|
Strategik boshqaruv modellari
|
Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 252,79 Kb. | | #126858 |
Bog'liq Strategik boshqaruv modellari
Strategik boshqaruv modellari
Strategik boshqaruv modeli qanday bo‘lishi lozimligi yuzasidan bir qancha takliflar mavjud. Fred R. Devid, John L. Tompson modellari nisbatan ko‘proq tanilgan. Strategik boshqarishni modellashtirish borasidagi farqlarga qaramay, ular o‘rtasidagi umumiylik ko‘proq. Eng awalo aytish joizki, istalgan modelda strategik boshqaruvni uch bosqichdagi jarayoni ajratiladi (1.1-rasm):
strategik rejalashtirish bosqichi (strategiyalar ishlab ehiqish, strategik tahlil va tanlov);
strategik tashkillashtirish bosqichi yoki tanlash strategiyaga mos ravishda tashkiliy tizimni sozlash (strategiyani tadbiq etish, amalga oshirish);
strategik nazorat va tartibga solish bosqichi (strategiyani baholash, ishontirish va ijroni baholash).
Strategik rejalashtirish bosqichida raqobatbardoshlik ustunliklari kapitalizatsiyasi va rivojlanishi, saqlab qolishi va erishishga olib keluvchi tashqi va ichki omillar izlanuvchanligi, strategik holat tahlili, uning missiyasini aniqlash orqali korporatsiya strategiyasi aniqlanadi.
l-rasm.Strategik boshqaruv modeli
Strategik tashkillashtirish bosqichida barcha resurslami bir joyga keltirish va korxona ichidagi munosabatlari, barcha maqsad, vazifa va tanlangan strategiyaga mos ravishda ishchilar ma’sulligmi amalga oshiriladi. Ayni shu yerda kompaniyaga kerakli tashkiliy o'zgartirishlar kiritiladi va uning tuzilmaviy boshqarmalari siyosati ishlab chiqiladi.
Devid va Tompson taklif qilayotgan modellaming eng kamida ikkita kamchiligi mavjud:
Birinchidan, ular strategik boshqaruv jarayonini kelib ehiqish nuqtasi, boshlanish nuqtasi borasida ma’lumot bermaydi. Shuni taxmin qilish mumkinki, bunday nuqta tashkilot missiyasi hisoblanadi. Unda, agar missiya belgilansa, u hech qanday tuzatishlar kiritishga muhtoj emas. Ikkinchidan, bunday modellar strategik boshqaruvni taktik va operativ boshqaruv bilan o‘zaro tashkiliy bog‘liqligini yashiradi. Shuning uchun uning tashkilotni boshqarish tizimidagi roli yashirinligicha qoladi.
Strategik boshqaruv jarayonining boshlang‘ich punkti biznes g‘oyanining tug‘ilishi va tadbiq qilinishi deb bilish ma’qullanadi.
Biznes-g‘oya bu har qanday tijorat va ishlab chiqarish faoliyatining «ruhi» hisoblanadi. «Ruhsiz» biznes boMishi mumkin emas. Biznes-g‘oya asosida tashkilotning maqsadlari yuzaga keladi, ya’ni pirovard natijada o‘z faoliyatidan erishmoqchi bolgan natija paydo bo'ladi. So‘ngra tashkilotning muddatdagi o‘z
biznesining strategik bo‘shlig‘ini qayerdaligi va, shuningdek, maqsadining moslashuvidan kelib chiqib, uning strategiyasi aniqlanadi. Qabul qilingan strategiyalar asosida ma’lum vaqtdan so‘ng erishish lozim boigan maqsadlar tizimi ishlab chiqiladi. Bu maqsadlar tashkilotning maqsad moslashuvi bilan o‘zaro mos keladi.
Qo‘yilgan maqsadlari asosida dasturlar, rejalar va, qolaversa, ishlab chiqarish jarayonini barcha tashkiliy tizimlari ishlab chiqiladi. Yuqorida qayd etilgan faoliyatlar jarayonida olinayotgan natijalar nazorat qilinadi va tekshiriladi va zarur bo'lganida tashkiliy ta’minot dastur va rejalariga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Agar kompaniya ko‘p tarmoqli korporatsiya bo‘lsa, bu bosqichda korxonaning quyi tabaqalarida turgan tashkilotlarning strategik re ja lush t irish va tashkillashtirish jarayoni amalga oshiriladi
(1.2-rasm).
|
| |