan butunlay ta’minlaydi.
Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi. Ma’lumki, texnikada seriyali ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lmoqlik uchun uskunalarni standartlash, ya’ni ularni katta-kichiklik, massa, tok, kuchlanish yoki boshqa parametrlari bo‘yicha bir necha turga bo‘lib, ishlab chiqarish kerak. Elektr tizimda past (220-660 V), o‘rta (3-35kV), yuqori (110-220kV) va o‘ta yuqori (330-1150 kV) kuchlanishli tarmoqlar tavsiya etilmaydi. Nominal kuchlanish. Elektr tizimining uskunalari (generatorlar, transformatorlar, liniyalar va boshgqalar) mo‘ljallangan nominal kuchlanish bilan xarakterlanadi. Elektr energiya iste’molchilari va generatorlarning nominal kuchlanshi deb, ularni normal sharoitda ishlashi uchun mo‘ljallangan kuchlanshi aytiladi. Ammo, 50 Hz li uch fazali tok tizimida kuchlanish nominal qiymatidan og‘ishi standart bo‘yicha ± 5% dan katta bo‘lmasligi kerak. Generatorlarni nominal kuchlanishi tarmoqda bo‘ladigan kuchlanish yo‘qotilishini hisobga olib tarmoq kuchlanishidan 5% ga oshiq qilib olinadi. Transformatorlarni nominal kuchlanishi salt yurish holatida ularni birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlari uchun olinadi. Transformatorni birlamchi cho‘lg‘ami elektr energiyani qabul qiladi va shuning uchun kuchaytiruvchi transformatorda nominal kuchlanishi generatorning nominal kuchlanishiga, pasaytiruvchida esa tarmoqning nominal kuchlanishiga teng. U yoki bu kuchlanishli tarmoqni taminlovchi ikkilamchi cho‘lgamni kuchlanishi yuklama vaqtida, tarmoq kuchlanishidan 5% ga yuqori bo‘lishi kerak.
|
| |