Sultonov komron individual project 1th




Download 1 Mb.
bet7/21
Sana20.11.2023
Hajmi1 Mb.
#101981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21

«Reuters»

Bu – «Samsung» daromad ko‘rish borasida rekord o‘rnatib kelayotgan ketma-ketiga beshinchi chorak, ushbu muddat ichida kompaniya 46 mlrd. Dollar tushumga erishgan. Tahlilchilar tahmin qilishlaricha, ikkinchi chorakda ham koreyslar rekord qo‘yishlari ehtimoli katta - Galaxy S4 savdosi oldingi rekordlardan ham o‘zib ketishi kutilmoqda.Galaxy S va Galaxy Note «Samsung» tushumlarining keskin o‘sishiga kata hissa qo‘shib, uni oliy darajadagi smartfonlar bozorida «Apple»dan keyin ikkinchi o‘rinni egallashiga xizmat qildi. Lekin, «elita»dan tashqari, Koreya kompaniyasi rivojlanayotgan mamlakatlardagi xaridlar imkoniyati o‘z mijozlarini ham unutgani yo‘q. Kompaniya ularga o‘rtacha narx toifasidagi modellar - Samsung Rex I Galaxy Pop kabilarni taklif qildi.Mutaxassislar «Samsung» muvaffaqiyatlarini kompaniyaning aynan arzon smartfonlar bozoridagi faolligi bilan bog‘laydilar.Yakunlangan chorakda «Samsung electronics» ning o‘ttizdan ziyod modellariga talab juda katta bo‘ldi. Ushbu modellar deyarli barcha narx toifalarida bo‘lib, bunday kuchli talab kompaniyaning yakuniy muvaffaqiyatini va yangi rekordini ta’minladi. SHu bilan birga, 2012 yilning oxirida bo‘lgan yangi yil savdolarida «Samsung» o‘zining asosiy raqobatchisi bo‘lgan.«Apple»ningbozorini «sindirib» ulgurgan edi

Beshta turli tahlil qilingan sharhlarga tayanib, «Reuters» ta’kidladiki,«Samsung» 2013 yil birinchi choragida 68-70 million dona smartfon sotgan, 2012 yilning shu davrida esa 63 millionta smartfon sotilgan edi.

«Reuters» tahlilchilari taxminiga ko‘ra, 2014 yilning dastlabki uch oyida Apple iPhone savdosi 30 foizga qisqarib, tahminan 30 million dona qurilma sotilgan. 2012 yilning oktyabr-dekabr oylarida «Apple»chilar 47,8 millionta iPhone sotishgandi.

Android operatsion tizimida nafaqat planshetlar yoki telefonlar, balki boshqa turdagi texnikalar ham ishlashi mumkin. Bularga misol qilib, zamonaviy ofislarda o‘rnatilgan TimeMan qurilmasini keltirish mumkin. Xodimlarning kirishi va chiqishi barmoq izlarini skanerga qo‘yish orqali yoki maxsus ID kartani infraqizil nurli datchikka qo‘yish orqali qayd qilib boriladi. Datchikdan olingan ma’lumotni ma’lumotlar ombori bilan solishtirish, ekranga shaxs haqida ma’lumotni chiqarish kabi operatsiyalar esa aynan Android operatsion tizimida bajariladi.Banklardagi bankomat tizimlari, zamonaviy uylarni qo‘riqlash xizmatlari ham shunga misol bo’ladi.Umuman olganda, Android operatsion tizimi internet uchun hamda ko‘rish (rasm, web-sahifa, video) uchun juda qulay bo‘lgan tizimdir. Bu esa o ' z navbatida hozirgi foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondiruvchi tizimning aynan o’zidir.

Fragmentlashuv muammosi, ya’ni bitta operatsion tizimning turli qurilmalar uchun turlicha shaklda ishlab chiqarilishi masalasi Androidning eng katta muammosi bo‘lib kelgan. Chunki, Androidga asoslangan qurilma yaratmoqchi bo‘lgan har bir ishlab chiqaruvchini o‘z mahsuloti uchun original, noyob ko‘rinish va funksiyalarni birlashtirishni istaydi. Natijada yaxlitlik yo‘qolib, talqinlar soni haddan ziyod ko‘payib ketdi.

“Google” esa, Stiven elop qayd etganidek, keyingi yillarda bu holatni o‘zgartirishga harakat qildi. Android SDK ni qo‘llashning yangi talablarida Android o‘rnatilgan qurilmalar ishlab chiqaruvchilari bu operatsion tizim asosida boshqa, hosila tizimlar yaratishdan tiyilishlari ko‘rsatib o‘tilgan.Stiven elop so‘zlariga ko‘ra, “Nokia” Windows Phone asosida yarata olgan innovatsion echimlaridan to‘la qoniqtiradi. Kompaniyaning oxirgi mahsuloti “Microsoft” yaratgan WP 8 OTga asoslangan Nokia Lumia 920 ning muvaffaqiyati bu qoniqishning asosli ekanligini ko’rsatadi.

2014 yilning ikkinchi choragida sotilgan Google internet-korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Android mobil operatsion tizimi asosida ishlovchi intelektual telefonlar soni 2010 yilning xuddi shu davriga nisbatan 379 foizga o‘sdi. Canalys tadqiqot agentligi tomonidan berilgan hisobotga ko‘ra, 2011 yilning ikkinchi choragida jahon bozoriga 51,9 million dona Android-smartfon sotuvga chiqarilgan. Jahon smartfonlar bozori esa hisobot davrida 73 foizga o‘sib, joriy yilning boshida butun dunyo bo‘ylab 107,7 million dona smartfon sotilgan. Xususan, bunda Android-smartfonlar 48 foizni tashkil qildi va u bu sohada yakka etakchiga aylandi.Nokia bilan hamkorlikda Windows Phone 7 bazasida ishlovchi qurilmalar rusumini ishlab chiqarish arafasida turgan Microsoft esa joriy yilning ikkinchi yarmida bozorning atigi bir foiz ulushiga egalik qildi. Ushbu vaqt mobaynida Windows Phone 7 bazasida ishlovchi 1,5 million dona smartfon sotilgan.

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘tgan uch oy mobaynida jahon bozoriga 17 million dona smartfon etkazib berdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 421 foizga ko‘pdir. SHunday qilib, koreya kompaniyasi telefonlar savdosida faqatgina Apple korporatsiyasidan orqada qolmoqda xolos. New York Times nashrining Bits blogida qiziqarli xabar paydo bo‘ldi. Uni xabar emas, balki muallifning bir taxmini desak to‘g‘ri bo‘ladi: chunki postda Amazon kompaniyasining Android operatsion tizimi bo‘yicha tajribasi bor.

Dasturchilarni ishga taklif qilayotgani va bu narsa Kindle bukriderining Androidga asoslangan yangi rusumi ustida ish olib borilayotganidan darak berishi haqida so’z boradi.O’tgan yillar davomida Amazon kompaniyasi o‘zining juda ixcham, shu bilan birga arzon bo’lgan Kindle elektron bukriderini sotuvga chiqarib, ancha muvaffaqiyat qozondi. Ammo, iPad 2 atrofidagi shov-shuvlar, bir necha o‘nlab Androidga asoslangan yangi planshet modellarining asta-sekin bozorlarni egallab borishi Amazon Kindle ning kelajagi qanday bo‘lishi haqida turli gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, Android platformasida yuz minglab ilovalar taklif qilingan bir sharoitda umuman yangi operatsion tizim ishlab chiqish uchun Amazon kompaniyasidan juda ko‘p vaqt talab qilinadi.Ba’zi bir foydalanuvchilar Androidning ko‘p tarmoqli imkoniyatlari va yashirin funksiyalari borligini taxmin qiladilar. Odatda Android operatsion tizimining imkoniyatlari yoshlarga va o‘rta yoshli foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Android operatsion tizimining bir nechta yashirin funksiyalari mavjud. Ular quyidagilar: kontaktlar ro‘yxatiga murojaat qilish. Androidda telefon qo‘ng‘irog‘ining qulaylik darajasi OC Symbianga nisbatan kamroq. Lekin bu masala ancha tez xal bo‘lishi mumkin. Ko‘p telefon qilinadigan ob’ektni ish stoliga chiqarib qo‘yish mumkin. Kontakt tugmasini bosganda kerakli abonentga qo‘ng‘iroq yoki xat yozish mumkin bo‘ladi; ovoz bilan raqam terish yoki topish. Ish stolining birida Androidning Google tugmasi o‘rnatilgan. Klaviaturada esa mikrafon ko‘rinishidagi tugma bor.Mikrafon foydalanuvchi ovozini yozish uchun xizmat qiladi va ekranda tanlangan tilda aks etadi; tezkorlik bilan Android funksiyalariga kirish uchun ekranning menyusidan foydalaniladi

Android operatsion tizimi ostida ishlaydigan qurilma foydalanuvchisining o‘zi ish stolining sonini boshqara oladi. Bir nechta ish stoli yaratish uchun ish stolini bo‘sh joyini menyu chiqmaguncha uzluksiz bosib turiladi; ishga tushirilgan ilovalarni ko‘rish uchun “home” tugmasini muddatli bosib turiladi; ish stoli. Agar foydalanuvchi bir necha ish stoli o‘rnatgan bo‘lsa va smartfonni ishga tushirgan paytda aynan birini bo‘lishini istasa, ish stoli “Home” tugmachasini bosishda paydo bo‘ladi;

“Google” xizmatlari iste’molchidan yangi kontakt yoki kalendarga yangi yozuv tizim axborotlarini saqlashni so‘raydi. Telefonda yoki “Google”da akkaunt ochishni so‘raydi. Android operatsion tizimining boshqa operatsion tizimlardan ustunligi quyida keltirilgan:Android operatsion tizimi iOS ga nisbatan ochiq platforma hisoblanadi, bu holat unda ko‘proq funksiyalarni amalga oshirishga imkon beradi;

iOS va Windows Phone 7 dan farqli ravishda, Androidda fayllarni qabul qilish va uzatishga imkon beruvchi Bluetooth oqimini to‘la amalga oshirish mavjud. FTP-serverini, tarmoqqa ulanish nuqtasi rejimi (PAN xizmati) va Bluetooth orqali guruhli birinchi darajali tarmoqni amalga oshirish mavjud;

Android operatsion tizimi ostida ishlaydigan mobil qurilmalarda USB va xotira kartalarini olmasdan turib boshqa uzatish usullari tezlik cheklanishlaridan qat’iy nazar kompyuter fayllarini juda tez telefonga o‘tkazishga imkon beruvchi, MicroSD-kardrider mavjud;

iOS va Windows Phone 7 sinxronlashtirish dasturi orqali amalga oshirishdan tashqari, biror-bir fayllarni telefonga/telefondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish mumkin emas, Android operatsion tizimidagi telefonlar esa xotira kartasi fayllar tizimini USB mass storage device («fleshka») kabi uzatish imkoniga ega;

avvaldan dasturni tekshirilmagan manbalardan (misol uchun, xotira kartasidan) o‘rnatish taqiqlanishiga qaramay, ushbu cheklash apparat sozlashlarida dasturlarni telefonlar va planshetlarga o‘rnatishga imkon beradi, hamda barcha hohlovchilarga Android uchun ilovalarni bepul yozish va o‘z apparatida test sinovlaridan o‘tkazish imkonini beradi. SHu bilan birga, iOS va Windows Phone 7 da hatto o‘z dasturlarini tarqatish istagi bo‘lmaganda ham loyihachining qayd etish ro‘yxatini sotib olishi kerak bo‘lardi;

Androiddan ARM, MIPS, x86 kabi turli apparatli platformalarda foydalanish mumkin; ilovalarda boshqa muqobil Google play do‘konlari mavjud, misol uchun Amazondan Appstore for Android, Opera Store, YAndex.Store. Android operatsion tizimidan foydalanish ko‘rsatmalari mavjud, ular quyidagilar: Adobe Flashdan talabga muvofiq foydalanish kerak, bu internetdan foydalanishning muammolari o‘z-o‘zidan hal qilinadi. Brauzerni ochib, “menyu” tugmasidan "Enable plug-ins" buyrug‘i tanlanadi va undan "On demand" qatori tanlanadi.


Download 1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sultonov komron individual project 1th

Download 1 Mb.