|
kunda butun dunyo boylab Android bazasida ishlovchi qurilmalarning soni 608 millionga teng bolsa, 2016 yilga kelib bu korsatkich 2,3 milliardga etadi
|
bet | 6/21 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 1 Mb. | | #101981 |
kunda butun dunyo boylab Android bazasida ishlovchi qurilmalarning soni 608 millionga teng bolsa, 2016 yilga kelib bu korsatkich 2,3 milliardga etadi. Aksincha, Microsoft korporatsiyasining Windows operatsion tizimi bazasida ishlovchi gadjetlar soni hozirgi kunda 1,5 milliarddan iborat bolsa, oradan tort yil otib bu raqam 2,28 milliardga etadi. Ana oshanda Android bu borada Windowsdan ozib ketadi. Ekspertlarning takidlashicha, 2016 yilga kelib foydalanuvchilar shaxsiy kompyuterlarga qaraganda koproq smartfon, planshet kabi mobil qurilmalardan foydalanadigan boladi. Hozirda smartfonlar va planshetlar bozorida iOS va Android operatsion tizimi asosidagi qurilmalar etakchilik qilyapti. YAna Windows Phone bor, hozirgi vaziyatda turli usullarda bozordan oz bolsada orin egallashga harakat qilayotgan, Apple va Microsoftdan farqli ravishda, toliq ekotizimga ega bolgan, Googleda, hozircha, faqat smartfon va planshetlar uchun operatsion tizim mavjud xolos. CHrome OS bunga kirmaydi, chunki u faqat veb dasturlar uchun va veb applar hali-veri nativ appllarning ornini bosolmaydi.
Apple turli qurilmalarni ozi ishlab chiqarsa ham unda foydalanuvchi uchun lozim bolgan barcha qurilmalar uchun taklif bor: desktop kompyuteri sifatida Mac-mini, iMac, Mac-pro; noutbuklar Macbook, Macbook-air, Macbook-pro; iPhone, ipod-touch, ipad va hokazo. Microsoft ham Windowsning songgi versiyalaridan song planshet uchun ham operatsion tizimga ega. Ushbu kompaniya qurilmalaridan dunyoning deyarli barcha davlatlarida foydalanish mumkin (ular CHrome Book kabi internet talab qilmaydi).
Googleda esa hozirda faqat smartfon/planshetlar uchungina tolaqonli operatsion tizim mavjud. Noutbuk yoki desktop kompyuterlaridan foydalanuvchilar uchun Google biror qurilma taklif qilmaydi. Foydalanuvchilar yuqoridagi ikki kompaniya mahsulotlaridan foydalanishlari yoki Ubuntu kabi Linuks operatsion tizimidan foydalanishga majbur. Albatta, ikki xil tizimlarda hech qachon to’laqonli integratsiya bolmaydi. Qanaqadir tizimdagi asosiy funksiyalar uchun sinxronizatsiya (kontaktlar, musiqa) qilish mumkin, lekin boshqa turdagi kontentlarda muammo tug’iladi. Hozirgi kunda Apple qurilmalari Ayklaud orqali ancha chuqur integratsiya qilingan. Masalan, Contacts, Messages, Notes, Reminders, Calendar, Mail, Photos, Podcasts kabi applar avtomatik sinxronizatsiya boladi. Boshqa imkoniyatlari ham mavjuddir. Apple bemalol yangi-yangi applarni ham iOSga, ham MacOSga qosha oladi, ularning birgalikda ishlashini taminlash ham muammo emas. Bundan tashqari, bu kabi imkoniyatlar foydalanuvchini ushlab qolish uchun katta sabab boladi. Applening asosiy yutuqlaridan biri ham shu: kompaniyaning bitta qurilmasini sotib olgan foydalanuvchi uning boshqa qurilmalarini ham sotib olishni boshlaydi Microsoft va Apple kabi Google ham desktop operatsion tizimini ishlab chiqarishi va Android bilan toliq integratsiya qilishi lozim. Google bemalol Linuks asosida yaxshi operatsion tizim yaratishi, unga applarni ozining dokonidan sotib/yuklab oladigan qilishi, yangi operatsion tizimga Androiddagi asosiy applarni chiqarishi va ularning sinxronlashtirishni taminlashi unchalik muammo emas. Mavjud Android foydalanuvchilarining kopchilik qismi esa yangi operatsion tizim qoyilgan noutbuklarni sotib olishi ehtimoli juda katta. Google esa yana bitta tizimga ega boladi; internet u darajada tez bolmagan davlatlarda ham unga ishqibozlar kop boladi. Agar Google yangi tizimda ishlaydigan noutbuklarni ishlab chiqaruvchilarga tekinga bersa va narxi ham Android smartfonlari kabi arzon bolsa, tizimning ommaviylashishi ham tezlashadi. Yana Google TV bilan integratsiya ham juda yaxshi imkoniyat beradi. Hozirda Ozbekistonda Android tizimida ishlovchi gadjetlarning aksariyati Samsung, HTC kabi kompaniyalarda ishlab chiqarilgan. Respuplikada ham Artel savdo belgisi ostida ushbu operatsion tizimda ishlovchi mobil telefonlar ishlab chiqarilishi yolga qoyildi. 2013 yil birinchi choragida «Samsung electronics» ning operatsion tizimdan foydasi 7,7 mlrd. dollarga etdi. Kompaniya foydasining osishiga ortacha narx toifasidagi smartfonlarning xaridorgir bolishi asos boldi, deb xabar qiladi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
kunda butun dunyo boylab Android bazasida ishlovchi qurilmalarning soni 608 millionga teng bolsa, 2016 yilga kelib bu korsatkich 2,3 milliardga etadi
|