Stiv Jobs (1955-2011) Reja




Download 6.48 Kb.
bet1/2
Sana01.04.2024
Hajmi6.48 Kb.
#184587
  1   2
Bog'liq
Stiv Jobs (1955-2011) Reja-fayllar.org
matritsa, tugri chiziq va uning tenglamalari, ikki va uch nomalumli tenglamalar, Ishlab chiqarish va axborot kommunikatsiya infratuzilmami rivojlanishining mintakaviy xususiyatlari

Stiv Jobs (1955-2011) Reja

Stiv Jobs (1955-2011)

Reja:
1.Stiv Jobs hayot yo’li;
2.Stiv Jobsning innovatsiya va investitsiyalari;
3.Stiv Jobsning muvaffaqiyat sirlari.
Stiv Jobs – “Apple Computers” ning asoschisi. Uning rahbarligi ostida kompaniya dunyoga bir qator yangi texnologiyalarni, shu jumladan iPhone va iPad ni taqdim etdi.
Stiv Jobs 1955 yilda San-Fransisko shahrida (AQSH,Kaliforniya shtati) Viskonsiya Universitetining bitiruvchi talabalari oilasida dunyoga keldi. Biroq ota-onasi hali ism ham qo’yilmagan bolani boshqa oilaga berib yuboradi. Uni Klara va Pol Jobslar boqib oladilar va Stiv Pol Jobs deb ism qo’yadilar. Klara hisobchi, turmush o’rtog’i Pol esa mashinist lavozimlarida mehnat qilishar edi. Stivning yoshligida otasi unga elektr asboblarini sochib, qaytadan yig’ishni o’rgatar edi. Bu qiziqish bolada o’ziga va kuchiga ishonch hissini uyg’otdi hamda elektronika bilan do’stlashishiga turtki bo’ldi. Stiv o’tkir aql zakovat egasi bo’lishiga qaramasdan maktabda ta’lim olishga qiynalgan. Kichik sinflarda u to’polonchi shumtaka bola bo’lgan, o’qishni istamagan. Tajribali muallimning qo’llagan usuli orqali Stiv rosmana o’qishga kirishdi. Ya’ni o’qituvchi Stivning har bir bajargan vazifasi uchun baho qo’yishdan tashqari pul bilan rag’batlantirib ham turgan. Bir necha yillardan keyin Stiv Yuqori maktabga o’qishga kirib, u yerda o’zining bo’lajak hamkasbi Stiv Voznyak bilan tanishdi.
Maktabni tugatgandan keyin Djobs Pid-kolledjga qabul qilindi. Biroq o’ziga tegishli birorta sohani topolmay yarim yildan keyin o’qishni tashlab ketdi. 1974 yilda Stiv “Atari” kompaniyasiga o’yinlarning grafik dizayneri sifatida joylashdi. Bir necha oydan so’ng bu ishini ham tashlab, Hindistonga ko’ngil ma’rifatini va ruhiy xotirjamlikni izlab jo’nab ketadi. 1976 yilda 21 yoshlik Djobs Stiv Voznyak bilan birgalikda “Apple Computers” kompaniyasiga asos soladi. Ikkovlashib ular kompyuter industriyasida inqilob yasadilar. Iste’molchilar uchun mashinalarni kichikroq, arzonroq, tushunarliroq va hammabop qildilar. 1980 yilda “Apple Compyuters” ochiq aktsionerlik jamiyatiga aylantirildi va savdoning birinchi kunidanoq uning narxi 1,2 mld dollarga yetdi. Stiv kompaniyani boshqarish taklifi bilan “Coca-Cola” ning marketing bo’yicha experti Djon Skalliga murojaat etdi.
2003 yilda Djobsda neyroendokrin o’simta – oshqozon osti bezining saraton kasalligi aniqlandi. Jarrohlik yo’li bilan davolashning o’rniga Stiv kasallikni yengishning boshqa yo’llarini qidirdi: parhez va sharq tibbiyot usullarini qo’lladi. Biroq 2004 yilga kelib o’simta jarrohlik yo’li bilan olib tashlandi.
Stiv Jobs shaxsiy hayotini yoritishni yoqtirmas edi. Oilaviy hayoti haqida ma’lumotlar ko’p emas. Shunisi ma’lumki, Stiv 23 yoshligida sevgilisi Krisann Brennan qiz farzandli bo’ladi. Biroq qizaloq 7 yoshga to’lgandagina Stiv uni tan oladi. 1991 yilda Jobs Lorel Pauell ismli qizga uylanadi va oilaviy hayot davomida uchta farzandli bo’ladilar.
2011 yilning 5 oktyabrida “Apple Inc” asoschisi uzoq davom etgan saraton kasalligi oqibatida hayotdan ko’z yumdi. Stiv Djobs 56 yoshida o’z uyida yaqinlari atrofida vafot etdi.



Download 6.48 Kb.
  1   2




Download 6.48 Kb.